IV. Mustahkamlash. Darslikdagi topshiriqlar, savollar ustida ishlash.
V. Baholash. Darsda faol ishtirok etgan o’quvchilar baholanadi.
VI. Uyga vazifa. Savollarga javob yozib kelish.
O’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari:_________________________
Darsning mavzusi: Turkiston ma’rifatparvarlari Darsning maqsadi: Ta’limiy – o’quvchilarga qadimgi ajdodlarimiz haqida umumiy tushuntirish;
Tarbiyaviy –o’quvchilar ongiga Turkiston ma’rifatparvarlariqahramonligini singdirish;
Rivojlantiruvchi – olingan bilimlarni o’z o’rnida qo’llay bilish;
Darsning usuli – Aralash, aqliy hujum, panaramma;
Darsning turi – yangi bilim, ko’nikma va malaka hosil qilish.
Darsning jihozi –”Tarix” 5-sinf uchun darslik, “Qadimgi dunyo tarixi” asari, mavzuga oid ko’rgazmali qurollar, plakatlar, tarqatma materiallar
Asosiy tushunchalar – Jadid,ma’rifat,M.Behbudiy,A.Avloniy; Darsning borishi.
I. Tashkiliy qism. a) salomlashish, b) davomat, c) yurtimiz va xorij xabarlarini so’rash.
II. O’tgan mavzuni mustahkamlash. ( uyga vazifa tekshiriladi.)
III.Yangi mavzu. Turkiston ma’rifatparvarlari Ma’rifat- ta’lim va tarbiya orqali kishilarning bilimi va ongini oshirish yo’lida qilinadigan harakatdir.O’z faoliyatlarini bu ishga bag’ishlangan kishilar esa ma’rifatparvarlar deb ataladi.Yurtimizda ma’rifatparvarlar harakati XIX asr oxiri –XX asr boshlarida vujudga keldi va u jadidchilik harakati nomi bilan shuhrat qozondi.Jadidchilik harakatlarining namoyondalari esa jadidlar deb atashgan.Jadidlarni Rossiya mustamlakasiga aylanib qolgan yurtimizning taraqqiyotida orqada qolib ketganligi tashvishga solgan. Ular yurtimizni ozod va obod ko’rishni istaydilar.Jadid-(arabcha-yangi) –yangilik tarafdori,yangilik uchun kurashuvchi.Turkiston jadidchilarining harakati asoschisi Behbudiy 1875-yilda Samarqandda tug’ilgan.O’z davrining diniy va dunyoviy bilimlarini puxta egalladi.U dastlab Samarqand shahri yaqinidagi bir qishloqda jahon ilmu-fani yutuqlaridan saboq berishga mo’ljallangan yangi usul maktabini ochdi.