Yuza g’adir-budurligi ko’rsatkichlarini paypaslovchi (shupovoy) va optik asboblar bilan aniqlanadi. Yuza g’adir-budurligini Rz (g’adir-budurlik-ning o’nta nuqtasi bo’yicha aniqlanadigan balandlik) parametr bo’yicha baholash uchun qo’shaloq optik mikroskop MIS – II qo’llanadi.
Bunda mikronotekisliklar yuzaga yorituvchi tubusdan (optik asboblardagi truba) qandaydir burchak ostida yo’naltirilayotgan yorug’lik polosasi (nur yo’li) bilan yoritiladi. Yorug’lik polosasi va mikronotekislik kesishgan chizig’i (liniya peresecheniya) kattalashtirilgan ko’rinishda vizual tubus (vizualniy tubus) orqali kuzatiladi. Mikronotekislik (Rz ning 80 dan 8mkm gacha qiymatlari uchun) okulyar mikromer bilan o’lchanadi yoki fotonasadka yordamida suratga olinadi. Almashtiriluvchi ob’ektivlar bilan 517 marotaba kattalashtirishga erishiladi. Bu usulning kamchiligi ko’p mexnat sarfidir.
G`adir-budurlik parametrlarini paypaslovchi profilometr va profilograf yordamida aniqlash usullari eng ko’p tarqalgan. Profilometr ishlashi tekshirilayotgan yuzani to’mtoqlik radiusi kichik bo’lgan olmos igna bilan
Paypaslash va induktiv usulda uning tebranishini kuchlanish tebranishiga almashtirish negiziga asoslangan.
5.4-rasm. Paypaslovchi profilograf-profilometrning blok sxemasi. Profilometrning ko’rsatuvchi asbobi shkalasida g’adir-budurlik Ra(g’adirbudurlikning o’rtacha arifmetik toyishi) bo’yicha beriladi. Yuza mikroprofilini profilogramma ko’rinishida yozish uchun profilograflar ishlatiladi.
5.4-rasmda “KALIBR” zavodining 201-modeldagi profilografprofilometrining blok sxemasi keltirilgan.
Asbobning elektr qismi uzatuvchi (datchik), elektron blok 5 (ko’rsatuvchi asbob 6 bilan) va yozuvchi asbob 7 larni o’z ichiga oladi. Uzatuvchining magnit tizimi ikkita g’altak 2 bilan o’zak 9 dan iborat. Uzatuvchining g’altagi va transformator (5) ning birlamchi chulg’amining ikki bo’lagi generator (3) dan oziqlanuvchi balans ko’prigini tashkil qiladi. Uzatuvchi tekshirilayotgan yuzada xarakatlanganda olmos igna (1) yuza notekisligini (siypalab) paypaslab, yakor (10) ni o’q (8) ga nisbatan tebranma harakatlanishga olib keladi.
5.5-rasm. Profilograf-profilometrning umumiy ko’rinishi:
– karetkali stolcha;
– universal stolcha;
– patchik;
– motoyurgizgich;
– ko’rsatuvchi asboblar o’rnatilgan elektron blok; 6 – yozuvchi asbob.
Yakorning tebranishi yakor va o’zak orasidagi havo tirqishini o’zgartiradi va shu bilan transformator (4) ning chiqish kuchlanishi o’zgaradi. Hosil bo’lgan kuchlanish o’zgarishi elektron blok bilan kuchaytiriladi. Elektron blok yozuvchi yoki ko’rsatuvchi asbobga ulangan bo’ladi.
Ko’rsatuvchi asbob sifatida Ra parametr bo’yicha darajalangan o’zgarmas tok mikroampermetridan foydalaniladi.
Magnito-elektrik o’zgarmas tok milliampermetridan iborat yozuvchi asbobda yozuv elektrometrik diagramma qog’oziga elektrotermik usulida yoziladi.
Profilograf – profilometrni umumiy ko’rinishi 5.5-rasmda ko’rsatilgan.
XULOSA
Bo’lajak umumiy o’rta va kasb – hunar ta’limi kollejlarining o’qituvchilari nafaqat fan asoslarini, balki ular eng zamonaviy ilg’or pedagogik texnologiyalarni egallagan bo’lishlari, o’zlarining pedagogik maxoratlarini to’xtovsiz oshirib borishlari talab etiladi. Bo’lg’usi o’qituvchilar chizmachilik o’qitishda zamonaviy pedagogik texnologiya kursi tugaganidan so’ng quyidagi bilimlarni egallagan bo’lishlari lozim:
- chizmachilikdan fanlarni o’qitishda zamonaviy pedagogik texnologiyalar ta’lim taraqqiyotini xarakatlanuvchi kuchi ekanligini ;
- zamonaviy pedagogik texnologiyalarni tarixiy taraqqiyot bosqichlarini;
- xorijiy mamlakatlarda qo’llanib kelayotgan interfaol metodlarni;
- zamonaviy pedagogik texnologiyalarni tasviriy san’at mashg’ulotlarida qo’llanish imkoniyatlarini;
- tasviriy san’at mashg’ulotlarida zamonaviy pedagogik texnologiyalarni amaliyotda qo’llash yo’llari va uning qonuniyatlarini;
- zamonaviy pedagogik texnologiya loyixasi va uning tarkibiy tuzilishini;
- o’quvchilarni bilim, malaka va ko’nikmalari, ijodiy ish natijalarini nazorat qilish va baholash;
Chizmachilik talimi mazmunini tuzishda politexnik talimi vazifalari, turdosh predmetlar va mexnat tayyorgarligi talablarni xisobga olish, politexnik talim tushunchalarini quyidagicha izoxlash mumkin. O’quvchilarga faqat politexnik bilim va malakalar beradigan aloxida o’quv predmeti yoki O’quvchi kollejda barcha talim tarbiya vositalari, ayniqsa grafik talim orqali politexnik malumotga ega bo’ladi.
O’quvchilarini o’quv mexnat faoliyati obektlarini politexnik mazmuni xamda uning o’qituvchi tomonidan ochib berishi va o’quvchilarni qabul qilish tizimini ifodalaydi. Grifik va amaliy mazmuni ishlar chizmalarni o’qishga xamda talim jarayonida loyixalash masalalardan foydalangan xolda xalqaro qabul qilingan shartlilik va ximoyalash belgilar bilan muvofiqlashtirishga yo’naltirilgan.
Chizmachilik talimi mazmuniga ajratilgin tasvirlish metodiga tegishli chizmalarni tanlashda materialni texnik va amaliy moxiyati xayotda qollanish xollarini kenglini xal qiluvchi rol o’ynashini etiborga olish. Grafik talim xajminining majburiy kasb-hunar kollejlarida talabalarga berilshi zarur bo’lgan ta’lim mazmuni umumiyligini ifodalaydi.
Muxandislik grafikasini o’qitish metodikasi fanidan kurs ishi loyixasini tamomlar ekanman men ushbu dargoxda bilim bergan barcha ustozlarimga o’z minnatdorchiligimni bildiraman.