Darslik O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim Vazirligi tomonidan tasdiqlangan Dastur asosida ilk marotaba temir yo’l kollejlari uchun Davlat tilida bosmaga tayyorlandi


bob. Uchastka bekatlarini loyihalash



Yüklə 3,62 Mb.
səhifə47/74
tarix02.12.2023
ölçüsü3,62 Mb.
#137897
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   74
Bekatlar va tugunlar LOTIN (3)

8 bob. Uchastka bekatlarini loyihalash


8.1. Uchastka bekatlarini loyihalash asoslari
Uchastka bekatlarining chizmasini tanlash quyidagi holatlarni xisobga olgan holda variantlarni texnik – iqtisodiy taqqoslash asosida bajarilishi kerak: Yangi bir yo’lli liniyalarda birini bosqich qurilishi uchun uchastka bekatlarini ko’ndalang turda loyihalash kerak, bunda I va II darajali liniyalarda bekatlarni kelgusida bo’ylama yoki yarimbo’ylama turda rivojlantirish imkoniyatlari e’tiborga olinishi kerak; bo’ylama va yarimbo’ylama turdagi uchastka bekatlarini III va IV darajali liniyalarda qo’llash, faqat yo’lovchi binosi tomonidan katta yuk aylanmasi bo’lgan korxona tarmoq yo’llarining ulanishida, yoki boshqa ayrim talablar asosida ko’zda to’tilishi mumkin; agar ikki yo’lli liniyalarda yo’lovchi poezlari miqdori kam bo’lib, yuk aylanmasining o’sish jadalligi sekin bo’lgan holatlarda, yoki harakat miqdori katta bo’lib, qiyin topografik, geologik va boshqa mahalliy sharoitlarda ko’ndalang turdagi uchastka bekatlarini qo’llash mumkin.
Yangi uchastka bekatlarining loyihalari 1:2000 masshtabli gorizontallari ko’rsatilgan joy planida (bosh yo’li trassasining ko’rsatkichi bo’yicha) tuziladi, mavjud bekatlarni qayta qurish loyihasi esa – mavjud bekatning geodezik planida tuziladi. Bunda barcha elementlari ko’rsatilgan yo’llardan tashqari bekatning barcha inshootlari (yo’lovchi,, yuk, lokomotiv va vagon xo’jaligi, texnik va xizmat binolari,o’tish joylari, signallar va boshqalar) ham ko’rsatiladi.
Loyihalash uchun plan va profildan tashqari boshqa boshlang’ich ma’lumotlar ham berilgan bo’lishi kerak: xisobiy muddat va kelajak uchun tranzit harakat va mahalliy ish miqdoralri, tarmoq yo’li o’tkazilishi lozim bo’lgan korxonalarning joylashuvi, bekatning lokomotiv tortish tizimini tashkil qilishdagi o’rni va liniyada vagon xo’jaligining tashkil qilinishi.
Loyihalashni bekat turini va mahalliy sharoitlarni xisobga olgan holda bekatning asosiy inshootlarining joylanish chizmalarini tanlashdan boshlab, keyin inshootlarni xisoblashga o’tiladi. Bekat yo’l tarmoqlarini chizish planda bosh yo’l holatini belgilash va yo’lovchi inshootlarini joylashtirishdan boshlash, yo’lovchi poezdlari qabul-jo’natish va platformalarni, yo’lovchilarga xizmat ko’rsatish qulayligini xisobga olgan holda bajarish maqsadga muvofiq. Tezkor yo’lovchi poezdlari yoki Ushbu bekatda to’xtamay o’tadigan tez yurar yo’lovchi poezdlari o’tadigan bosh yo’llarni planini tuzishga alohida e’tibor berish kerak. Ushbu yo’llar strelkali o’tkazgichlarda burilmasligi kerak, hamda yo’lovchi platformalarini joylashtirish bilan bog’liq bo’lgan bosh yo’llarni egrilanishiga yo’l qo’ymaslik kerak.
Yanga va qayta qurilayotgan uchastka bekatlarning loyihalari kompleks bajariladi, bunda barcha inshootlarini, shahar rivoji va korxona yo’llariga xizmat ko’rsatish imkoniyatlarini xisobga olish lozim bo’ladi. Bekatlarni qayta qurishni loyihalashda mavjud inshoot va qurilmalardan maksimal foydalanishga harakat qilish lozim. Barcha loyihalarni bajarishda kelajakda bekatni rivojlantirishni xisobga olish lozim. Shuning uchun kapital inshootlar va yo’llrning ko’prikli kesishuvlari kelajakda bekat yo’llarini uzaytirish, yo’llar soniniko’paytirish, lokomotiv xo’jaligini rivojlantirish, yuk xovlilarini kengaytirish kelajakda bosh yo’llarning kelish echimlarini tugun bekatlarida to’liq echish vash u kabilarda imkon yaratish kerak. Bekatning kelajak rivojlanishi va kesishuvlar uchun maydon hududi har hil qurilishlardan muhofaza etiladi.
Uchastka bekatlarining loyihalari bekat tugunlarni profil va plani bo’yicha loyihalash yo’riqnomalarining umumiy texnik me’yorlariga mos kelishi kerak.
Uchastka va boshqa yirik bekatlarda bog’lovchi yo’llar, hamda poezd tarkibini olib qo’yish va vagonlarni omborxonalarga uzatish yo’llarining qiyaligi shu yo’llar bo’ylab muomalada bo’lgan tarkiblar massasiga va lokomotivlarninig tortish kuchiga mos bo’lishi, ammo 30‰ dan oshmasligi kerak.
Faqat elekrovoz va teplovozlar harakati uchun mo’ljallangan o’tish yo’llarida qiyalik 40‰ dan oshmasligi kerak. Bog’lovchi va o’tish yo’llarining, burilish uchburchagi yo’llarining hamda tortish nimbekatlarini bog’laydigan tarmoq yo’llarining uzunligi 50 m dan kam bo’lmasligi kerak. Yuk ortish-tushirish frontiga, binolarga estakadalarga olib boradigan yo’llarni loyihalashda Ushbu bino inshoot darvozasi yoki yuk fronti boshlanishidan profilda vertikal egrilikgacha bo’lgan masofa shu joylarga, tushirish-ortish yoki ta’mirlash uchun beriladigan vagon (lokomotiv sektsiyasi) uzunligidan kam bo’lmasligi kerak. qiyin holllarda qayta qurilayotgan yo’llarda Ushbu masofa 2 m gacha qisqarishi mumkin.
Ichki bog’lovchi va ytish yo’llarida egrilik radiusi 200 m dan kam bo’lmasligi kerak, qiyin sharoitlarda uni 180 m gacha kamaytirishga ruxsat etiladi. Lokomotiv deposining yo’llari ta’mirlash stoylalari (handaklari) darvozasi oldidi kamida lokomotiv uzunligida, vagon darvozasi oldida esa kamida 25 m to’g’ri yo’l bo’lagi qo’yilishi kerak.



Yüklə 3,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin