9.3. Uchastka bekatlarida yo’lovchi inshootlari
Uchastka bekatlarning yo’lovchi inshootlari quyidagi vazifalar uchun xizmat qiladi. Yo’lovchilarga xizmat ko’rsatish; qo’l yukini (bagaj) qabul qilish va topshirish; yo’lovchi poezdlarini qabul qilish, jo’natish va o’tkazish bilan bog’liq bo’lgan jarayonlarni bajarish; ushbu bekatda qatnovi tugallanadigan poezdlarning tarkibini va alohida yo’lovchi vagonlarining turishini ta’minlash va ekipirovka ishlarini bajarish.
Yo’lovchilarga xizmat ko’rsatish uchun yo’lovchi binolari, platformalar va ular orasidagi o’tish yo’laklari, hamda yordamchi yo’lovchi inshootlari, bagaj omborlari, kiosk do’konchalar va boshqalar quriladi. Yo’lovchi poezdlarni qabul qilish va jo’natish uchun bosh va yo’lovchi poezdlari yo’llari xizmat qiladi.
Bir yo’llik uchastkalarda uzoqqa qatnovchi va mahalliy yo’lovchi poezdlar soni odatda 4-5 juftdan oshmaydi. Yo’lovchi poezdlarni qabul qilish va jo’natish va ularni qarama - qarshi yo’nalishlarda o’tkazish uchun bir yo’llik liniyalarda bosh yo’ldan tashqari yana bir yo’lovchi poezdi yo’li quriladi.
Ikki yo’llik liniyalardagi bekatlarda yo’lovchi poezdlariga xizmat ko’rsatish uchun yo’llar va platformalar ko’rsatilgan chizmalarning birortasi (9.1 rasm) bo’yicha joylashishi mumkin. Aksariyat, tezkor harakat va poezdlarni pachkali o’tkazish bo’lmagan hollarda I va II chizmalarda ko’rsatilganidek bosh yo’llardan tashqari bir yo’lovchi yo’li va ikki platformalar qurish talab etiladi. Sh va 1U chizmalar yo’lovchi poezdlari ning bir qismi katta tezlik bilan beto’xtov o’tkazib yuboriladigan uchastka bekatlar turiga ta’lluqli. Ushbu holda I va II yo’llar imkon kadar burilishlarsiz to’g’ri bo’lib, ular orasida yo’lovchi ptalformalari qurilmaydi. Yo’lovchi platformalarining bosh yo’llar tashqarisidan qurilishi tezkor poezdlarni o’tkzish vaqtida platformalarda turgan yo’lovchilar xavfsizligini ta’minlaydi.
Rasm 9.1. Bekatda yo’llar va yo’lovchi platformalarning o’zaro joylashuvi
Uchastka bekatlarida yo’lovchi binosi bekatning asosiy binosi bo’lib harakat yo’lovchi va boshqa soxa xodimlari uchun ham xizmat kiladi. Yo’lovchi binolari yo’lovchilar oqimi miqdoriga qarab 50, 100 va 200 kishi sig’adigan qilib quriladi.
9.2 rasmda 200 kishiga mo’ljallangan birlashgan temir yo’l-avtobus vokzalining (plan) rejasi ko’rsatilgan (Mosgiprotrans loyihasi buyicha). Binoning o’ng tomonida ikkinchi qavat loyihalanadi va u erda bolalik yo’lovchilar zali, idora, bekat boshlig’i xonalari va boshqa xizmat xonalari joylashadi.
(9.2 rasm) 200 yo’lovchi uchun muljallangan birlashgan temir yo’l-avtobus vokzali binosi birinchi qavatining rejasi:
1 – kutish zali;
2 – kassalar (chiptaxonalar);
3 – pochta;
4 – bagaj bo’limi;
5 – avtomatlashtirilgan saqlagich xona;
6 – vokzal boshlig’i xonasi;
7 – avtobus dispetcherlarining xonasi;
8 – bufet (oshxona);
9 – yordamchi xonalar;
10–stanchiya navbatchisining (DSP) xonasi;
11 –militsiya;
12 –xizmat xonalari.
Shaharatrof va mahalliy yo’lovchi harakatlariga xizmat ko’rsatuvchi uchastka bekatlarida poezd tarkiblarini texnik ko’rikdan o’tkazishga, ta’minlashga, saqlovda turishiga va vagonlarni ta’mirlashga mo’ljallangan yo’llar loyihalanadi. Ushbu yo’llar bekatning qabul-jo’natish yo’llaridan yo’lovchi poezdlarini tortib o’tkazishga qulay bo’lishi kerak. Buning uchun yo’lovchi poezdlari yo’llari yaqinida qulay joy bo’lmasa, u holda yo’l tarmoqlarini lokomotiv xo’jaligi hududida joylashtirish ma’kul. Ayrim uchastka bekatlarida qo’shimcha berk yo’llar bo’lib ularda xizmat, bagaj va pochta vagonlari saqlanadi.
Dostları ilə paylaş: |