2. Rinolaliya – pereferik nutq apparatidagi anatomic-fiziologik nuqsonlap bilan bog‘liq holdagi ovoz va tovush talaffuzining buzilishi.
3. Dizartriya – markaziy nutq apparatining organik shikastlanishi natijasida tovush talaffuzining buzilishi.
4. Disfoniya – ovoz apparatining patologik o‘zgarishlari oqibatida ovozning zaiflashuvi. 5. Afoniya – nutq (ovoz) apparatining patologik o‘zgarishlari oqibatida ovozning yo‘qolishi.
6. Alaliya – bolaning bosh miya qobig‘idagi nutq zonalarining ona qornidagi yoki ilk rivojlanish davrida organik shikastlanishi natijasida nutqning rivojlanmay qolishi.
7. Afaziya – bosh miyaning nutq zonalarining joyi shikastlanishi bilan bog‘liq holda nutqning to‘liq yoki qisman yo‘qolishi.
8. Duduqlanish – nutq apparati mushaklarini ixtiyoriy pay tortishishi natijasida sur’at-ohangning buzilishi.
9. Bradilaliya – nutqning patalogik sekinlashgan sur’ati.
10. Taxilaliya – nutqning patologik tezlashgan sur’ati.
11. Disgrafiya – yozish jarayonining qisman buzilishi.
12. Agrafiya – yozish jarayonining mutlaq yo‘q bo‘lishi.
13. Disleksiya – o‘qish jarayonining qisman buzilishi.
14. Aleksiya – o‘qish jarayonining mutlaq yo‘q bo‘lishi.
Logopsixologiya — maxsus psixologiyaning bir bo'limi, maxsus psixologiya esa umumiy psixologiyaning bir yo'nalishidir. Umumiy psixologiya psixikaning tarkib topishi va rivojlanishi qonuniyatlarini m e’yorida o'rgansa, logopsixologiya ana shu qonuniyatlarni nutq nuqsoniga ega bo'lgan bolalarda o‘rganadi. Shuningdek, um umiy psixologiyada qo‘llanadigan tadqiqot metodlari, tamoyillar, o ‘rganilayotgan holatlarning tushunchalari, atamalari logopsixologiyada ham qo'llanadi. 1970-yilda A.R.Luriya tashabbusi bilan bolalar neyropsixologiyasi rivojlana boshladi. Logopsixologiya logopediya bilan bog'liq. Ma’lumki, logopediya nutqida kamchiligi bo'lgan bolalarning ta’lim-tarbiya tizimini tashkil etishda logopsixologiya tomonidan o'rganiladigan bolalarning guruhli, yosh va individual psixologik xususiyatlari haqidagi bilimlarga tayanadi.
Logopsixologiya umumiy va maxsus psixologiya, psixodiagnostika fanlari bilan bog'liqdir. Logoped bolaning psixik rivojlanish qonuniyatlarini bilishi, psixologik-pedagogik tekshiruv metodlarini qo'llay olishi lozim. Shunday qilib, logoped nutq buzilishlarining turli shakllarini farqlashi, intellektual, emotsional va xulqiy buzilishlar bilan bog'liq nutqiy buzilishlarga tashxis qo'yish malakasiga ega bo'lishi kerak.
Psixologiyaga oid bilimlarni bilish logopedga faqat nutqiy buzilishni emas, balki nutqiy buzilishni ruhiy buzilishlar bilan bog'liqligini to'g'ri tushunish imkoniyatini beradi. Bunday bilim turli yoshdagi nutq nuqsoni mavjud bolalar bilan muloqotga kirishishga imkon beradi. Shunday qilib, maxsus psixologiyaning bir bo'limi bo'lgan logopsixologiya maxsus psixologiyaning asosiy tarkibiy qismi sifatida logopediya va psixologiyaning zamonaviy yutuqlari asosida takomillashib bormoqda.