D. O‘rinbayeva m. Rahimova



Yüklə 0,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə56/97
tarix07.04.2023
ölçüsü0,89 Mb.
#124927
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   97
DIKTANTLAR TO‘PLAMI

 
TAJRIBA 
Yoshlarni yuksak g‘oyalar, chin insoniy fazilatlar ruhida tarbiyalab 
voyaga yetkazish katta jasoratdir. Buning uddasidan chiqa olgan kishilarga 
sharaf tojini kiygizib har qancha tashakkur hadya etsak va ulardan bir umr 
minnatdor bo‘lsak ham ozlik qilur. 
Pir-u 
badavlat 
kishilar 
hayotning 
barcha 
tashvishlarini, 
mashaqqatlarini boshidan kechirgan turmush tarzining ajoyib sohiblaridir. 
Ularning umr bo‘yi yig‘gan qutlug‘ tajribasi – bamisoli bir xazina. Bundan 
barakali bahramand bo‘lish yoshlarga hayotiy dasturulamaldir. 
Agar biz yoshi ulug‘ kishilardan so‘rasalar navqiron nasllarga biror 
soha mutaxassis kasb-korligi bo‘yicha bilimga ega bo‘l o‘z ustingda 
tinmay ishla, izlan, aql-u idrokingni takomillashtirib bor, odob-axloqda 
benazir bo‘l, xalqning udumlarini hurmat qil, to‘y-tomoshalarga qatnash, 


64 
ta’ziya marosimlaridan sira qolma, do‘st-u birodar va umuman odamlarga 
g‘amxo‘r, hamdard bo‘l, shunda qalbing hamisha charog‘on bo‘ladi, 
chehrangdan quvonch arimaydi, yaxshilik nashidasidan o‘zing ham 
halovat qilasan, deb pand-u nasihat bergan bo‘lur edik. (Sh. Orifiy) (132 ta 
so‘z). 
 
DIPLOMATIYA 
Diplomatiya – xorijiy davlatlar bilan aloqa qilish, ikki va undan ortiq 
davlatlar o‘rtasida aloqa o‘rnatishdir. 
Sharqda diplomatik aloqalar azaldan mavjud bo‘lgan. Bunday aloqalar 
diplomatik yozishmalar asosida amalga oshirilgan. Yozishmalar yorliqlar 
deb atalgan va o‘ziga xos lisoniy qoliplarga, an’anaviy tarkibiy qismlarga 
ega bo‘lgan. Jumladan, 1393- yilda To‘xtamishxonning polyak qiroli 
Yagayloga yo‘llagan yorlig‘i, Temur Qutlug‘ning (1397- y.) yorliqlari, 
Boburning otasi Umarshayx Mirzoning 1469- yildagi yorliqlari diplomatik 
yozishmalarning namunasidir. 
Diplomatik nutqning eng yorqin namunasi – Amir Temur 
yozishmalaridir. Sohibqiron diplomatiyasi ko‘p qirrali bo‘lgan. XIV asr 
oxiri – XV asr boshlarida Temur saltanatining dovrug‘i Yevropa 
mamlakatlari: Fransiya, Angliya, Ispaniya, Genuya, Vizantiyaga yetib 
borgan. Bu davlatlar qirollari Amir Temur bilan siyosiy, iqtisodiy va savdo 
aloqalarini o‘rnatganlar. Temur ular bilan faol siyosiy va savdo 
munosabatlarini olib borgan. 
Amir Temur davlatining tashqi siyosati va jahonda tutgan mavqeyini 
diplomatik yozishmalarsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi, albatta. (B. Ahmedov, 
«Amir Temur»)(133 so’z). 
 

Yüklə 0,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   97




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin