Dinning ibtidoiy shakllari



Yüklə 1,02 Mb.
səhifə14/154
tarix02.02.2022
ölçüsü1,02 Mb.
#114086
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   154
Samaveda. Boshqa vedalar orasida Rigvedaga ko’proq bog’liq bo’lgani bu Samavedadir. U hozirgi davrga ikki tahrirda yetib kelgan (cakha aynan. shahobcha): Kautxuma (Kauthuma) va Ranayaniya (Ranayaniya). Kautxuma to’plami 1810 she’rdan iborat bo’lib, undan faqatgina 76 tasi Rigvedada uchramaydi. Undagi she’rlar, asosan, Rigvedaning VIII va IX mandalasidan olingan bo’lib, tantanali qurbonlik marosimi paytida o’qiladi. To’plam ikki qismdan iborat: birinchi kichikroq bo’lgan hajmi Agni, Indra ilohiyatlariga, ikkinchisi Somaga qurbonlik keltirish marosimida aytiladigan qo’shiqlardan iborat. She’rlar orasida ichki bog’liklik bo’lmay, ularning tartibi marosimlarning borishiga qarab belgilangan. Bu she’rlar ohang bilan qo’shiq tarzida aytish uchun mo’ljallangan. Ushbu vedaning maqsadi diniy marosimlarda aytiladigan qo’shiqlarni o’rgatishdan iborat. Hindistonda hozirgacha vedalarni kuyga solib kuylovchilar – samavedinalar saqlangan bo’lib, ularning turli maktablari mavjud. Keyingi paytlarda qadimiy musiqiy an’ananing davomi deb da’vo qilinayotgan zamonaviy ijro san’atini o’rganish bo’yicha ko’p ishlar qilindi.

Yajurveda qolgan vedalardan farqli o’laroq, to’laligicha shrauta (qurbonlik marosimi) bilan bog’liq. Uning asosiy qismini qurbonlik usullari – yajus tashkil qiladi. Mazkur yajuslar marosimning ma’lum bo’limlarida ijro etilib, bu she’rlarni marosimning borishidan kelib chiqib tushunish mumkin.

Yajurvedaning matni turli marosim o’tkazuvchi braxmanlar maktablari tomonidan tahrir qilingan shakllarga ega. Ulardan Yajurvedaning asl nusxasini ajratib olish juda qiyin, ammo ulardagi umumiy jihatlarni aniqlash mumkin: to’lin oyli tunda, yangi oy chiqqanda, Agni uchun o’tkaziladigan qurbonlik marosimlari.

Hind an’anasiga ko’ra vedaning bu maktablari Qora va Oq Yajurvedaga bo’lingan. Qora Yajurvedaning turli maktablarga xos bo’lgan Katxaka, Kapishtxala-Katxa, Maytrayani, Tayttiriya kabi tahrirlari mavjud. Uning «qora» deb atalishiga sabab unda she’riy yajus va mantralardan tashqari nasriy izohlar – braxmana qismini o’z ichiga olganligidir. Oq Yajurvedaning Vajasaneyi nomli birgina tahriri bor. Uning faqat yajus va mantralardan iborat bo’lib, nasriy izohlardan xoli bo’lganligi uchun «sof, oq» deb ataladi.

Yajurvedaning tarkibi uch asosiy bosqichni tashkil etadi. I. Marosim. II. Yajus va mantralar. III. Braxmana sharhlari.



Atxarvaveda mil. av. 1-ming yilliklar boshlariga borib taqaladigan qadimiy hind afsunlarini o’zida aks ettirgan. U boshqa vedalardan mazmun va mohiyat jihatdan farqli o’laroq, o’zining qadimiy hind jamiyatida mavjud bo’lgan barcha taraflarni, nuqson va kamchiliklarni o’zida aks ettirgan.

Atxarvaveda «Afsunlar va jodular vedasi» degan ma’nolarni anglatadi. U afsonaviy ruhoniy Atxarvana («Olov ruhoniysi») nomi bilan bog’liq. Bunga sabab o’sha davrda afsun va jodular olov ustida bajarilganligidir.

Dastavval vedaning uch turi mavjud bo’lgan: Rigveda («Madhiyalar vedasi»), Yajurveda («qurbonlik uslublari vedasi»), Samaveda («qo’shiqlar vedasi»). Bu uch veda ham xudolarning abadiyligini ta’minlovchi ichimlik tayyorlanadigan soma o’simligiga bag’ishlangan qurbonlik marosimlari bilan bog’liq. Hind an’anasiga ko’ra bu marosim «shrauta» deb ataladi. Atxarvavedada veda dini ruhoniylarining asosiy ibodati hisoblangan Somaga qurbonlik qilishga umuman e’tibor qaratilmagan. Shuning uchun ham u yuqoridagi uch vedaga e’tiqod qiluvchilar tomonidan tan olinmagan. U oila atrofida markazlashgan marosimlar bilan ko’proq bog’liq. Shunday qilib, Atxarvaveda o’zidan avvalgi uchta vedadan o’z marosimlarining negiz va mohiyati bilan farqlanadi. Uning asosida uzoq o’tmishga borib taqaladigan xalq sehrgarlik marosimlari yotadi.

Atxarvavedaning qachon paydo bo’lganligi masalasi aniqlikdan ancha yiroq. U eng qadimiy hisoblanmish Rigvedadan ancha keyin yaratilgan.

Atxarvaveda olti ming she’rdan iborat 371 madhiyani o’z ichiga oladi. Ular 20 ta kitobda jamlangan.


Yüklə 1,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   154




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin