Qissasi Rabg’uziydagi arxaizmlar Rabg‘uziy (taxallusi; asl ism-sharifi Nosiriddin Burhoniddin o‘g‘li) (13-asr oxiri — Xorazmning Raboto‘g‘uz mavzei — 14-asr boshlari) — shoir. Raboto‘g‘uzda qozilik qilgan. Sharq xalqlari og‘zaki ijodini, ayniqsa, rivoyatlarni, avliyo-anbiyolar to‘g‘risidagi qissalarni chuqur o‘rgangan. O‘zi ham ko‘pgina ibratli hikoyatlar, qissalar yozgan. Turkiy xalqlar adabiyoti tarixida birinchilardan bo‘lib nasrda rivoyatlardan hikoyat, hikoyatlardan qissa yaratishni boshlab bergan. Bizgacha «Qisasi Rabg‘uziy» (1309—10) asarigina yetib kelgan. Asar musulmon mo‘g‘ul beklaridan Nosiriddin To‘qbug‘aning topshirig‘i bilan yozilgan. Kitob turkiy tilda, asosan, nasrda, madhiyalar, ba’zi qissalarning xulosalari, lirik kechinmalar va xotima qismi esa nazmda yozilgan. Qur’oni karimdagi ba’zi lavhalar, islomga oid boshqa kitoblardan va Abu Ishoq Nishopuriyning «Qisas ul-anbiyo»sidan ayrim faktlar asarga asos qilib olingan. Asar an’anaviy hamd va na’t bilan boshlanadi, so‘ng uning yozilish sababi, muallif haqida ma’lumot beruvchi qisqa so‘zboshi, keyin esa qissalar keladi. Jami 72 qissadan iborat. Mavzu doirasiga ko‘ra, asar qissalari juda rang-barang. Olamdagi butun mavjudot egasi bo‘lgan Allohni ulug‘lash, payg‘ambarlar hayotiga doir lavhalarni eslash, kamtarinlik va takabburlik, ota-ona va farzand munosabatlari, erk va adolat mavzulari shular jumlasidandir. Qissalar hajmi turlicha: Masalan, Yusuf haqidagi qissa salkam 100 sahifani tashkil qilsa, Lut haqidagi qissa bir necha sahifadangina iborat. Qissalarda real hayot voqealari bilan bog‘liq mavzular ham uchraydi. Qissalar bayonida, personajlar tasvirida xalq og‘zaki ijodining bevosita ta’siri seziladi. Attuhfada qipchoq shrvasiga xos belgilar Qipchoqlar yoki Polovetslar — oʻrta asrlarda mavjud boʻlgan Turkiy urug'lar birlashmasi. Uning tarkibiga pecheneg, qadimgi boshqird, va boshqa xalqlarni kirgan. Sharqiy qipchoqlar kimek, qoraxitoy va boshqalar bilan birlashgan. Ularning barchasi qipchoq etnonimi bilan aniqlangan[1]. Moʻgʻul boʻlishi mumkin boʻlgan guruhlar va qabilalar ham Sharqiy Qipchoq konglomerati tarkibiga kiritilgan. Piter Goldenning taʼkidlashicha, olberlilar para-moʻgʻul xitanlari oʻrtasidagi ijtimoiy-siyosiy oʻzgarishlar, masalan, Liao sulolasining qulashi va qoraxitoylarning shakllanishi tufayli gʻarbga surilgan va oʻzlarini Sharqiy Qipchoq konfederatsiyasiga qoʻshib. Ular oxir-oqibat bu yerga kelgan. Hukmron qatlam va elitaning bir qismini tashkil qiladi. Oltin oʻlberlilarni xitoy manbalarida Xi, turkiy yozuvlarda Tatabi sifatida qayd etilgan qaylar bilan birlashtiradi. Moʻgʻul yoki paramoʻgʻul millatiga mansub boʻlgan, ehtimol Syanbeydan kelib chiqqan[2][3].
Xitoy tarixida qipchoqlar haqida faqat bir necha marta tilga olingan: masalan, Yuan generali Tutuxaning kelib chiqishi qipchoq qabilasining Ölberli[4]. yoki qipchoqlarning vatani, otlari, qipchoqlarning fiziognomiyasi va psixologiyasi haqida baʼzi maʼlumotlar[5][6].
Qipchoqlar birinchi marta fors geografi ibn Xordadbehning „Yoʻllar va saltanatlar kitobi“ asarida shimoliy turkiy qabilalar sifatida toquz oʻgʻuz, karluklar, kimeklar, oʻgʻuzlar, jfr (jikil soʻzidan buzib olingan yoki pejgʻarglar uchun majfarni ifodalagan) dan keyin bir maʼnoda tilga olingan. Aðkish va Yenisey qirgʻizlaridan oldin. Qipchoqlar 8-asrga oid Moyun chur bitiklarida Turk-Qibchaq tarzida paydo boʻlgan boʻlsa kerak, ellik yil davomida Turk xoqonligi tarkibida boʻlgan; shunga qaramay, bu attestatsiya noaniq, chunki yozuvdagi zararlar faqat (* -čaq yoki čiq) oʻqilishi mumkin[7]. ATTUHFANING LUG’AT TUZILILSHI “Attuhfatuz zakiyatu fillug‘atit turkiya” (“Turkiy tillar haqida noyob tuhfa”) asarini kim yozganligini bilmaymiz. Asar Misrda yaratilgan deya chamalanadi. Uning bitta qo‘lyozmasi ma’lum. Qo‘lyozma hozir Istanbulda Validuddin afandi kutubxonasida saqlanmoqda (o‘zbekcha nashriga qarang: AZFT).
Kitob “qipchoq tili” grammatikasiga bag‘ishlangan. Bu to‘g‘rida: “Men bu asarda qipchoq tiliga asoslandim. Chunki eng ko‘p qo‘llanadigan til qipchoq tilidir. Turkman tilini bu ishda bayon qilmadim. Faqat juda zarurat bo‘lgandagina ko‘rsatdim”, - deb yozadi uning muallifi kirish bo‘limida (AZFT,8).
Asar uch bo‘limdan iborat: kirish, arabcha-turkiy so‘zlik, grammatik qoidalar bo‘limi. Kirish qismida kitobning yozilish sababi, unda turkiy tilning qay lahjasiga asoslanganligi bayon etiladi. So‘ng turkiy alifbo va imlo qoidalari xususida ma’lumot beriladi.
“Attuhfa”ning lug’at tuzilishi So‘zlik bo‘limida avval arabcha so‘zlar, keyin esa uning turkiy tarjimasi beriladi. Shuning uchun fasllarning tuzilishida so‘zning arab tilidagi shakli inobatga olingan. Masalan, ilk hamzali so‘zlar bo‘limida arab tilida hamza bilan boshlanuvchi so‘zlar nazarda tutilgan. Bu prinsipning turkiy so‘zlikka ko‘pda ziyoni yo‘q. Sababi, hamzali so‘zlarga tegishli qolgan bo‘limlar tematik guruhga ko‘ra turkumlashtirilgan: otlarning ranglari, ot asboblari, yer va unga bog‘liq narsalar, yeyiladiganlar, tomonlar, o‘tgan zamon fe’llari. So‘ng harfi bilan boshlanuvchi otlar, ketinida fe’llar; keyin harfi bilan boshlanuvchi otlar, ketinida fe’llar, shu tartibda davom etib oxirida harfi bilan boshlanuvchi otlar keladi.
“Attuhfat” asaridagi ba’zi so‘zlarni og‘zaki shug‘ullanamiz.