2.2. Fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini ta’minlash
50.
Rivojlangan davlatlarning ilg‘or tajribasiga asoslangan holda “Xabeas korpus” institutini yanada kengaytirish doirasida surishtiruv va dastlabki tergov ustidan sud nazoratini kuchaytirish.
2018-yil
20-iyul
Bosh prokuratura, Oliy sud, Sudyalar oliy kengashi, Adliya vazirligi, IIV, MXX, DBQ
—
—
O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi.
Loyihada fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlari himoyasini kuchaytirish maqsadida tintuv va telefon so‘zlashuv�arini eshitishga sanksiya (ruxsat) berish vakolatini prokurordan sudga o‘tkazish nazarda tutiladi.
51.
Fuqarolarning huquq va erkinliklarini jinoyat protsessida jinoiy tajovuzlardan himoya qilishning ishonchli kafolatlarini ta’minlash, ularning sha’ni va qadr-qimmati kamsitilishiga, qonuniy manfaatlari cheklanishiga yo‘l qo‘ymaslik.
2018-yil
1-aprel
Prezident devoni, Bosh prokuratura, IIV, MXX, DBQ, Oliy sud, Advokatlar palatasi
—
—
O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi.
Loyihada:
protsessual qonunchilik normalarini buzgan holda olingan ko‘rsatuvlar, ekspert xulosasi, ashyoviy dalillar hamda boshqa materiallardan dalil sifatida foydalanishga yo‘l qo‘ymaslik;
shaxsni noqonuniy ushlab turish, qamoqqa olish, jinoiy javobgarlikka tortish yoki hukm qilishga sabab bo‘lgan, hujjatlar yoki ashyolarga bila turib yolg‘on ma’lumotlar va boshqa buzib ko‘rsatilgan faktlarni kiritish, haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan ko‘rsatuv berishga majburlash, ish bo‘yicha haqiqiy holatlarni buzib ko‘rsatish orqali dalillarni qalbakilashtirganlik uchun jinoiy javobgarlikni joriy etish;
jinoyat haqida yolg‘on xabar va yolg‘on guvohlik berganlik uchun javobgarlikni kuchaytirish nazarda tutiladi.
52.
Fuqarolarning qiynoqqa solinishi yoki boshqacha tarzdagi qadr-qimmatini kamsituvchi tazyiqlardan himoyalanish kafolatlarini kuchaytirish.
2018-yil
1-aprel
Bosh prokuratura, IIV, MXX, Oliy sud, Adliya vazirligi, Advokatlar palatasi
—
—
O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi.
Loyihada fuqarolarni tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv, tergov, sud hamda jazoni o‘tash jarayonida qiynoqqa solganlik yoki boshqacha tarzdagi insonning qadr-qimmatini kamsituvchi tazyiqlar sodir etganlik uchun javobgarlikni yanada kuchaytirish, shuningdek, ushbu turdagi jinoyatlarni sodir etishga ko‘maklashgan boshqa shaxslarni ham jinoyat subyektlari qatoriga kiritish nazarda tutiladi.
53.
Mahkumlar huquqlari himoyasini kuchaytirish va jazoni o‘tash sharoitlarini yaxshilash maqsadida jazoni ijro etish muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash.
Yil davomida
IIV, Moliya vazirligi, Bosh prokuratura, Iqtisodiyot vazirligi, “Davarxitektqurilish”
5,3 mlrd so‘m
Ichki ishlar vazirligining budjetdan tashqari mablag‘lari
Amaliy chora-tadbirlar.
Bunda:
jazoni ijro etish muassasalari bino va inshootlarini ta’mirlash va rekonstruksiya qilish;
barcha vaqtincha saqlash hibsxonalari, tergov hibsxonalari va jazoni ijro etish muassasalarini videokuzatuv va boshqa moslamalar bilan jihozlash ishlari amalga oshiriladi.
54.
Mahkumlar huquqlarini ta’minlash tizimini takomillashtirish maqsadida ularni jazoni ijro etish muassasalariga taqsimlashning aniq va shaffof mexanizmlarini ishlab chiqish.
2018-yil
1-aprel
Bosh prokuratura, IIV, MXX, Adliya vazirligi
—
—
O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi.
Loyihada:
jazoni ijro etish muassasalariga mahkumlarni taqsimlashning shaffof tizimini joriy etish, ushbu jarayonda prokuror nazoratini kuchaytirish;
mahkumlarni bir muassasadan boshqasiga o‘tkazishga prokuror tomonidan ruxsat berish tartibini joriy etish;
mahkumlarni bir muassasadan boshqasiga qonunga xilof ravishda o‘tkazganlik uchun jinoiy javobgarlik belgilash nazarda tutiladi.
55.
Fuqarolar turmushidagi noqulayliklarni bartaraf etish, savdo-iqtisodiy munosabatlar va turizmni rivojlantirish maqsadida viloyatlararo yo‘l-patrul postlar sonini qisqartirish va tizimga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy qilish.
2018-yil
10-aprel
IIV, DBQ, MXX, Bosh prokuratura, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi, Adliya vazirligi
—
—
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi.
Loyihada yo‘l-patrul postlari (shu jumladan, statsionar postlar) faoliyatini tanqidiy o‘rgangan holda, ular sonini kamida ikki barobarga qisqartirish, tumanlararo postlarni tugatish (chegara oldi hududlar bundan mustasno), shuningdek, viloyatlararo chegaralarda jamoat tartibi va xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy qilish nazarda tutiladi.
56.
Fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlari kafolatlarini ta’minlash maqsadida doimiy va vaqtincha ro‘yxatga qo‘yish (hisobga olish) tartibini soddalashtirish.
2018-yil
20-mart
Adliya vazirligi, Bosh prokuratura, IIV, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi
—
—
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari.
Loyihalarda:
pasport olish, ta’lim olish, mehnat qilish va boshqa huquqlarni amalga oshirishda propiska bilan bog‘liq cheklovlarni bartaraf qilish;
voyaga yetmagan shaxsning belgilangan muddatda pasport olmaganligi uchun ma’muriy javobgarlikni bekor qilish;
mehnat munosabatlari jarayonida pasport tizimi qoidalariga rioya etmaganlik uchun ish beruvchining ma’muriy javobgarligini bekor qilish;
mavsumiy ishlarga (qurilish, qishloq xo‘jaligi va boshqa sohalarda) jalb qilinganlarni vaqtinchalik ro‘yxatga olish tizimini soddalashtirish, ular uchun uy-joy ijarasi, uy-joydan tekin foydalanish bitimini tuzish talabini bekor qilish;
Toshkent shahri va viloyatida doimiy propiskaga ega bo‘lgan fuqarolar uchun ko‘chmas mulk sotib olish bo‘yicha amaldagi talablarni soddalashtirish;
Toshkent shahri va viloyatida doimiy propiskaga ega bo‘lmagan fuqarolar uchun asossiz spekulatsiyaning oldini olish choralarini ko‘rgan holda ikkilamchi bozordan ko‘chmas mulk sotib olishga bo‘lgan cheklovlarni bekor qilish;
ichki turizmni rivojlantirish maqsadida vaqtincha propiskasiz (yashash joyi bo‘yicha hisobga turmasdan) bo‘lish muddatini uzaytirish;
vaqtincha yoki doimiy propiskasiz yoxud turgan joyi bo‘yicha hisobda turmasdan yashaganlik uchun ma’muriy jazo choralarini yengillashtirish, yashashga yo‘l qo‘yganligi uchun javobgarlikni bekor qilish nazarda tutiladi.
57.
Shaxsiy ma’lumotlarning huquqiy maqomini belgilash va ularni himoya qilish mexanizmini takomillashtirish maqsadida “Shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasini ishlab chiqish.
2018-yil
1-dekabr
Davlat personallashtirish markazi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi, IIV, Bosh prokuratura, MXX, Oliy sud, Konstitutsiyaviy sud, Adliya vazirligi
—
—
O‘zbekiston R�spublikasi qonuni loyihasi.
Loyihada shaxsiy va oilaviy sir daxlsizligiga bo‘lgan huquqlarni himoya qilish, “Elektron hukumat” tizimi rivojlanishi munosabati bilan jismoniy shaxslarga oid ma’lumotlar bilan ishlash jarayonida ular oshkor qilinishining oldini olish choralari va boshqa qoidalar nazarda tutiladi.