Dinning ibtidoiy shakllari


Moniy hayoti va faoliyati



Yüklə 1,02 Mb.
səhifə77/154
tarix02.02.2022
ölçüsü1,02 Mb.
#114086
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   154
Moniy hayoti va faoliyati. Sharq o’lkalarida yer mulkchiligiga asoslangan ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar mustahkamlanayotgan o’rta asrlar davrining boshlarida zardushtiylik, buddizm, xristianlik, hinduizm dinlari bilan bir qatorda manixeizm dinining ham nufuzi kuchli edi. Arab xalifaligi tashkil topib, islom dini Eron-Turon bo’ylab tarqalishi davomida Eron, G’arbiy Osiyoning anchagina aholisi manixeizmni qabul qilib, bu din katta ijtimoy ta’sir kuchiga ega bo’ldi. Ko’plab monaviy jamoalar shakllana boshladi. Jumladan, ilk o’rta asrlarda turkiy xalqlar orasida manixeizm jamoalari ko’pchilikni tashkil qilgan. Ular butun Markaziy Osiyo va Sharqiy Turkiston bo’ylab tarqalgan edilar.

Manixeizm dinining asoschisi Surayk Patik (216-277) hisoblanadi. Keyinchalik unga Moniy – «Ruh» laqabi berilgan. Uning nomining arabiylashtirilgan to’la shakli X asr arab tarixchisi Ibn an-Nadimning «Fihrist» kitobida Moniy ibn Fattaq Bobak ibn Abi Barzom deb zikr etilgan.

Moniyning ajdodlari Parfiya podsholari Arshakiylar xonadoniga qarindosh bo’lgan va o’z davrida Parfiyaga qaram Bobil yurtiga yuqori mansablardan biriga tayinlab yuborilgan. Moniyning milodiy 216 yilda (Arshakiylar podsholigi tugab, Sosoniylar hukmronligi boshlanishiga o’n yil qolgan bir paytda) Bobil yaqinidagi Mardinu qishlog’ida tug’ilganiga mana shuni sabab qilib ko’rsatiladi. Moniyning onasi Maryam yozma manbalarda xabar berilishicha, Parfiyada nufuzli Ashg’oniya urug’idan bo’lib, u ham Arshakiy podsholari xonadonidan bo’lgan.

Moniyning bolalik va yoshlik yillari Bobilning shimoliy hududlarida, somiy tilli xalqlar orasida o’tgan. Ziyrak, qiziquvchan, ko’pincha o’z fikrlari og’ushida o’ychan yuruvchi Moniy yosh chog’ida otasining xizmati taqozosi bilan Bobil yaqinidagi Ktesifon (al-Madoin) shahriga ko’chib keladi. Shahar markazidagi majusiylar ibodatxonasi o’zining salobati, hashamati bilan bolani maftun etadi. Moniy qadimgi dinlarning qonun-qoidalari va mazhablarini yaxshi bilar, o’zi majusiylikka e’tiqod qilgani uchun ular ibodatxonasiga tez-tez borib turar edi. Kunlardan birida ibodatxonaga kelgan Moniy ongiga sirli ilohiy tovush eshitiladi. Ibodatxonadagi turli diniy marosimlar yosh Moniy uchun o’z mazmunini yo’qotadi. Avvaliga u o’sha zamonda rasm bo’lgan gnostiklarning «Mug’tasila» (yuvinuvchilar) nomli jamoasiga a’zo bo’ladi. Tezda bu jamoadan ham ko’ngli to’lmay qoladi. Nihoyat, chuqur tafakkurga berilgan Moniy 12 yoshga to’lganda o’ziga ilohiy xabar (vahy) kelganini ma’lum qiladi. O’zidan xabar bergan ilohning nomini Moniy «Ikki mohiyat Ruhi» deb ataydi. Shunga ko’ra, Moniy dinini dualistik g’oyaga asoslangan deb aytish mumkin. 241 yilda – Moniy 24 yoshga yetganda – unga o’z ilohidan yana xabar keladi. Shundan so’ng Moniy o’zining da’vatchilik faoliyatini boshlaydi. Bu paytda Eronda Arshakiylar (Parfiya) podsholigi tugab, Sosoniylar sulolasining asoschisi Ardashir Popak o’g’lining xukmronligi nihoyalab qolgan edi. Uning o’g’li Shopur I (242-273) Moniy ta’limotining ilk homiysiga aylanadi. Podshoh Shopurning taxtga o’tirish marosimi paytida Moniy o’z ta’limotini birinchi marta oshkora bayon etib, va’z aytadi. U o’zini «Samo nuri elchisi» deb hisoblagan hamda o’z ta’limotida odamlarni urushmaslikka, mol-dunyo to’plamaslikka da’vat etgan.




Yüklə 1,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   154




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin