9.5. Saralash inshootlari
Uchastka bekatlarida saralash inshootlari uchastka, terma va uzatma poezdlarni tarqatish va qayta tuzish uchun, hamda mahalliy yuk vagonlarini tushirish joylari bo’yicha terib to’plash uchun mo’ljallanadi. Ushbu inshootlar saralash parklari, yo’lovchi va zarur hollarda kichik quvvatli saralash tepaligi, surunkali nishablikda joylashgan tortish yo’li va strelkali bo’g’izlardan tashkil topadi.
Bekatning qayta ishlash qobiliyati bekat tomonidan xar bir sutka davomida qayta ishlash mumkin bo’lgan vagonlardan iborat bo’lib, asosan saralash inshootlarining konstruktsiyasi, ularning jihozlanishi va qo’llanadigan manevr uslublariga bog’liq bo’ladi.
Kichik quvvatli saralash tepaligi bo’lmagan bekatlarda saralash parkidagi manevr ishlari tortish yo’llarida bajarilib, bunday tortish yo’llari saralash parkining oxirgi ikki tomonidan ko’riladi. Ularning biri rejada tekis va to’liq uzunlikda asosiy tortish yo’li bo’lib poezdlarni tarqatish va qayta tuzish uchun mo’ljallanadi. Ikkinchi tortish yo’li esa saralsh parkining quyi tomonida ko’rilib poezdlarni tuzishni tug’allash ishlari, mahalliy vagonlarni guruhlab yig’ish, yuk nohiyalariga xizmat ko’rsatish bilan bog’liq jarayonlarni bajarish, vagonlarni ajratib ta’mirlash va boshqa yo’llarga xizmat ko’rsatishdan iborat. Asosiy tortish yo’llining uzunligi odatda qabul-jo’natish parki yo’llari uzunligiga teng olinadi. Ikkinchi tortish yo’lining uzunligi esa, qiyin sharoitlarda asosiy tortish yo’lning uzunligi, poezd tarkibining yarim uzunligiga lokomotiv uzunligini qo’shib olinadi.
10 bob. Saralash bekatlari
10.1. Saralash bekatlarining vazifasi
Saralash bekatlari asosan qayta ishlash uchun kelayotgan poezd tarkiblarini ommaviy ravishda saralab yo’lning umumtarmoq poezdlar tuzish rejasi asosida yangi tarkiblarini tuzishdan iborat. Saralash bekatlarida (o’tuvchi) to’ppa–to’g’ri boradigan, uchastka, terma, uchastka–terma, eltib beruvchi va uzatuvchi poezdlar tarkiblari vagonlar oqimini tashkil qilish bo’yicha yo’riqnoma asosida tuziladi. Saralash bekatlarida shu qatorda tranzit yuk poezdlarni o’tkazish bilan bog’liq jarayonlar, lokomotivlarni ta’mirlash va ekipirovka qilish, vagonlarni ta’minlash va ularga texnik xizmat ko’rsatish, tirik jonzotli poezdlarni suv bilan ta’minlash, tranzit mayda jo’natma yuklarni va konteynerlarni saralash va shu kabi ishlar bajariladi. Saralash bekatlari temir yo’l tarmoqlarida vagonlar oqimini tashkil qilish bo’yicha asosiy tayanch punktlari bo’lib xizmat qiladi. Temir yo’llarda tashishlar rejasi va boshqa asosiy ko’rsatkichlarning bajarilishi ko’p jihatdan saralash bekatlarining umumiy faoliyatiga bog’liq.
Saralash bekatlarida tegishli yo’l tarmoqlari, qurilmalar va texnik jihozlar mavjud. Ularda poezdlarni qabul qilish va jo’natish, vagonlarni saralash uchun yo’l tarmoqlari alohida parklarga birlashtiriladi. Bekat parklarida vagonlar va lokomotivlar, hamda poezdlar tarkiblari bilan texnologik jarayon bo’yicha zaruriy texnik va tijorat ishlari bajariladi. Parklar tranzit, qabul, jo’natish, qabul-jo’natish, saralash, saralab jo’natish va boshqalardan iborat bo’ladi. Bosh, o’tish va bog’lovchi yo’llar quriladi. Bekatlarda o’ta quvvatli, katta, o’rta yoki kichik quvvatli saralash tepaliklari, strelkali bo’g’izlari nishablikda joylashgan tortish yo’llari, hamda tekislikda joylashgan tortish yo’llari va strelkali bo’g’izlar quriladi.
Saralash bekatlarida yo’llar va yo’lovchilar to’xtash punktining inshootlari, yo’lovchi va yuk inshootlari (katta bo’lmagan bekatlarda), lokomotiv va vagon, suv ta’minoti, elektr ta’minoti, yo’l, SMB va aloqa xo’jaliklarining inshoot va qurlmalari, materiallar (ashyolar) omborlari, zaruratga qarab saralash platfarmalari, konteynerlarni saralash maydonchalari va boshqalar quriladi. Ularda texnik va xizmat binolari joylashadi. Bekatlar strelka va signallarni elektrli markazlashtirish tizimi, strelkalarni mexanizatsiyalashgan holda tozalash qurilmalari, televizion qurilmalar va zamonaviy texnika bilan jihozlanadi. Ayrim bekatlarning saralash tepaliklari (Orexovo – Zuevo, Losinoostrovskaya, Leningrad – sortirovochno’y–Moskovskiy va Bekasovo) vagonlar ajratmasining (ottsep) tezligini avtomatlashtirilgan holda boshqarish (TAB - ARS) qurilmalari bilan jihozlangan. Bir qator bekatlarda tepalik programmali yuklagich qurilmalari (TPYuQ - GPZU) ishlatilgan.
Ko’pgina saralash bekatlarida poezd tarkiblari bilan ishlashning EHM qo’llashga asoslangan progressiv texnologiyalar (tarkiblarni tarqatishni tezlashuvi, bekat ishini dispetcher tomonidan boshqarishning takomillashuvi, manevr ishlarini rejaviy boshqarish, poezdlar kelishi haqidagi ma’lumotlar aniqligining ortishi, bekat ishini boshqarish sifatining ko’tarilishi va sh.k.) qo’llanmoqda.
Dostları ilə paylaş: |