O`tgan mavzuni takrorlash: Uy vazifasi tekshiriladi. O`tilgan mavzuni takrorlash uchun o`qituvchi “O`zing top” ta`limiy o`yinini o`tkazadi. Buning uchun doskaga qoidalar yozilgan vatmn ilinadi. Qoidalarning asosiy joyi tushurilib qoldirilgan bo`ladi. O`quvchilar doskaga chiqib ketma-ket qoidalarni to`ldiradilar.
Biror narsa-voqea haqida xabarni bildirgan gap ............ deyiladi.
Kuchli his-hayajon, quvonch, ajablanish bilan aytilgan gap ............deyiladi.
Darak gap oxirida ....... pasayadi.
Biror narsa haqida so‘rash maqsadini bildirgan gap ........ deyiladi.
So‘roq gapning oxiriga ......... belgisi qo‘yiladi.
Buyurish, maslahat, iltimos mazmunini bildirgan gaplar ........... deyiladi.
Darak gapning oxiriga ...... qo‘yiladi.
Buyruq gapning oxiriga ........ qo‘yiladi
His-hayajon gapning oxiriga undov ......... qo‘yiladi.
III. Yangi mavzu bayoni O'quvchilarda gap bo'laklari haqidagi tasavvurni o'stirish gapni o'zlashtirishda yetakchi hisoblanadi. Birinchidan, boshlang'ich sinf o'quvchilari gap bo'laklarini ikkita katta guruhga (bosh va ikkinchi darajali bo'laklarga) bo'linishini o'zlashtiradilar. Bu sinflarda ikkinchi darajali bo'laklar turlarga ajratilmaydi. Gapni o'zlashtirish uchun bosh va ikkinchi darajali bo'laklarning mohiyati ochiladi: bosh bo'laklar gapning grammatik asosini tashkil qiladi, fikr, asosan, gapning grammatik asosi orqali ifodalanadi; ikkinchi darajali bo'laklar esa bosh bo'laklarni aniqlovchilik va to'ldiruvchilik vazifasini bajaradi. Ikkinchi darajali bo'laklarning mohiyatini ochish uchun o'quvchilar gapni tahlil qiladilar va ular qaysi gap bo'lagiga bog'lanib, uni izohlab kelayotganini aniqlaydilar. Ikkinchi darajali bo'laklarning xususiyatlari gapni yoyish (yig'iq gapni yoyiq gapga aylantirish) jarayonida yaqqol ko'rinadi. Masalan, o'quvchilar ,,Qaldirg‘ochlar uchib keldi“ gapini yozadilar. Fikrni to'liq ifodalash uchun gapga qayerga? va qachon? so'roqlariga javob bo'lgan so'zlarni qo'yish topshiriladi. O'quvchilar bu vazifani bajarib, qaysi gap bo'lagi (ikkinchi darajali bo'lak) fikrni yana aniqroq ifodalaganiga ishonch hosil qiladilar. 1-topshiriq.Matnni o‘qing. Nechta gap borligini aniqlang. Maktabimizda sinflararo sport musobaqalari boshlandi. G‘olib jamoamiz sovrin oldi. Maktab direktori jamoamizni tabrikladi. Sport kishini jismoniy chiniqtiradi. O‘quvchilar sport bilan muntazam shug‘ullanadilar. 2-topshiriq. Har bir gapni diqqat bilan o‘qing. Qaysi bo‘laklar gapning asosini tashkil etyapti? Qaysi bo‘laklar asosiy mazmunni to‘ldiryapti? Fermer xo‘jaligi mo‘l hosil yetishtirdi. Oila daromadi ko‘paydi. Qishki dala ishlari boshlandi. Mirishkor dehqon dalaga yaxob 1 suvini berdi. Yaxob suvi yerning sho‘rini yuvadi. Urug‘ xatosiz unib chiqadi. Ekinlar tuproqdan yaxshi oziqlanadi. Gap bo‘laklarini quyida ko‘rsatilgandek tahlil qiling. Namuna: Fermer xo‘jaligi mo‘l hosil yetishtirdi. xo‘jalig(i) yetishtirdi — gap asosi; fermer (xo‘jaligi), mo‘l hosil (yetishtirdi) — asosiy mazmunni to‘ldirgan bo‘laklar.