Devunu lug’atit turkning tuzilishi


OGAHIY TARIXIY ASARLARIDAGI SINTAKTIK KONSTRUKSIYALAR



Yüklə 106,5 Kb.
səhifə7/8
tarix08.11.2023
ölçüsü106,5 Kb.
#131342
1   2   3   4   5   6   7   8
1-30 manzura

OGAHIY TARIXIY ASARLARIDAGI SINTAKTIK KONSTRUKSIYALAR
Ogahiy (taxallusi; toʻliq ism-sharifi Muhammadrizo Erniyozbek oʻgʻli) (1809.17.12, Xiva yaqinidagi Qiyot qishlogʻi — 1874.14.12) — oʻzbek shoiri, tarixchi,tarjimon. Mirob oilasida tugʻilgan.
Ogahiy „Riyoz uddavla“ („Saltanat bog'lari“, 1842), „Zubdat uttavorix“ („Tarixlar qaymogʻi“, 1843—46), „Jomeʼ ul-voqeoti sultoniy“ („Sultonlik voqealarini jamlovchi“, 1855), „Gulshani davlat“ („Davlat gul-shani“, 1865), „Shohidi iqbol“ („Iqbol guvohi“, 1872) va boshqa tarixiy asarlarida Olloqulixon, Rahimqulixon(1843—46), Muhammad Aminxon (1846 — 55), Sayid Muhammadxon (1856—64), Muhammad Rahim II (1864—1910) hukmronligi davrida Xorazmda yashagan oʻzbeklar, turkmanlar|turkman, qoraqalpoqlar|qoraqalpoq, qozoqlar|qozoq xalqlarining tarixi, madaniy va ijtimoiy hayoti, Xiva xonligining boshqa xonliklar bilan munosabati va boshqa tarixiy voqealar aks etgan. Ogahiyning yuksak insonparvarlik ruhi bilan sugʻorilgan gʻoyalari xon va shoir Feruzning siyosiy-maʼrifiy tarbiyasiga taʼsir qilgan. U tarixchi olim sifatida Xiva xonlariga, yirik tarixiy shaxslarga bagʻishlab qasidalar yozgan. Ogahiyning „Qasidai nasihat“ asari Feruzga bagʻishlangan. U oʻz nasihatlarida saltanatni boshqarishning yoʻl-yoʻriqlarini koʻrsatadi, mamlakat va xalqni adolat bilan idora etish yoʻllarini belgilab beradi. Qasida masnaviy janrida yozilgan boʻlib, unda shoirning siyosiy-maʼrifiy qarashlari yorqin aks etgan. Ogahiy fikricha, har qanday davlat boshligʻi hokimiyatni mustahkamlash uchun barcha ijobiy fazilatlarga ega boʻlishi lozim. 
Munis g'azallaridagi turkiy izofa
Шермуҳаммад Авазбой ўғли Мунис XVIII аср охири, XIX аср бошларида Хоразмда яшаб ижод этган йирик ўзбек шоири, таржимон, муаррих ва мураббийдир. У «Мунис ул-ушшоқ» («Ошиқлар дўсти») девони, илмий-тарбиявий йўналишдаги «Саводи таълим» рисоласи, «Фирдавс ул-иқбол» солномаси ҳамда ўзбек тилига ўгирган «Равзат ус-сафо» (Мирхонд) асари билан ўзбек маданиятининг хазинасини бойитди.
* * *
Қайси гулнинг мен каби бир андалиби зори бор?
Қайси булбулнинг сенингдек бир гули баҳори бор?
Қайси раъно сарвқадға қумрие бор мен каби?
Қайси қумрини қадингдек сарви хуш рафтори бор?
Қайси Лайливаш пари Мажнуни бор мен телбадек?
Қайси Мажнуннинг менингдек бир пари рухсори бор?

Yüklə 106,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin