2.4. Jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklarning oldini olish tizimini takomillashtirish
69.
Ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazolar ijrosi uchun mas’ul hisoblangan probatsiya xizmatini takomillashtirish.
2018-yil
20-noyabr
IIV, Bosh prokuratura, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Oliy sud, Adliya vazirligi, “Mahalla” xayriya jamoat fondi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, Xotin-qizlar qo‘mitasi
—
—
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari.
Loyihalarda:
ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazoga hukm qilingan, shu jumladan shartli hukm qilingan mahkumlarni qayta tarbiyalash, ularning huquqlarini ta’minlash borasidagi ishlar samaradorligini oshirish;
probatsiya xizmati shaxsiy tarkibini mavjud shtat birliklari hisobidan shakllantirish nazarda tutiladi.
70.
Ichki ishlar organlari jamoat xavfsizligini ta’minlash borasidagi faoliyatining ochiq va shaffof mexanizmlarini joriy etish.
2018-yil
20-sentabr
IIV, Moliya vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi
Hisob- kitoblarga asosan
Davlat budjeti mablag‘lari, IIVning budjetdan tashqari mablag‘lari
Chora-tadbirlar dasturi.
Dasturda ichki ishlar organlarining yo‘l-patrul va patrul-post xizmatlari barcha xodimlarini xizmatni o‘tash, ayniqsa, fuqarolar bilan muloqot jarayonini qayd etish imkonini beruvchi videokameralar bilan ta’minlash nazarda tutiladi.
71.
Ichki ishlar organlarining mavjud kuch va vositalaridan maqsadli foydalanish hamda muvofiqlashtirilgan samarali tizimni yaratish maqsadida quyi turuvchi bo‘linmalarning bevosita joylarda amalga oshiruvchi tashkiliy-shtat tuzilmalarini kuchaytirish.
2018-yil
10-iyul
IIV, Moliya vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari
Hisob- kitoblarga asosan
Ajratilgan budjet mablag‘lari doirasida
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.
Loyiha bilan chora-tadbirlar dasturi tasdiqlanadi.
Dasturda ichki ishlar organlari bo‘linmalari faoliyatini tahlil qilish, rejalashtirish va boshqarishning samarali tizimini eksperiment tariqasida viloyat markazlarining ichki ishlar bo‘limlari negizida tashkil etish nazarda tutiladi.
72.
Ichki ishlar organlarini jamoatchilik hurmati va e’tiboriga sazovor bo‘lgan haqiqiy xalqchil xizmatga aylantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlarni amalga oshirish.
2018-yil
30-mart
IIV, Bosh prokuratura, “Mahalla” xayriya jamoat fondi, Xotin-qizlar qo‘mitasi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi
—
—
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi.
Loyihada:
Toshkent shahri misolida poytaxtning o‘ziga xos xususiyatlarini inobatga olgan holda jamoat xavfsizligini ta’minlash, huquqbuzarliklar va jinoyatchilik profilaktikasining ta’sirchan mexanizmlarini joriy etish;
ichki ishlar organlarining asosiy kuch va vositalarini joylarga yo‘naltirish;
ichki ishlar organlarining fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlari va fuqarolik jamiyati boshqa institutlari bilan maqsadli hamkorligini yo‘lga qo‘yish nazarda tutiladi.
73.
Fuqarolarning jamoat tartibini saqlashdagi ishtirokini ta’minlashning huquqiy asoslarini takomillashtirish.
2018-yil
30-sentabr
IIV, Bosh prokuratura
—
—
O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi.
Loyihada:
fuqarolarning huquqni muhofaza qiluvchi organlarga ko‘maklashish xususiyatlari;
jamoat tartibini saqlashda ixtiyoriy ishtirok etishning shakllari, sohalari, vakolatlar va cheklovlar;
aholining jamoat tartibini saqlashdagi faol va samarali ishtirokini rag‘batlantirish turlari va asoslari nazarda tutiladi.