Dunyoqarash, uning tuzilishi va asosiy turlari


-chizma. Diniy e’tiqodning tarixiy shakllari



Yüklə 216,83 Kb.
səhifə4/8
tarix26.11.2023
ölçüsü216,83 Kb.
#135003
1   2   3   4   5   6   7   8
Dunyoqarash, uning tuzilishi va asosiy turlari

1.1.5-chizma. Diniy e’tiqodning tarixiy shakllari




Fetishizm (fransuzcha Fetishisme – tilsim, sehrli, but (sanam)) jonsiz narsalarga sigʻinish, tabiatdagi narsa va hodisalarga e’tiqod qiluvchi diniy tasavvurlar majmui. U yoki bu predmetni moʻjizakor xislatga, odamlar hayotiga ta’sir etish qobiliyatiga ega deb hisoblaydi. Masalan, tosh, yogʻoch boʻlagi, hayvon tishi, zargarlik buyumi va h.k.
Animizm (lotincha anima – jon, ruh) – har narsaning joni bor deb qarash: kishilar, hayvonlar, predmetlar, hodisalar.
Totemizm (Shimoliy Amerika hindularining ojibve qabilasi tilidagi “ototem”– uning urugʻi soʻzidan olingan) urugʻ jamoalari sigʻinadigan qadimgi diniy e’tiqod. Kishilar ma’lum guruhi bilan hayvon va oʻsimliklarning muayyan turi oʻrtasida (umumiy kelib chiqishiga ishonch) qon-qarindoshlik bor deb qaraladi. Urugʻ, qabila har bir a’zosining hayoti va farovonligi shu totemga bogʻliq (Hindistonda Xonumon maymuni, sigir, Avstraliyada kenguru, turli qabilalarda u yoki bu predmet).
Shamonizm (shomoniylik) – (tunguscha shamon–jazavaga tushgan, oʻta hayajonlangan) qabila ruhoniysi, ilohiy kuchga ega deb hisoblanib, urf-odatlarni bajarishni tomoshaga aylantirgan. Oʻyin kechqurun amalga oshirilgan. Oʻyin oxirida shomon behol yiqilgan. U ruhlar bilan pichirlashib gaplashgan. Goʻyo talvasaga tushib bemorlarni davolagan.
Magiya (lotinchada magia – sehrgarlik) ibtidoiy din shakllaridan biri boʻlib, uning zamirida tabiiy kuchlar yordamisiz sirli tarzda, masalan, rasm-rusumlar, oʻziga xos amallar majmui bilan narsalar, odamlar, hayvonlar va hatto gʻayritabiiy kuchlar – ruhlar, insu jinslar va shu kabilarga ta’sir koʻrsatish mumkinligiga boʻlgan ishonch yotadi.
Diniy dunyoqarashning afsonaviy dunyoqarashdan farqi shundaki, unda dunyo ikkiga – bu dunyo va u dunyoga boʻlinadi. Bu dunyoqarash goʻyo gʻayritabiiy kuchlarning insonlar taqdiriga hal qiluvchi ta’sir koʻrsatishiga asoslanadi. Avvalo koʻpxudolikka, keyingi 2,5 ming yilda yakka xudolikka ishonch paydo boʻlib, hozir yer yuzi aholisining dinga ishonuvchi qismi asosan yakka xudolikka sigʻinadi. Odamlar diniy dunyoqarash orqali oʻz orzu-umidlarini ifodalaganlar, oʻzlari yaratgan tasvirlarga oʻxshab yashashga intilganlar. Umuminsoniy qadriyatlar shu tarzda avaylab saqlangan va rivojlangan. Din va dunyoqarash xususida soʻz borganda shuni aytish kerakki, mamlakatimizda sovetlar hukmronligi yillarida (1917-1991-y.) ateistik targʻibotni kuchaytirish niqobi ostida xalq an’analari zoʻrlik bilan barbod etildi, asrlar mobaynida amal qilib kelgan milliy marosim va urf-odatlar taqiqlandi, qanchadan-qancha masjid va madrasalar asossiz ravishda buzib tashlandi. Necha-necha minglab jildlarni tashkil etgan nodir kitoblar shaxsga sigʻinish va qatagʻon avj olgan yillarda
kuydirilib tashlandi.
Hozirgi paytda oʻtmishda roʻy bergan koʻplab xatoliklar tuzatildi, ijtimoiy adolat tiklandi, mamlakatimizda Yangi renessans davri boshlandi.
Falsafiy dunyoqarash. Falsafa Hindiston, Xitoy, Markaziy Osiyo va qadimgi Yunonistonda taxminan bir vaqtda, avvalo, dunyoni oqilona anglash usuli sifatida vujudga keldi. Bu vaqtga kelib mif va din oʻzlarining tayyor va uzil-kesil javoblari bilan insonning bilimga nisbatan kuchayib borayotgan qiziqishini qondira olmadi. Mifologik
va diniy dunyoqarashlardan farqli ravishda falsafa dunyoni e’tiqod va tuygʻularga tayanib emas, balki aql va bilimga tayanib tushuntiradi. Faylasuf tafakkurni xurofot va bid’atlardan tozalab, uni erkinlashtirdi va tanqidiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirdi.
Falsafiy dunyoqarash asosida kishilar obyektiv olamdagi narsa va hodisalar, jarayonlar oʻzidan boshqa narsalar bilan ichki, zaruriy, muhim va asosiy aloqadorlikda, ta’sir va aks ta’sirda ekanligini anglab oladilar.
Uning oʻziga xos xususiyatlaridan biri shundan iboratki, u dunyo qanday boʻlsa, uni shundayligicha, hech qanday uydirmalarsiz, mubo- lagʻalarsiz tushuntiradi. Falsafa savollar berish, narsa va hodisalar mohiyatini anglashga urinish orqali bilish doirasini kengaytirishga harakat qiladi.
Falsafiy dunyoqarash faqat nazariy bilish jihatidangina emas, balki amaliy jihatdan ham katta ahamiyatga egadir. Dunyoqarash amaliyot uchun qoʻllanmadir. Falsafiy dunyoqarash tabiat va ijtimoiy hayot hodisalarini tushunish uchun yordam beradi. Kishining amaliy faoliyatida tutadigan yoʻli shu kishi dunyoqarashining qanday ekan- ligiga bogʻliq.
Falsafiy dunyoqarashning tamoyillari:

  • ilmiylik;

  • tarixiylik;

  • mantiqiylik:

  • universallik;

  • maqsadlilik;

  • gʻoyaviylik;

  • nazariya va amaliyotning birligi.

Falsafiy dunyoqarash ilmiydir, chunki u narsa va hodisalar oʻrtasidagi bogʻlanish, aloqadorlik va munosabatlarni kundalik ong darajasidagina emas, nazariy ong darajasida ham ifodalaydi.
Falsafiy dunyoqarashning tarixiylik tamoyili jamiyatning oʻtmishi dunyoqarashlar tarixidan iboratligini va uzluksiz rivojlanishini ifodalaydi.
Falsafiy dunyoqarashning mantiqiy izchilligi tamoyili har qanday dunyoqarash shakli va darajasini mantiqiy birikmalar orqali ifodalaydi.
Agar mantiqiy izchillik buzilsa, dunyoqarashning tashqi olamni xolis, ilmiy, aniq-ravshan, izchil aks ettirishiga putur yetadi.
Falsafiy dunyoqarashning universalligi boshqa dunyoqarash shakllarining mazmunini tashkil etishi bilan sifatlanadi, ya’ni har qanday dunyoqarash shakli oʻziga xos falsafiy xususiyatga ega.
Falsafiy dunyoqarash maqsadga muvofiq boʻlib, inson manfaatlariga mos keladi. Chunki, inson muayyan maqsad, orzu- umidlar bilan yashaydi, ularni oʻz dunyoqarashida aks ettiradi.
Falsafiy dunyoqarashning gʻoyaviylik tamoyili uning asosida muayyan gʻoya yotgani bilan ifodalanadi. Masalan, bugungi oʻzbek milliy falsafiy dunyoqarashi milliy mustaqillik, oʻzlikni anglash, millatimiz kelajagini belgilaydigan istiqlol gʻoyalariga tayanishi bilan xarakterlidir. Falsafiy dunyoqarash bu gʻoyani e’tiqodga aylantirish va uni amalga oshirish uchun xizmat qiladi.
Falsafiy dunyoqarashning nazariya va amaliyotning birligi tamoyili. Dunyoqarashning nazariya sifatida mavjudligi ijtimoiy ama- liyot tajribalarini ijodiy umumlashtirib, istiqbol rejalarini belgilashda muhim. Shuningdek, dunyoqarashning amaliyotga joriy etilish jarayonida uning usul va vositalarining ahamiyati kattadir.



    1. Yüklə 216,83 Kb.

      Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin