Denov davlat universiteti tarix kafedrasi



Yüklə 1,21 Mb.
səhifə57/77
tarix10.06.2022
ölçüsü1,21 Mb.
#116809
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   77
Denov davlat universiteti tarix kafedrasi

Hindiston davlat arbobi Javoharlal Neru sо‘zlari bilan aytganda:’’Buyuk mо‘g‘ullar davlati faqat Akbar davriga kelib Hindistonda hind saltanati qiyofasida qaror topdi’’.
Akbarshoh musulmon va hind feodallarini muayyan darajada jipslashtira oldi.
Akbarshohning islohotlari musulmon feodallar va diniy mutaasiblarning noroziligiga sabab bо‘ldi. Ular podshohni dinsizlikda aybladilar, xalqni unga qarshi kо‘tarishga harakat qildilar. Norozilar tomonida Akbarshohning о‘g‘li, taxt vorisi Jahongirshoh ham bor edi. U taxtga kelishi bilanoq otasining kо‘plab islohotlarini yо‘qqa chiqardi.
Akbar 1605-yil 17 oktabrda 63 yoshida vafot etadi. Uning boshqaruv tizimini о‘gli Jahongir (1605-1627 yillarda boshqargan) va nabirasi Shohjahon (1628-1658 yillarda boshqargan) davom ettirishga harakat qildilar.
1605 yil 24 oktabrda Akbarshohning о‘g‘li Salim taxtga Nuriddin Muhammad Jahongir nomi bilan о‘tirib 1605-1627 yillarda boshqardi. U otasi vafotidan song, taxtga chiqqan. Uning davrida inglizlar 1611-yili birinchi savdo manzilgohlari qurishga ruxsat olishgan. U muvaffaqiyatsiz urushlar olib borib, 1621-yilda forslardan Qandahorni oldi. Uning saroyida asosiy ishni Nurjahon bajargan. Uning sо‘nggi yillari о‘g‘illari va sarkardalarning isyoni bilan ajralib turgan. U о‘g‘li Shohjahon isyoni paytida 1627-yilda Kashmir safaridan qaytayotib vafot etadi.
Jahongirning va Rajput malikasi Manmatining о‘g‘li Shohjahon taxtga da’vogarlik qilib kelayotgan edi, u 1612-yili Nurjahonning jiyaniga uylanib,taxtga da’vo qilish uchun yaxshi imkoniyatga ega bо‘ldi. Shohjahon yoki Xurram 1622-1625 yillarda otasiga qarshi isyon kо‘taradi, otasi uni kechirdi. Jahongir vafotidan sо‘ng Nurjahonning ukasi kо‘magida 1628 yil 4 fevral kuni taxtga о‘tiradi va о‘ziga Abul Muzaffar Shahobiddin Muhammad Sohibqironi Soniy degan dabdabali nom qabul qildi. U 1628-yil sentabrda о‘zini imperator deb e’lon qiladi. Shohjahon Hindiston janubidagi yerlarni kengaytirdi. 1632-yilda u Ahmadnagarni bosib oldi, 1636-yilda Golkonda va Bijapur imperiyaga qaram ekanligini tan olishdi.
1648-yili poytaxt Agradan Dehliga kо‘chirildi. Shohjahon hukmronligining sо‘nggi yillari boburiylar safaviylardan (Safaviylar davlati-1502-1722 yillarda Eronni boshqargan sulola) mag‘lub bо‘la boshladi. 1647-yili Balxni boy berishdi. 1649-yili Qandahor forslarga о‘tdi.
1658-yili Shohjahonning vafoti haqidagi mish-mishlar uning о‘g‘illari о‘rtasida kurash boshlanishiga sabab bо‘ldi. Natijada о‘g‘li Avrangzeb tomonidan taxtdan ag‘darildi.
Tashqaridan qaraganda Shohjahon davrida imperiya gullab-yashnagandek tuyulardi, ammo imperiyaning ichki zaifligi uning davrida ravshanlasha bordi. Feodallarning tez-tez bо‘lib turgan g‘alayonlari davlat markazlashuviga putur yetkazdi. Eng yirik jagirdorlar mustaqil bо‘lishga harakat qilardilar.
Kо‘pincha jagirdorlarning о‘zlari haq tо‘lab soliq yig‘uvchi bо‘lib olardilar, bu narsa shunga olib keldiki, jagirdorlar tobora boyib, mahalliy aholi ustidan ularning hukmronligi tobora tо‘laroq bо‘ldi, hukumat esa buni nazorat qilmadi.
Lekin shunday bо‘lsada, imperiya Shohjahon davrida iqtisodiy va madaniy yuksaldi.
Shohjahonning ilk farmonlaridan biri о‘zi uchun olamda о‘xshashi yо‘q taxt yasash haqida edi. Taxt yetti yilda bitkazilib, saroyga keltiriladi. Uzunligi 3 metrdan ortiq, eni 2 metr, va balandligi 5 metr ushbu oltin taxt olmos, yoqut, zumrad va marvariddan qadama qilib yasalgan bо‘lib, tepasiga ikkita yasama tovus о‘rnatilib,ularga ham javohirlar qadab qо‘yilgan edi. Hatto taxt poyidagi uch pog‘onali zinapoyaga ham qimmatbaho toshlardan naqsh solingan edi. Bu mо‘jiza “tovus taxt” nomini olgan. “Podshohnoma” asarining muallifi Abduhamid Lohuriy taxtning qiymatini 10 mln rupiyaga baholab, bu mablag‘ni Iroqning 330 ming tumani va Movarounnahrda muomalada bо‘lgan 40 mln xoniy (о‘rta asrlarda О‘rta Osiyoda podshoh, xon, va sultonlar tarafidan, mudarris va ilmi toliblarga ularning maoshi uchun vaqti-vaqti bilan berib turiladigan pul in’omi, oltin tanga) ga teng deb yozgan edi.
Jumladan, Shohjahon podshohligi yillarida qurilgan va hozirgi kunga qadar “Hindiston marvaridi” deb nom olgan dunyoning yetti mо‘jizalaridan biri deb atalib kelinayotgan Agra shahridagi Tojmahal 1631-yilda qurilishi boshlanib, 17 yil deganda (1648) nihoyasiga yetkazilgan va bu imorat Mumtoz mahal begim sharafiga qurilgan.
Arjumand bonu- Mumtoz mahal begim (saroyning kо‘rki) deb atalgan. Chunki u saroyda maslahatchi va muhrdorlik lavozimida ishlagan. U qisqa umri davomida 14 nafar farzand kо‘rgan. “Tazkirat ul-havotin” asarida yozilishicha, Mumtoz mahal begimning dunyoda qoldirgan farzandlari 8 nafar, 4 qiz, 4 о‘g‘il bо‘lib, qolgan 6 tasi yoshligida nobud bо‘lgan. Uning о‘g‘illari Doro Shukuh (1616-1659), Shoh Shujo (1617-1661), Avrangzeb (1618-1707), Murodbaxsh (1621-1658), qizlari Jahon Orobegim, Anjuman oro Begim, Dahr oro Begim, Kiti oro Begimlardir.
Mumtoz mahal begim vafot etgach Shohjahon unga atab maqbara qurdirmoqchi bо‘lib, maqbarani tarxini chizishda turk me’mori Muhammad Iso Afandining loyihasi ma’qul deb topiladi va qurilish ishlari boshlab yuboriladi va 17 yil deganda nihoyasiga yetkazilgan va bu imorat Mumtoz mahal begim sharafiga qurilgan.
Tojmahalning uzunligi 579 metr va eni 305 metr bо‘lib, 128 ta imoratdan iborat bо‘lgan, hozirgi paytda ulardan 76 tasi saqlanib qolgan, binoning balandligi 74 metr bо‘lib, maqbara Arjumand Bonuga berilgan nisbatlardan biri bо‘lib, Tojmahal (Saroy toji) deb ataldi.
Tojmahal maqbarasi shoir va davlat arbobi Zahiriddin Muhammad Boburning chevarasi Shohjahon tomonidan 1630-1652 yillarda rafiqasi Mumtoz mahalbegim xotirasiga bunyod etilib, shohjahonning о‘zi ham shu maqbaraga dafn etilgan.
Tojmahal Jamna daryosi qirg‘og‘ida qurilgan uch qavat va besh gumbazli inshoot bо‘lib, balandligi 74 metr bо‘lgan. Binoning burchaklarida har birining balandligi 45 metr bо‘lgan tо‘rtta minora qad kо‘targan.
Binoning atrofida favvora va hovuzlari bо‘lgan ulkan bog‘ majmui barpo etilgan. Binoning devorlariga silliqlangan yarim shaffof marmar yotqizilgan hamda uning qurilishida feruza, aqiq, malaxit va serdolik kabi jilolanuvchi toshlar ishlatilgan.
Bino qurilishida ishlatilgan marmar shunday xususiyatga egaki, kunduzi oq, erta tongda pushti va tun yog‘dusida kumush rangda tovlanadi. Maqbaraning chap va о‘ng tomonida qizil qumtoshdan barpo etilgan bir xil shakldagi machit joylashgan.
Bino qurilishida Markaziy Osiyo, Eron, Janubiy Yevropa me’morchiligi yutuqlaridan foydalanildi. Turkiyalik me’mor Ustod Muhammad Jahon afandi boshchiligida 1632-1650 yillarda qurilgan. Qurilishda mahalliy ustalar bilan bir qatorda Afg‘oniston, Eron, Iroq, Arabiston, Shom, Turkiya va Movarounnahrdan kelgan me’mor, koshinsoz, sangtarosh, gultarosh, rassom, xattot va ustalar jami 20 mingdan ortiq kishi ishlab, bular orasida Samarqandlik me’mor Muhammad Sharif va Buxorolik haykaltarosh Ato Muhammadlarning nomlari zikr etilgan.
Ushbu ulug‘vor va kо‘rkam inshoot 2007 yilda о‘tkazilgan sо‘rov natijalariga kо‘ra, 100 mln.dan ortiq ovoz olib yangi dunyoning yetti mо‘jizasidan biri deb tan olindi. Ushbu maqbara 1983 yilda YUNESKOning “Butunjahon merosi” rо‘yxatiga kiritilgan. Shuningdek, YUNESKO tomonidan Tojmahal “Hindistondagi musulmon san’atining durdonasi, umuminsoniy merosning keng tan olingan va butun jahon qoyil qolayotgan javohiri”, deb e’tirof etilgan.
Shohjahon Agra, Dehli, Qobul, Ajmir, Kashmir, Lohur, Fayzobod, Gvalior, Ambal kabi shaharlarda о‘nlab ulkan imoratlar barpo etib, Shohjahonobod nomli yangi bir shaharga asos soldi.
Boburiy hukmdor Avrangzeb 1658-yilning iyun oyida Agraga kirib, bir hiyla bilan otasi Shohjahonni qal’aga qamab qо‘yadi va iyul oyida Abuzafar Muhiddin Avrangzeb Olamgir nomi bilan toj kiyib (1658-1707 yillarda boshqaradi). U yaxshi ta’lim olgan edi, hukmdor bо‘lishiga qaramay kamtarona hayot kechirgan.
Avrangzeb saroy fitnasi natijasida otasini taxtdan ag‘darib va qonli jangda uchta aka-ukalarini yengib taxtga kelgan edi. U tajribali qо‘mondon va siyosiy nayranglarning ustasi bо‘lgan.
U imperiya chegarasini janub tomonga qarab kengaytirdi, u Bijapur va Golkondani uzil-kesil bosib oldi. Shuningdek, u Ost-Indiya kompaniyasining 1688-1689 yillardagi hujumiga qarshi zarba bera olgan edi. Kompaniya unga juda katta tovon tо‘lashga majbur bо‘lgan edi.
Yevropa mustamlakachilarning ochiqdan-ochiq tahdid qilib turgan xavfiga qarshi Hindistonning milliy kuchlarini birlashtirish о‘rniga Avrangzeb buning aksini qilib, bu kuchlarni parchalab yubordi.
U Hindlarni yana diniy ta’qib ostiga oldi, ya’ni islom dinidan boshqa din va uning vakillarini ta’qib qildi, Akbar davrida bekor qilinga jizyani 1679-yildan joriy qildi. Hindlarni ibodatxonalarining doim talab turdi, musulmon feodallarga hindlardan olgan qarzlarini tо‘lamaslikka yо‘l qoyib berdi. Kо‘plab hind ibodatxonalarini buzdirib tashlagan. Uning harakati islomga ham taaluqli bо‘lib, Hindistonda keng tarqalgan turli xil sо‘fiylik tariqatlariga (tariqat. arab. yо‘l,usul, tariqatga kirgan kishi sо‘fiy deb ataladi, va u qanoat qilib yashashi, Allohni sevishi va unga intilishi, ixtiyorini pir, muridga topshirishi lozim) qarshi qattiq kurashib, ularni murtadlikda ayblagan.
Avrangzeb davrida Boburiylar davlati eng katta hududga ega bо‘ldi. Janubiy sarhadlardan tashqari butun hududda uning hukmronligi о‘rnatildi.
Avrangzeb davrida kо‘p va og‘ir soliqlar tо‘lashga majbur etilgan aholi ommasi xonavayron bо‘lib qashshoqlasha bordi.Uning zamonida feodallar isyoni va dehqonlar qо‘zg‘oloni bо‘lib о‘tgan edi.
Avrangzeb yuritgan ichki va tashqi siyosati qarama-qarshiliklardan iborat edi. U qadimgi hind ibodatxonalarini buzdirib, hind millatiga mansub amaldorlarni ishdan chetlatib kо‘plab hindlarni о‘ziga qarshi qilib qо‘ydi va imperiyaning qulashini tezlashtirdi. О‘z navbatida, Janubiy Hindistonda joylashgan va haligacha imperiya tarkibiga kirmagan hududlar rojalarga qarshi urush olib bordi va ularning bir qanchalarini tobe etishga erishdi.
Boburiylar imperiyasi larzaga kelib turgan bir paytda Hindistonning g‘arbida maraxtlar о‘z milliy davlatlarini tashkil qildilar. Maratxlar rahbari Shivaji (1627-1680) Avrangzebga qarshi tog‘li mintaqalarda yashovchi hindlarning qо‘zg‘oloniga boshchilik qildi va Boburiylar imperiyasining qulashiga poydevor qо‘ydi.
G‘arbiy dekan tog‘larida yashovchi tog‘li dehqonlar qо‘zg‘oloniga mashhur yо‘lboshchi Shivaji (1627-1680) rahbarlik qilib, Shivaji 20 yil davomida, 60 va 70 yillarda Boburiylarga qarshi xalq partizanlari urushi usulini qо‘llab muvaffaqiyat qozondi, Shivaji vaqtida Maxarashtra (maraxtlar mamlakati deb atalgan edi) Boburiylardan ozod bо‘lgan mustaqil davlat edi. Qо‘zg‘olon 1646 yili boshlangan edi. 1674 yili Shivaji tantanali ravishda taxtga о‘tiradi. Biroq Shivajining о‘limidan sо‘ng bir necha yil ichida Avrangzeb bu davlatni bosib oldi. Taxtga kelgan Shivajining о‘g‘li Sambxadji 1689 yili qatl qilindi.
XVII asr boshlarida yuz bergan yirik qо‘zg‘olonlardan yana biri sikhlarning (sikxizm.Hindistondagi hinduiylikda diniy- islohotchilik harakatining g‘oyaviy shakllaridan biri) mustaqillik uchun kurashi edi. О‘z vaqtida Akbarshohning homiyligidan foydalangan sikhlar keyinchalik yarim mustaqil davlatga aylangan edi.
Hindistonning shimoli g‘arbida (Panjobda) XVII asrning ikkinchi yarmi va XVIII asr boshlarida sikxlar (sikxchilik- hinduiylikda diniy-islohotchilik harakatining g‘oyaviy shakllaridan biri. XVI asrda Panjobda paydo bо‘lgan, asoschisi savdogar Nanak (1469-1538) edi).
Avvaliga bu ta’limot feodallar zо‘ravonligidan norozi bо‘lgan shahar savdo doiralari manfaatlarini о‘zida aks ettirdi. Ta’limot xudo oldida barcha kishilarning tengligini e’lon qilib, mazhab imtiyozlarini rad etdi. Ikkinchi tomondan esa ta’limot zulmga qarshilik kо‘rsatmaslik haqidagi g‘oyalarga amal qilib, Boburiylar hukumatiga itoat qilardi. Buning oqibatida Boburiylar sikxlarga yaxshi munosabatda bо‘ldilar. Ularning tashkiloti Lahor va Panjobda edi. XVII asr о‘rtalaridan boshlab bu mazhabda musulmon va hind feodallarga qarshi qurolli kurash dasturi tuzildi.
Sikxlar yer yuzida ekspluatatsiya bо‘lmaydigan “chinakam podsholik” о‘rnatishni istardilar. 1675 yili Avrangzeb sikhlar yо‘lboshchisi Teg Baxadurni Dehlida qatl ettirdi.
XVII asr oxiri va XVIII asr boshlarida 1669- yilda va 1671- 1672, 1686 va 1705 yillarda poytaxt Agra va Dehlida Jat- sikxlarning eng qudratli harakati rо‘y berdi. 1671-1672 yillarda jatlar Dehliga yurish qilib, Boburiylar poytaxtini egallashlariga sal qoldi. Boburiylar bu qо‘zg‘olonni bostirish uchun butun-butun armiyalarni yuborishga majbur bо‘ldilar.
Avranzeb vafotidan keyin Baxodirshoh I davrida (1707- 1712) va undan keyingilar davrida imperiya ayrim parchalarga bо‘linib ketdi. Boburiylar hokimiyati hatto Dehlining о‘zida ham nomigagina saqlanib qolgan edi. Hindistonda yana feodal tarqoqlik vujudga keldi.
Avrangzeb vorislari sarkardalar qо‘lida о‘yinchoq bо‘lishgan. Boburiylar ma’lum vaqt Dehlidan davlatni nazorat qilib turishdi, lekin Avrangzebning vorisi Bahodirshoh I (1707-1712) va Jahondorshoh (1712-1713) lar vazir Zulfiqorga tо‘la qaram bо‘lishgan. Farrux siyar (1713-1719) va Muhammadshoh (1719-1748) lar esa aka-uka Husayn va Abdulloh Saidiylarga tobe bо‘lishgan.
Yevropalik mustamlakachilarning Hindistonga kirib kelishi XVI asrdayoq boshlangan edi.
Yevropa mustamlakachilari bunday vaziyatdan foydalanib, hind rojalari va knyazlarining о‘zaro urushlariga aralashib, Hindistondagi mustamlaka yerlarini sekin asta kengaytira boshladilar.
XV-XVI asrlarda Hindistondagi asosiy yevropalik mustamlakachiliklar Hindistonning Malabar deb ataluvchi janubi-g‘arbiy sohilida mustahkamlanib olgan portugallar edi.


Mavzu: Sо‘nggi о‘rta asrlarda Eron
Reja:
1. Safaviylarning hokimiyat tepasiga kelishi.
2. Safaviylarning olib borgan ichki va tashqi siyosati.
3.Shoh Abbos I ning islohotlari.
4.Safaviylar sulolasi davrida Eronning iqtisodiy ahvoli.
5. Eronni mustamlakaga aylantirishning boshlanishi.


Tayanch iboralar:

Yüklə 1,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   77




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin