Dinning ibtidoiy shakllari



Yüklə 1,02 Mb.
səhifə82/154
tarix02.02.2022
ölçüsü1,02 Mb.
#114086
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   154
Mazdakiylik.Eronda va unga qo’shni mamlakatlarda ilk o’rta asrlarda tarqalgan. Ta’limot asoschisi – Mazdak (470-529). Uning ta’limotiga ko’ra, dunyo jarayonlarining zamirida oqilona qonuniyat asosida harakat qiladigan yorqin va ezgu ibtido bilan betartiblik va beboshlik, ayqash-uyqash tarzda namoyon bo’ladigan nursiz yovuz ibtido o’rtasida murosasiz kurash boradi. Bu kurash pirovard natijada ezgulik foydasiga hal bo’ladi.

Mazdakiylik jamiyat a’zolarini o’zaro yordamga, adolat va tenglikka chaqirgan. U o’zining demokratik xususiyatlari bilan ajralib turgan. Boylikka ruju qilishni, shaxsiyat manfaatlari uchun kurashni inkor etgan. Xudo oldida har qanday inson teng, jamiyat boyliklari hamma uchun barobar deb targ’ib qilgan.

Mazdakiylik ijtimoiy tengsizlikni yo’qotish uchun kurashgan. Ushbu tengsizlikni yovuzlik alomati deb hisoblagan. Odamlarning ijtimoiy-iqtisodiy tengsizligiga barham berish uchun kuch ishlatishni halol deb topgan. Buning oqibatida, milodiy V asr oxirlarida mazdakiylik ijtimoiy harakati Markaziy Osiyo va Eron hududlarida keng yoyilgan xalq qo’zg’olonlariga aylanib ketgan.

Mazdakiylik harakati 490-530 yillar orasida Sosoniylar Eronida davlat ahamiyatini kasb etadi. Bu davrda Eronda Sosoniylar sulolasi vakillarining mavqei pasayib, chin hokimiyat amalda yirik zodagonlar hamda zardushtiy ruhoniylari qo’lida edi. Mehnat ahlining qattiq ezilishi, boylikning bir to’p zodagonlar qo’lida to’planishi, jamiyatdagi keskin ijtimoiy-iqtisodiy notenglikni vujudga keltirdi. Buning ustiga Eron saltanati harbiy munosabatlarda, ayniqsa, Markaziy Osiyodagi Eftalitlar davlati bilan harbiy-siyosiy to’qnashuvlarda muvaffaqiyatsizlikka uchradi. Harbiy harajatlarning ko’payib ketishi, mamlakat ho’jaligining tanazzulga uchrashi xalq noroziligiga sabab bo’ldi. Mana shunday vaziyatda Mazdakning ijtimoiy tenglik g’oyalari mazdakiylikning g’oyaviy bayrog’iga aylandi.

Mazdakiy qo’zg’olonchilar zodagonlar mulklarini bosib olib, och-nahor, yalang’och, qashshoqlarga ulashib bera boshladilar.

Sosoniy podsholaridan Qubod I avvaliga zodagonlarning hokimiyatga ta’sirini tugatish uchun Mazdak va uning tarafdorlarini qo’llab-quvvatladi. Chunki uni 496 yilda zodagonlar bilan zardushtiy dindorlar taxtdan ag’darib tashlagan edilar. Nihoyat, 499 yili Qubod I mazdakiylar yordamida taxtni qayta egalladi, natijada mazdakiylar mavqei kuchaydi. Mazdakiylarning rahbari sifatida Mazdak Qubod I hukumatida eng oliy unvonga erishdi. Mamlakat bo’ylab mazdakiylar boylarni talon-taroj qilishda davom etishdi. Nihoyat bu vaziyat zodagonlarni ham o’z mulklari va ijtimoiy mavqelarini himoya qilish choralarini ko’rishga majbur etdi. Kuchli oppozitsiyadan cho’chigan Qubod I endi zimdan zodagonlar bilan til biriktira boshladi. U o’z vorisi Xusravni mazdakiylarga qarshi otlantirdi. VI asrning 30-yillari arafasida Xusrav mazdakiy harakatni, xususan, u boshliq qo’zg’olonni bostirishga erishdi. Mazdak o’ldirildi.

Mazdakning diniy-falsafiy, ijtimoiy harakati tarixchilar e’tiborini asrlar davomida o’ziga jalb qilib kelgan. Mazdakiylik bir tomondan demokratik, primitiv kommunachilik g’oyalari va harakat usullari bilan omma uchun jozibador ko’ringan bo’lsa, ikkinchi tomondan, bu harakat, taqdiri ilohga qarshi isyon ko’tarish bilan teng edi. Bu ta’limot haqida «al-Osor al-boqiya» kitobida Abu Rayhon Beruniy qiziqarli ma’lumotlar yozib qoldirgan.

Mazdak va uning diniy-falsafiy aqidalari orasida mulk umumiyligi va tengligini targ’ib qilish kabi band alohida o’rin tutgan. Bu qoidaga ko’ra, jamiyatda ayollarni barcha uchun umumiy mulk qilish ham ko’zda tutilgan. Lekin bu qoidaning qay darajada hayotga tatbiq etilgani ma’lum emas. Olimlar bu qoidani zodagonlar orasidagi yuzlab ayollardan iborat haramlar tutish odatiga qarshi qo’llangan, deb hisoblaydilar.

Mazdakiylik diniy g’oya yoki diniy ta’limotdan ko’ra, ko’proq chuqur ijtimoiy-iqtisodiy sabablar zaminida yuzaga kelgan diniy-siyosiy harakat bo’lib, xalq ommasining orzularini amalga oshirish yo’lidagi urinishlar asosiga qurilgan edi. Ammo bu harakat o’z oldiga qo’ygan maqsadiga erisha olmadi.

 


Yüklə 1,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   154




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin