4.3 Bekat yo’llarining rejada joylashuviga talablar
Yo’l tarmoqlari bo’lgan ajratish punktlari, alohida parklar va tortish yo’llari rejada to’g’ri chiziq bo’ylab joylashishi kerak. Bunday joylashuv poezdlar harakati va manevr ishlarida, poezdlarning joyidan qo’zg’alishida ko’rinish sharoitlarini engillashtiradi. qiyin sharoitlarda ularni 1500 m dan kam bo’lmagan burilishlarda joylashishga ruxsat etiladi. O’ta qiyin topografik sharoitlarda ushbu radius 600 m gacha kamaytirilishi mumkin. Mavjud bekatlar, raz’ezdlar va quvib o’tish punktlarini rekonstruktsiyalashda ularning qayta qurilmaydigan qismlarida yuqorida ko’rsatilgandan kichikroq radiusdagi burilishlarni qoldirishga ruxsat etiladi.
Agar bekat, raz’ezd yoki quvib o’tish punktlarini (yo’llar ko’ndalang turda joylashgan turlari) burilishlarda joylashtirishga to’g’ri kelsa bunday holatlarda yo’llarni bir tomonga qaragan burilishda joylashtirish kerak bo’ladi. qiyin sharoitlarda II, III va IV darajali bo’ylama va yarim bo’ylama turdagi bekatlar, raz’ezd va quvib o’tish punktlarini teskari burilishlarda joylashtirishga ruxsat etiladi, ammo har bir yo’nalish bo’yicha yo’llar foydali uzunlik chegarasida bir tomonga qaragan egrilikda bo’lishi kerak. Tortish yo’llarini teskari burilishlarda loyihalashga ruxsat etilmaydi. Bekatga kelish oldi bosh yo’llarini to’g’ri yo’l bo’ylab yoki imkon qadar katta radiusli burilish bilan loyihalash kerak. Bu harakat xavfsizligini va osoyishtaligini ta’minlaydi. Bosh yo’llar uchun burilish radiuslari poezdlar tezligi 120kmG’s dan yuqori bo’lgan I darajali yo’llarda 2500-4000 m gacha, V daraja uchun 400-1000 m gacha tavsiya etiladi.
Poezdlarni to’xtovsiz o’tkazish nazarda to’tilgan bosh va qabul – jo’natish yo’llari burilishda joylashgan holatlarda, to’g’ri va egri yo’l o’zaro o’tish egriligi orqali bog’lanishi kerak. O’tish egriligining uzunligi maxsus hisoblar yordamida topiladi. I darajali yo’llar uchun (tezlik 120 kmG’s dan oshmasa) va qolgan darajadagi yo’llar uchun o’tish burilishi 200-160 m gacha qo’yilib uning qiymati burilish radiusi kamaygan sari va poezdlar tezligi oshgan sari katta qiymatga intiladi. Santsiyalardagi beto’xtov harakat nazarda to’tilmaydigan boshqa yo’llar o’tish egriligisiz loyihalanishi mumkin.
Bekatlarga kelish, yo’llarining tarmoqlanishida yoki parallel surilishida bir yo’lda bir nechta surilish bo’lishi mumkin. Bunday hollarda aylanma yoki o’tish egriliklari orasida to’g’ri yo’l bo’lagi qo’yilishi kerak. Ushbu talablar yo’llar orasida yo’lovchi platformalari joylashtirilganda, hamda yo’l oralig’i 4100 mm dan 5300 mm ga kengaytirilganda qo’llaniladi.
Poezdlarning beto’xtov harakatiga mo’ljallanmagan, ammo poezdlarning doimiy harakati rejalashtirilgan bekat yo’llaridagi radiusi 250 m va undan kam bo’lgan har tomonga qaragan burilishlar orasida kamida 15 m uzunlikdagi to’g’ri yo’l bo’lagi loyihalanish kerak.
Strelka krestovinasidan keyingi qo’yilgan egrilik radiusi strelkali o’tkazgich radiusidan kam bo’lmasligi kerak. O’tish va bog’lovchi yo’llar egrilik radiusi 200 m dan kam bo’lmasligi kerak, qiyin sharoitlarda uni 180 m gacha kamaytirishga ruxsat etiladi.
Platformalar va ortish-tushirish frontlari chegarasidagi yo’llar to’g’ri bo’lishi, qiyin sharoitlarda kamida 600 m lik radiusda va juda qiyin sharoitlarda 500 m dan kam bo’lmagan radiusli egriliklarda joylashishi mumkin.
Yuqori yo’lovchi platformalari to’g’ri yo’l bo’ylab yoki 1200 m radiusli egriliklarda joylashishi mumkin.
Lokomotiv deposining xandaqli (stoyla) ta’mirlash yo’llariga kirish darvozalari oldida uzunligi kamida 25 m lik to’g’ri yo’l qo’yilishi kerak. Boshqa binolar, ortish-tushirish frontlari,estakadalar oldida egrilikkacha bo’lgan to’g’ri yo’l bo’lagi shu yo’llarga beriladigan eng uzun vagon uzunligidan kam bo’lmasligi kerak. Yo’llarni qayta qurishda qiyin sharoitlarda ushbu to’g’ri yo’lni 2 m gacha kamaytirishga ruxsat etiladi.
Dostları ilə paylaş: |