IV. Mustahkamlash. Darslikdagi topshiriqlar, savollar ustida ishlash.
V. Baholash. Darsda faol ishtirok etgan o’quvchilar baholanadi.
VI. Uyga vazifa. Savollarga javob yozib kelish.
O’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari:_________________________
Sinf: 5-“A”_______________________ 5-“B”________________________ 5-“V”_____________________ 5-“G”______________________
Darsning mavzusi: Spitamenning qahramonligi Darsning maqsadi: Ta’limiy – o’quvchilarga Spitamen jasorati haqida umumiy tushuncha berish;
Tarbiyaviy – o’quvchilarni ajdodlarga hurmat ruhida tarbiyalash;
Rivojlantiruvchi – olingan bilimlarni o’z o’rnida qo’llay bilish;
Darsning usuli – Aralash, aqliy hujum, zig-zag;
Darsning turi – yangi bilim, ko’nikma va malaka hosil qilish.
Darsning jihozi –”Tarix” 5-sinf uchun darslik, “Qadimgi dunyo tarixi” asari, mavzuga oid ko’rgazmali qurollar, plakatlar, tarqatma materiallar
Asosiy tushunchalar – Spitamen, qoplon, Maroqanda, Makedoniya, Turon; Darsning borishi.
I. Tashkiliy qism. a) salomlashish, b) davomat, c) yurtimiz va xorij xabarlarini so’rash.
II. O’tgan mavzuni mustahkamlash. ( uyga vazifa tekshiriladi.)
III.Yangi mavzu. Spitamenning qahramonligi Miloddan avvalgi IV asr o`rtalarida Yevropada Makedoniya davlati tashkil topdi. Uning podshosi Filip II boshqinchilik urushlari olib boorish uchu katta lashkar toplangan. Biroq u to’satdan vafot etdi. Taxtni esa 20 yashar o’g’li Aleksandr egallaydi (mil.avv. 356-323 yillar).
Miloddan avvalgi 329-yilda dastlab Baqtriyani bosib olgan. So’ng Sug’diyonaga qarshi yurish boshlagan va Marokanda (hozirgi Samarqand) shahrini egallab, uni ayovsiz talon-taroj qildirgan. Aleksandr Marokandani o’zining qarorgohiga aylantirirb, Surdaryo tomon yurishni davom ettiradi.
Spitamen boshchiligidagi qo’zg’olonchilar dastlab Marokanda shahrida qoldirgach, Aleksandr lashkarlarini tor-mor etib shaharni egallaganlar. Buni eshitgan Aleksandr Spitamen qo’zg’olonini bostirish uchun to’rt mingga yaqin lashkar yuborgan. Biroq Spitamen ularni ham tor-mor keltiradi. U dastlab Spitamenga agar qo’zg’olonni to’xtatsa, unga Sug’diyona hokimligini in’om etmoqchi ekanligi haqidagi xabarni yuboradi. Biroq Aleksandr buni rad etadi.
Yurtdoshlari Spitamennni Qoplon deb atashardi. Umnga bunday nom berilishiga uning qoplon terisini ustiga yopib yurishigina emas, balki qoplondek dovyurak va chaqqonligi ham sabab bo’lgan.
Aleksandr Vatan xoinlaridan foydalanishga qaror qilgan va bunga erishgan. Bu voqea miloddan avvalgi 328-yilda yuz berdi. Aleksandr Spitamenni shu yo’l yengdi. Aleksandr yurtimizni o’ziga tobe qilishga erishdi. Aleksandr yangi urushlarga tayyorgarlik ko’rayotgan paytda bezgak kasalligiga chalinib, 33 yoshida vafot etdi.