O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV Toshkent sh.,
2018-yil 22-yanvar,
PF-5308-son
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 22-yanvardagi PF-5308-sonli Farmoniga
ILOVA
2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid DAVLAT DASTURI Oldingi tahrirga qarang.
T/r
Amalga oshiriladigan tadbir
Bajarish muddati
Ijro uchun mas’ullar
Sarf-xarajatlar
Moliyalashtirish manbalari
Taqdim etiladigan hujjat shakli, amalga oshirish mexanizmi, kutilayotgan natija
I. DAVLAT VA JAMIYAT QURILIShI TIZIMINI TAKOMILLAShTIRIShNING USTUVOR YO‘NALIShLARI
1.1. Demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va mamlakatni modernizatsiya qilishda Oliy Majlis palatalari, siyosiy partiyalarning rolini yanada kuchaytirish
1.
Qonunchilik va norma ijodkorligida yangicha yondashuvni nazarda tutadigan Qonunchilik ijodkorligi faoliyatini takomillashtirish konsepsiyasini ishlab chiqish.
2018-yil
1-avgust
Oliy Majlis palatalari (kelishuv asosida), Adliya vazirligi, Amaldagi qonun hujjatlari monitoringi instituti, TDYU, IIV Akademiyasi
—
—
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.
Loyihada:
“aqlli tartibga solish” modellari va qabul qilinayotgan qarorlar ta’sirini tahlil qilish metodologiyasini joriy etish;
qonun ijodkorligi jarayoniga zamonaviy tamoyil va mexanizmlarni (ijtimoiy adolat, xalqchillik, jamoatchilik fikrini o‘rganish, ochiqlik, samaradorlik va b.) joriy etish;
qonun ijodkorligining zamonaviy uslublarini (masalan, “One in two out”, “Sunset clauses”, “Open ended” tamoyillari va boshqalar) joriy etish;
muayyan ijtimoiy munosabatlarning aynan qaysi turdagi qonun hujjati bilan tartibga solinishini aniq belgilash;
to‘g‘ridan to‘g‘ri amal qiluvchi qonunlar qabul qilish amaliyotini kengaytirish;
idoraviy hujjatlar qabul qilish amaliyotini bosqichma-bosqich qisqartirish nazarda tutiladi.
2.
Fuqarolarning saylovga oid huquqlarini amalga oshirish mexanizmlarini takomillashtirishga qaratilgan Saylov kodeksi loyihasini ishlab chiqish.
2018-yil
1-iyul
Markaziy saylov komissiyasi, Oliy Majlis palatalari (kelishuv asosida), Adliya vazirligi, Amaldagi qonun hujjatlari monitoringi instituti, Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti, Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti, TDYU
—
—
O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi.
Loyihada bugunga qadar tarqoq holda amal qilgan saylov to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini xalqaro norma va standartlar talablaridan kelib chiqib unifikatsiya qilish, saylov jarayoniga nisbatan yagona shaffof va samarali yondashuvlar nazarda tutiladi.
3.
Sog‘liqni saqlash muassasalari faoliyati ustidan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi nazoratini takomillashtirish.
Yil davomida
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi (kelishuv asosida), Vazirlar Mahkamasi, Sog‘liqni saqlash vazirligi
—
—
Amaliy chora-tadbirlar.
Bunda Sog‘liqni saqlash masalalari bo‘yicha qo‘mita a’zolari tomonidan parlament nazorati tadbirlari amalga oshiriladi.
4.
Oliy Majlis Senatining mahalliy vakillik organlari faoliyatiga ko‘maklashish borasidagi faoliyatini kuchaytirish.
2018-yil
1-mart
Oliy Majlis Senati, siyosiy partiyalar (kelishuv asosida), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari
—
—
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari va amaliy chora-tadbirlar.
Bunda:
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining mahalliy hokimiyat vakillik organlari faoliyatini kuchaytirishga ko‘maklashuvchi komissiyasi faoliyatini doimiy asosda tashkil etish;
Komissiyaning vazifa va funksiyalarini aniq be�gilash, shu jumladan uning Oliy Majlis Senati yalpi majlisida hisobotini eshitish amaliyotini yo‘lga qo‘yish;
xalq deputatlari kengashlari faoliyatini namunali asosda yo‘lga qo‘yishga ko‘maklashish, bunda ular faoliyatining samaradorligiga baho berishda hududlardagi vaziyatni ijobiy tomonga o‘zgartirish, budjet ijrosini to‘liq ta’minlash, jinoyatchilikni kamaytirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish, aholining turmush darajasini yaxshilash kabi mezonlarga asoslanish nazarda tutiladi.
5.
O‘zbekiston Respublikasi saylovchilarining Yagona elektron ro‘yxati axborot tizimini takomillashtirish va “Elektron hukumat” tizimi doirasida butun respublika bo‘yicha joriy etish.
2018-yil
1-sentabr
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi, Markaziy saylov komissiyasi, Adliya vazirligi, IIV, Davlat personallashtirish markazi, MXX, “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi, Mudofaa vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, TIV, Moliya vazirligi
Hisob-kitoblarga asosan
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg‘armasi hamda vazirlik va idoralarning budjetdan tashqari mablag‘lari
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.
Loyihada:
Saylovchila�ning yagona elektron ro‘yxati (SYER)ni joriy etish bosqichlari;
Respublika manzillar klassifikatorini ishlab chiqish;
Saylovchilarning turar (yashash) manzillari yagona bazasini yaratish;
vazirlik va idoralar axborot tizimlarining integratsiyasini amalga oshirish;
SYER bo‘yicha axborot xavfsizligini ta’minlash yuzasidan choralar ishlab chiqish;
SYERni joriy etish va uni qo‘llab-quvvatlash, ushbu yo‘nalishda kadrlarni tayyorlash va malakasini oshirish;
SYERni ekspluatatsiya qilish bo‘yicha maxsus vakolatli organni belgilash nazarda tutiladi.
6.
Oliy Majlis palatalarining axborot-tahliliy faoliyatini takomillashtirish.
2018-yil
1-mart
Oliy Majlis palatalari (kelishuv asosida), Adliya vazirligi, Moliya vazirligi, TIV, Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi
Hisob-kitoblarga asosan
Ajratilgan budjet mablag‘lari doirasida
Oliy Majlis palatalari qo‘shma qarori loyihasi.
Loyihada:
Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari institutini yuqori malakali kadrlar bilan to‘ldirish, uning binosini ta’mirlash va moddiy-texnika bazasini kuchaytirish;
�nstitut bilan xalqaro tashkilotlar va xorijiy davlatlarning o‘xshash tuzilmalari o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish chora-tadbirlari nazarda tutiladi.
7.
Mamlakat siyosiy sahnasida sog‘lom raqobatni ta’minlash.
2018-yil
1-avgust
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi (kelishuv asosida), Markaziy saylov komissiyasi, Adliya vazirligi, Amaldagi qonun hujjatlari monitoringi instituti, O‘zbekiston Ekologik harakati
—
—
O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi.
Loyihada Oliy Majlis Qonunchilik palatasidan O‘zbekiston Ekologik harakati vakillari uchun belgilangan kvotani bekor qilish nazarda tutiladi.
8.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning jazoni ijro etish faoliyatini monitoring qilish borasidagi vakolatlarini kengaytirish.
2018-yil
1-may
Ombudsman, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi (kelishuv asosida), Bosh prokuratura, Adliya vazirligi, IIV, Amaldagi qonun hujjatlari monitoringi instituti, Inson huquqlari bo‘yicha milliy markaz
—
—
O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi.
Loyihada Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning qamoqda saqlanayotgan va jazoni o‘tash joylarida bo‘lgan shaxslarning yashash sharoitlarini monitoring qilish bo‘yicha vakolatlarini kengaytirish nazarda tutiladi.