Dinning ibtidoiy shakllari



Yüklə 1,02 Mb.
səhifə18/154
tarix02.02.2022
ölçüsü1,02 Mb.
#114086
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   154
Braxmanlik veda dinlarining bir shahobchasidir. Vaqt o’tishi bilan vedalardagi qo’shiqlar ommaga, hatto ruhoniylarga ham tushunarsiz bo’lib qoldi. Bu qo’shiqlar hali o’zgarishga uchramay, muqaddas til va muqaddas matnlar paydo bo’ldi. Nihoyat, bu tilni o’rganish uchun kishilar alohida guruhlar tuzib, maxsus vaqt ajratdilar. Natijada o’z hayotlarini ibodat qilish, ilohiyot ilmini o’rganish, murakkab marosimlarni o’tkazish va xalq ruhoniy hayotini boshqarishga bag’ishlagan braxmanlar kastasi (tabaqasi) vujudga keldi. Dinga xos bo’lgan xususiyatlardan biri – ilohiy tilning o’zgartirib bo’lmasligidir. Xuddi shu bir tilning eskirib amaldan qolishi va faqat muqaddas tilga aylanib qolishi braxmanizmning kelib chiqishiga sabab bo’lgan omillardan biridir.

Oriylar umuman boshqa madaniyatga, hayot tarziga ega bo’lgan turli xalqlar bilan uchrashib, mutlaqo boshqa tabiiy sharoitga duch keldilar. Ular ko’chmanchilikdan endi o’troq hayotga o’tib, davlatdagi hukmron sinfga aylandilar. Shundan so’ng ularning eski dinlari ­­– vedizm mazkur jarayonlar ta’sirida taraqqiy etdi. Bu taraqqiyot dinni falsafiy jihatdan chuqurlashtirish, ruhoniylar tabaqasining mavqeini ko’tarish, ibodat va marosimlarni murakkablashtirish, ilohlar sifatini murakkab tomonga o’zgartirish hisobiga bo’ldi. Shundan keyin o’zgartirish taqiqlangan diniy aqida vujudga keldi.

Zikr etilgan faktlardan kelib chiqib aytish mumkinki, braxmanizmda xalqning emas, ko’proq ma’lum ruhoniylar tabaqasining manfaatlari himoya qilinadi.

Braxmanlikning asosiy elementlari braxmanlar va vedalarga tegishli sutralardir. Sutralar san’atning alohida ko’rinishi bo’lib, yaqqol ajralib turuvchi ustalik bilan sof sanskrit tilida yozilgan. Unda mavjud vaziyatga alohida e’tibor qaratilgan holda ma’lum tabaqaga yuqori o’rin beriladi.

Braxmanlar o’z nomlarini tuzgan dinlarigagina emas, joy nomi (Braxmaniya) sifatida, butun boshli fan va san’atga (braxmanizm she’riyati, tibbiyoti, matematikasi kabi) nom qilib berdilar. Ular o’zlarining kelib chiqishlarini yetti ruhoniy oilaning boshliqlari bo’lgan yetti rishidan deb hisoblaydilar. Madhiyalarning ilk mualliflari bo’lgan shoirlar, tilshunoslar va hozirjavob kishilar o’z kasblarini avlodlariga uzatganlar. Vedaning o’zida aytilishicha, «rajarshi» («rishi-podshoh»)lar ba’zan shunday madhiyalarning mualliflari bo’lganlar.

Braxmanlar tabaqasi oriylarning Hindiston hududiga kirib kelishlaridan oldin shakllangan degan fikrlar ham mavjud. Ammo ular ilk davrda katta mavqega ega bo’lmaganliklari uchun ularning qachon va qanday qilib asosiy nufuzga ega bo’lgan davrlarini bilish muhim. Oriylar Hindiston bo’ylab harbiy yurishlarini davom ettirganlari sayin kamroq qarshilikka duch kelardilar. Natijada kshatriylar (jangchilar) tabaqasi tobora e’tibordan chetga chiqib, bosib olingan yerlardagi xalqlar orasida tartib o’rnatish uchun diniy ruhiy jihatdan ta’siri kuchliroq bo’lgan boshqa tabaqa – braxmanlarning nufuzi oshib bordi. Chunki braxmanlar diniy marosimlardan tashqari huquq, urf-odat kabi sohalardan ham xabardor edilar.

Braxmanning hayoti to’rt muayyan belgilangan bosqichdan iborat. Xususan, uning har bir kuni mashaqqatli ibodat, o’rganish va vazifalar bilan to’la. Braxmanning diniy hayoti uning tug’ilishi bilanoq emas, balki uning balog’at yoshiga yetib, muqaddas bog’ichni qabul qilishi va «baxshida qilish» marosimidan keyin boshlanadi. Shundan keyin braxmanning yoshligi birorta donishmand braxmanning qo’lida vedalarni yodlash, uning uyida muqaddas olovni doimo tutib turish, ustozining xizmatini qilish, jumladan, uning uchun sadaqa yig’ish bilan o’tadi. Braxman bu bosqichda «braxmacharin» deb nomlanadi. Uzoq vaqt davom etadigan bunday ta’limotdan so’ng u ikkinchi bosqichga o’tadi. Braxman «grixastxa» deb nomlanadigan bu bosqichda uy xo’jayini vazifasini bajaradi. U uylanishi, oilani boqishi (xususan, o’g’il yetishtirishi), amaliy hayot ilmini egallashi va o’zining fuqarolik burchlarini bajarishi lozim. Qonun uy xo’jayinining o’zini qanday tutishini soat sayin qat’iy ravishda diqqat bilan kuzatib boradi. Qachon va nimani yeyish, nimani ichish, qachon ibodat qilish, marhumlarni qanday dafn etish, mehmonlarni qanday kutish, ovqatni qanday tayyorlash, qariyalarga, ayollarga, yosh bolalarga qanday munosabatda bo’lish va boshqa ko’p narsalar belgilab qo’yilgan.

Braxman «vanaprastxa» (o’rmon zohidi) deb ataluvchi hayotining uchinchi qismida oilasi bilan yoki yolg’iz holda o’rmonga ketishi kerak. Bu yerda u «o’z nafsini jilovlab» ildizlar yoki mevalarni yeb, diniy amallarni jiddu jahdi bilan bajarishi kerak. Bu bosqichda braxmanga bir qator mashaqqatlarni boshdan kechirish tavsiya etiladi: u tuproqqa qorishib dumalashi yoki kun bo’yi oyoq uchlarida turishi va yo navbat bilan turib o’tirishi mumkin. Jazirama kunda o’zini «besh olov issig’iga» duchor qilishi, yomg’irli paytda ochiq joyda yashashi, qishda esa ho’l kiyimda yurishi kerak.

Braxman hayotining to’rtinchi bosqichi «saniyasi»(zohid) tarkidunyochilik yoki diniy qashshoqlik davridir. U hayotning barcha tashvishlarini ortga tashlab, xursandchilik, qayg’u, orzu-havas va jismoniy ehtiyojlarni tark etib, hamma narsaga befarq bo’lgan braxman bir maqsadga – «Oliy Braxmaga yetishish, ya’ni u bilan qo’shilib ketish, bu dunyo va o’lgandan keyingi abadiy baxtga erishishga» intilishi kerak. Braxman tarkidunyochilik bosqichida faqat sadaqadan tushgan narsalar hisobiga kuniga bir marta ovqatlanib kun kechiradi.

Zikr etilgan – «braxmanning muqaddas to’rtlik qonuni» deb atalmish hayot tarzini faqatgina diniy qoidalar bilangina bog’lab tushuntirish mumkin emas. Hindiston tarixida ko’plab bunday hodisalarni kuzatish mumkin. Faqatgina oliy tabaqadan chiqqan kishilar emas, oddiy xalq vakillari ham ba’zan shon-shuhrat istab, o’z irodasini chiniqtirish maqsadida yoki o’zini boshqalardan kam bilmay, o’zlarini ana shunday hayot qiyinchiliklariga solganlar. Qadimda kishilar kuzatgan mazkur holatlarni Hindistonda hozir ham tez-tez uchratish mumkin. Budda hayotini o’rganishda uchraydigan ko’pgina hodisalar o’sha davrda ham braxmanlar «to’rtlik qonuniga» amal qilganlarini ko’rsatadi.


Yüklə 1,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   154




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin