Dunyoqarash, uning tuzilishi va asosiy turlari


-chizma. Dunyoqarashning tarixiy turlari



Yüklə 216,83 Kb.
səhifə3/8
tarix26.11.2023
ölçüsü216,83 Kb.
#135003
1   2   3   4   5   6   7   8
Dunyoqarash, uning tuzilishi va asosiy turlari

1.1.4.-chizma. Dunyoqarashning tarixiy turlari


Ushbu bosqichda tabiat va jamiyat hodisalarining asl sababini tushunmay unga qandaydir tashqi qudrat ifodasi deb qaralgan. Masalan, yashin va momaqaldiroq, yongʻin, toʻfon, dovul, zilzila, quyosh, Oyning tutilishi va boshqa shunga oʻxshash hodisalar odamlarda gʻayritabiiy taassurot qoldirgan. Tabiat kuchlari oldida ojizligi, ularning sir-asrorlarini bilmasliklari oqibatida oy, quyosh, yulduzlarga, ayrim hollarda olov, suv, qush va hayvonlarga, togʻ- toshlarga va h.k. jonli, muqaddas narsalar deb qarash, ularga sigʻinish hollari urfga aylangan.


Bu dunyoqarash qadimda yaratilgan naqllar, rivoyat va afsonalarda oʻz ifodasini topgan. Unda tabiat kuchlari alohida jonli vujudlar koʻrinishida jonlantirib tasvirlangan. Afsonalarda olamning vujudga kelishi, tuzilishi, tabiat hodisalarining siri, odamning tabiat va kosmik hodisalar bilan aloqasi, oʻsimlik va hayvonlarning odamlarga xos sifatlari haqida hikoya qilinadi. Shuningdek, odamning paydo boʻlishi, hayot bosqichlari, oʻlimi haqida fikr yuritilgan. Undan tashqari olovni topish, hunar egallash, dehqonchilik, turli urf-odatlar, rasm-rusumlar haqida afsonalar toʻqilgan.
Gʻayritabiiy kuch haqidagi tasavvurlar mavjud boʻlganligi sababli mifologiyada din elementlari bor, shuningdek, unda axloqiy qarashlar ham, insonning voqelikka estetik munosabati ham aks ettirilgan.
Mifologiyaning oʻziga xosligi – unda hamma narsa yaxlit, ajralmas; tabiat narsalari va hodisalari inson bilan ayni bir qonunlarga muvofiq yashaydi. Mifologik dunyoqarashning mohiyati hozirgi kunda
sodda (primitiv), ibtidoiy boʻlib koʻringani bilan, afsona va rivoyatlar oʻzining kuchli jozibasi bilan, insonparvarlik gʻoyalari bilan kishilarni ezgu fazilatlar ruhida tarbiyalashning samarali omili boʻlib qolmoqda.
Diniy dunyoqarash. Diniy dunyoqarash mifologik dunyoqarash ta’sirida shakllangan. Diniy dunyoqarashning asosiy belgisi –gʻay- ritabiiy kuchlarga ishonish, butun olam, barcha mavjudot insoniyat dunyosining xudo tomonidan yaratilganligini va boshqarilishini e’tirof etish, xudoga, ruhlarga sigʻinishdan iborat. Uning oʻziga xos xusu- siyati shundaki, u tabiiy va ijtimoiy hodisalar mohiyatini ularning oʻzida emas, balki gʻayritabiiy sabablar, xudoning qudrati bilan izohlaydi. U hamma narsada va har qayerda ilohiy kuchlarning ta’siri, moʻjizaviy kuch bor deb biladi.
Diniy dunyoqarashning mohiyati diniy adabiyotlarda oʻz aksini topgan. Diniy dunyoqarash ilohiy qudratlarga e’tiqod qilish bilan bogʻliq. Bu dunyoqarash shaklini inson qalbidagi quyidagi holatlar belgilaydi:

      1. emotsional-ruhiy holatlar;

      2. iymon-e’tiqod;

      3. iymon-e’tiqodning xatti-harakatlarda ifoda etilishi.

Diniy dunyoqarashning asosini diniy e’tiqod tashkil etadi. Diniy e’tiqod – ilohiy mavjudotlarga sigʻinishdir. Din insonning gʻayritabiiy narsa-hodisalarga boʻlgan e’tiqodini toʻyintiruvchi chuqur ildizlarga ega. Bular: ijtimoiy, gnoseologik, siyosiy, psixologik ildizlar.
Dinning ijtimoiy ildizi – jamiyatdagi adolatsizlik va dunyoning nomukammalligi tuygʻusi chorasizlik va umidsizlikni yuzaga keltiradi, bu tuygʻular osongina u dunyoda hayotning mavjudligiga boʻlgan ishonchga aylanadi. Zero, har qanday din haqiqiy hayot u dunyoda, deb oʻrgatadi. Muammolar, qiyinchiliklarga duch kelgan va real hayotda oʻziga tayanch topa olmagan inson gʻayrioddiy kuchlarga umid bogʻlab, narigi dunyoga murojaat etadi. Ularga e’tiqod qilib taskin topadi va taqdirga tan beradi.
Dinning gneseologik ildizi – tashqi olamning kishilar ongida notoʻgʻri, buzib, mavhumlashtirib aks ettirilishi. Oqilona bilim nuqtayi nazaridan dunyo insonga cheksiz, murakkab boʻlib tuyuladi. Oʻta mushkul vazifa aqlni oʻtmaslashtiradi. Inson echimsiz muammolar qarshisida oʻzini ojiz his qiladi va aql dalillarini uydirma, gʻayrioddiy narsalar bilan toʻldirish uchun dinga murojaat qiladi.
Dinning siyosiy ildizlari – turli siyosiy kuchlarning dindan oʻz manfaatlarida foydalanish imkoniyati va shu tariqa uni bevosita yoki bilvosita qoʻllab-quvvatlashi orqali, uning jamiyatdagi roli va ta’sirini kuchaytirishida namoyon boʻladi.
Dinning psixologik ildizi – inson tabiatida mavjud boʻlib, inson intellektining rivojlanish darajasi va tanqidiy fikrlash qobiliyatidan qat’i nazar, nafaqat anglash, balki e’tiqod qilish istagi va hattoki, ehtiyojining hamisha namoyon boʻlishidir.
Diniy e’tiqodlarning tarixiy shakllari: 1.1.5-chizmada berilgan.









Yüklə 216,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin