2.3. Ma’muriy, jinoyat va fuqarolik protsessual qonunchilikni takomillashtirish
58.
Sud-tergov jarayonlarining shaffofligini oshirish, taraflarning o‘zaro tortishuvi tamoyilini mustahkamlash, jinoyat ishlarini yuritishda inson huquqlarini himoya qilishga oid ilg‘or xalqaro standartlarni joriy etish.
2018-yil
30-mart
Bosh prokuratura, Oliy sud, IIV, MXX, DBQ, Adliya vazirligi, Advokatlar palatasi, Amaldagi qonun hujjatlari monitoringi instituti, TDYU, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi
—
—
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.
Loyiha bilan Jinoyat va jinoyat-protsessual qonunchiligini takomillashtirish bo‘yicha 2018 — 2021-yillarga mo‘ljallangan konsepsiya tasdiqlanadi.
Unda jinoyat, jinoyat-protsessual qonunchilikdagi mavjud bo‘shliq va qarama-qarshiliklarni bartaraf etish, sud-tergov sohasining yanada shaffofligini ta’minlash masalalari nazarda tutiladi.
59.
Mahkumlar huquqlarini ta’minlashning qo‘shimcha mexanizmlarini joriy etish, penitensiar tizimda xalqaro standartlarni keng joriy etish.
2018-yil
20-oktabr
IIV, Bosh prokuratura, Adliya vazirligi, Oliy sud, Amaldagi qonun hujjatlari monitoringi instituti, MXX, TDYU
—
—
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.
Loyiha bilan Jinoyat-ijroiya qonunchiligini takomillashtirish bo‘yicha 2018 — 2021-yillarga mo‘ljallangan konsepsiya tasdiqlanadi.
Konsepsiyada:
jinoyat-ijroiya qonunchiligidagi mavjud bo‘shliq va qarama-qarshiliklarni bartaraf etish;
mahkumlarni ijtimoiy hayotga moslashtirish tizimini isloh etish;
voyaga yetmagan mahkumlarga nisbatan jazoni ijro etish tizimini tubdan yaxshilash;
mahkumlarga uchrashuv berish va uchrashuvlarni almashtirishning insonparvar tartibini belgilash;
manzil koloniyada jazo o‘taydigan shaxslar doirasini ushbu koloniyalarga boshqa koloniyalardan o‘tkazish tartibini yengillashtirish hisobiga kengaytirish nazarda tutiladi.
60.
Jazoni o‘tash joylaridan ozod qilingan shaxslarga ijtimoiy-maishiy va ishga joylashishda yordam ko‘rsatish hamda mahkumlarni jamiyat hayotiga moslashtirish tizimini takomillashtirish.
2018-yil
20-aprel
IIV, Bosh prokuratura, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Oliy sud, “Mahalla” xayriya jamoat fondi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, Xotin-qizlar qo‘mitasi, Adliya vazirligi
—
—
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihasi.
Loyihada:
ozodlikdan mahrum etish muassasalaridan ozod etilgan shaxslarni ijtimoiy reabilitatsiya qilishning yakka tartibdagi dasturlarini ishlab chiqish tizimini joriy etish;
ozodlikdan mahrum etish muassasalaridan ozod etilgan shaxslarni ijtimoiy reabilitatsiya qilishga xususiy sektorni hamda ularni ish bilan ta’minlashga jamoatchil�kni keng jalb etish nazarda tutiladi.
61.
Jinoyat qonunchiligini yanada liberallashtirish va jinoyat sodir etgan shaxslarni jinoiy ta’qib qilish muddatlarini maqbullashtirish.
2018-yil
30-iyun
Bosh prokuratura, Oliy sud, IIV, MXX, Adliya vazirligi
—
—
O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi.
Loyihada:
ayrim jinoyat tarkiblarini jinoyat toifasidan chiqarish;
javobgarlikka tortish muddati o‘tib ketganligi munosabati bilan jinoyat uchun javobgarlikdan ozod qilish muddatlarini qisqartirish;
ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan va uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyat sodir etilgan kundan boshlab o‘n yil muddat o‘tgan bo‘lsa, shaxsni javobgarlikka tortish mumkin emasligini belgilovchi qoidalar nazarda tutiladi.
62.
Huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyatida qonuniylik va adolatni ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlarni nazarda tutadigan “Huquqni muhofaza qiluvchi organlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasini ishlab chiqish.
2018-yil
10-oktabr
Prezident devoni, Bosh prokuratura, MXX, IIV, Adliya vazirligi, DBQ, DSQ
—
—
O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi.
Loyihada:
huquqni muhofaza qiluvchi organlarning huquqiy maqomi;
har bir huquqni muhofaza qiluvchi organning o‘ziga xos xususiyatidan kelib chiqib, uning vakolat va vazifalari;
mazkur organlarning vakolatlari va funksiyalari takrorlanishini bartaraf etish hamda o‘zaro tiyib turish va manfaatlar muvozanatini ta’minlashga oid normalar nazarda tutiladi.
63.
Hayotiy muhim milliy manfaatlarning tashqi va ichki tahdidlardan kafolatli himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida “Milliy xavfsizlik xizmati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasini ishlab chiqish.
2018-yil
1-iyun
Prezident devoni, MXX, IIV, Milliy gvardiya, Mudofaa vazirligi, Bosh prokuratura, Adliya vazirligi
—
—
O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi.
Loyihada:
davlatni ichki va tashqi tahdidlardan himoya qilish sohasida Milliy xavfsizlik xizmatining huquqiy maqomi, vazifalari, funksiyalari va vakolatlari;
milliy xavfsizlik organlari faoliyatining asosiy prinsiplari va samaradorligi mezonlari;
milliy xavfsizlik xizmati organlari xodimlarini ijtimoiy muhofaza qilish choralari;
bu sohada parlament nazorati mexanizmlari belgilanadi.
64.
Jamiyat hayotining barcha sohalarida korrupsiyaning sabablari va yuzaga kelish shart-sharoitlarini kompleks bartaraf etish bo‘yicha samarali chora-tadbirlarni amalga oshirish.
2018-yil
1-noyabr
Bosh prokuratura, IIV, MXX, DBQ, DSQ, Adliya vazirligi, vazirlik va idoralar
—
—
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.
Loyiha bilan kompleks chora-tadbirlar dasturi tasdiqlanadi.
Dasturda:
korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida qonun hujjatlarini takomillashtirish;
dastlabki tergovda inson huquqlari himoyasini kuchaytirish maqsadida korrupsiyaga oid jinoyat ishlarining tergovga taalluqliligi masalasini qayta ko‘rib chiqish;
jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish;
ta’lim, sog‘liqni saqlash, ijtimoiy ta’minot va boshqa sohalarda korrupsiyaning oldini olish;
korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni o‘z vaqtida aniqlash, ularga chek qo‘yish, ularning oqibatlarini, ularga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish;
korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida tashkiliy choralar, tadqiqotlar o‘tkazish, xalqaro hamkorlik masalalari nazarda tutiladi.
65.
Surishtiruv va dastlabki tergov jarayonida tadbirkorlarning huquq va qonuniy manfaatlari himoyasini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha kafolatlar yaratish.
2018-yil
1-aprel
Bosh prokuratura, IIV, MXX, DBQ, Adliya vazirligi
—
—
O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi.
Loyihada:
tadbirkorlik faoliyati bilan bog‘liq jinoyat ishlarini viloyat va unga tenglashtirilgan prokuror roziligiga asosan qo‘zg‘atish;
jinoyat ishi doirasida o‘tkaziladigan moliya-xo‘jalik faoliyatini tekshirish (taftish) bir oydan oshmagan muddatda (istisno tariqasida muddatni Bosh prokuror yoki uning o‘rinbosari roziligi bilan bir oyga uzaytirgan holda) amalga oshirish belgilanadi.
66.
Jazoni ijro etish muassasalaridan ozod etilgan shaxslar ustidan ma’muriy nazorat tizimini takomillashtirish maqsadida “Jazoni ijro etish muassasalaridan bo‘shatilgan shaxslar ustidan ma’muriy nazorat to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunini yangi tahrirda ishlab chiqish.
2018-yil
20-iyul
IIV, Bosh prokuratura, Oliy sud, Adliya vazirligi
—
—
O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi.
Loyihada:
ma’muriy nazorat o‘rnatish zarurati jinoiy qilmishning va uni sodir etgan shaxsning real ijtimoiy xavfliligi mezonlariga asoslanishi;
qonun normalarini amaldagi Jinoyat kodeksida nazarda tutilgan og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlarning tasnifiga moslashtirish nazarda tutiladi.
67.
Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlari faoliyatining huquqiy asoslarini takomillashtirish maqsadida “Fuqarolik holati dalolatnomalari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasini ishlab chiqish.
2018-yil
10-oktabr
Adliya vazirligi, IIV, Xalq ta’limi vazirligi, TIV, Sog‘liqni saqlash vazirligi, “Mahalla” xayriya jamoat fondi
—
—
O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi.
Loyihada er-xotinlar, bolalar, ota-onalar huquqlarini ta’minlash masalalari, fuqarolik holati dalolatnomalarini ro‘yxatga olish tartibi va nikoh-oila munosabatlaridan kelib chiqadigan boshqa munosabatlarni tartibga solish nazarda tutiladi.
68.
“Ma’muriy tartib-taomillar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining ijrosini tashkil etish va ta’minlash.
2018-yil
15-fevral
Adliya vazirligi, vazirlik va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari
—
—
Kompleks chora-tadbirlar rejasi.
Rejada “Ma’muriy tartib-taomillar to‘g‘risida”gi Qonunning 2019-yildan e’tiboran kuchga kirishini inobatga olgan holda:
vazirlik va idoralar xodimlari qonun talablarini to‘liq o‘zlashtirishini ta’minlash;
vazirlik va idoralarning ma’muriy-huquqiy faoliyatini qayta ko‘rib chiqish;
qonunga ilmiy-amaliy sharh va metodik materiallar tayyorlash tadbirlari nazarda tutiladi.