FANIDAN ISHCHI O‘QUV DASTURI (2-kurs, 3- semestr uchun)
Bilim sohasi: 100 000 – Gumanitar
Ta’lim sohasi: 110 000 – Pedagogika
Ta’lim yo‘nalishi: 5120100 –Filologiya va tillarni o’qitish(o’zbek tili)
Umumiy soat - 108 soat Shu jumladan: Ma’ruza - 26 soat Amaliy - 46 soat Mustaqil ta’lim - 36 soat
GULISTON – 2018 Fanning ishchi o‘quv dasturi O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi 201__-yil “___”________dagi ___ - sonli buyrug‘i bilan (buyruqning ___ -ilovasi) tasdiqlangan. “Davlat tilida ish yuritish” fani dasturi asosida tayyorlangan.
O‘quv fani o‘qitilishi bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalar
Ish yuritishni hujjatlar tashkil etadi. Biron-bir tashkilot, muassasa yoki korxona faoliyatini hujjatlarsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Mazmunan va shaklan turli-tuman bo‘lgan hujjatlar jamiyatning uzluksiz faoliyatini tartibga solib kelgan. Bugungi kunda ham davlat va nodavlat tashkilotlarida davlat tilida ish yuritish sifatini oshirish mamlakatimiz taraqqiyoti uchun zarur bo‘lgan asosiy omillardan hisoblanadi. Ushbu fan talabalarga zamon talablariga mos ravishda davlat tilida ish yuritish asoslari, rasmiy hujjatlar va ularni yozish bo‘yicha nazariy va amaliy bilimlar berish, bo‘lg‘usi fan o‘qituvchisini kasbiy faoliyatiga doir ish hujjatlari bo‘yicha bilimlar bilan qurollantiradi.
“Davlat tilida ish yuritish” fani umumkasbiy fanlar blokiga kiritilgan kurs hisoblanib, bakalavriat ta’lim yo‘nalishining 2-kurs 3-semestrida o‘qitiladi. Mazkur fan tilshunoslik turkumidagi fanlardan biri bo‘lib, nutq madaniyati, uslubshunoslik fanlari bilan bog‘liqdir. “Davlat tilida ish yuritish” fani tilshunoslikning amaliy asosini tashkil etib, o‘zbek tili va adabiyoti mutaxassisligi bo‘yicha yetuk kadrlar tayyorlashga xizmat qiladi.
Fan bo‘yicha talabalarning bilim, ko‘nikma va malakalariga quyidagi talablar qo‘yiladi. Talaba:
hujjatchilikningshakllanishi,tarixiy ildizlari, hujjatchilik taraqqiyotini belgilovchi omillar haqida tasavvurga ega bo‘lishi;
hujjat turlari, ularni to‘g‘ri yozish, yozilish qolipini bilishi va ulardan foydalana olishi;
hujjatlarni to‘g‘ri rasmiylashtirish, matn mazmuni va qurilishini to‘g‘ri shakllantirish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi kerak.