Dunyoqarash, uning tuzilishi va asosiy turlari


Falsafa fanining predmeti, funksiyalari



Yüklə 216,83 Kb.
səhifə5/8
tarix26.11.2023
ölçüsü216,83 Kb.
#135003
1   2   3   4   5   6   7   8
Dunyoqarash, uning tuzilishi va asosiy turlari

Falsafa fanining predmeti, funksiyalari


Falsafani nima uchun oʻrganish kerak? Bizga bu ma’lum boʻlishi yoki boʻlmasligidan qat’i nazar, falsafa hayotiy olamimizning bir qismini tashkil etadi. Mana shuning uchun ham biz uni astoydil oʻrganishimiz kerak! Bu fikrimizni quyidagi misol bilan izohlaymiz. Aytaylik, bir kishi ikki xildagi fikrga (yoki, aytish mumkin, tamoyillarga yoki me’yorlarga) ega. Birinchi fikrga binoan, u odam oʻldirmasligi kerak. Ikkinchi fikrga koʻra esa, u Vatanni himoya qilishi shart. Xoʻsh, urush boʻlgani holda u nima qilishi kerak? Chunki, bir tomondan, u askarga aylanganidan soʻng unda odam oʻldirmaslik kerakligi toʻgʻrisidagi oʻz e’tiqodiga nisbatan ixtilof paydo boʻladi. Boshqa tomondan, u qurolli kuchlar safiga kirishdan voz kechadigan boʻlsa, Vatanni himoya qilishdan iborat burchiga nisbatan ixtilof yuzaga keladi. Bunday dilemma qay tariqa hal qilinadi? Bunday me’yorlarning biri boshqasiga nisbatan fundamentalroq boʻladimi va agar shunday boʻlsa, buning sababi nimada? Fikr yurituvchi kishi


uning qurolli harakatlarda ishtirok etishi yoki ishtirok etmasligi qay darajada eng kam qurbon koʻrilishiga olib kelishi va bunday vaziyatlardagi ehtimol tutilgan xatti-harakatlar oʻz tamoyillari bilan qanchalik muvofiq boʻlishini chuqurroq oʻylaganimiz sari shunchalik faylasuflik qilamiz, ya’ni faylasufona fikr yuritamiz. Biz anglaymizmi yoki yoʻqmi, baribir, falsafiy fikr yuritishlar bizning butun kundalik hayotimizga singib ketgan. Agar ularning aniqlanishi va aniqlashtirilishi alohida kishi tomonidan amalga oshirilayotgan boʻlsa, unda bu shaxsiy tus kasb etadi. Biroq ayni bir paytda ular umumiy boʻlib, ham hisoblanadi, chunki ular yordamida inson olami yanada chuqurroq va yaxlitroq tushunila boradi. Bu xildagi faoliyat oʻz tabiatiga koʻra falsafiy boʻladi va faylasuflarning turli hayotiy masalalar yuzasidan nima deb oʻylaganligi va soʻzlaganligini bilish bilan koʻp narsani oʻrganib olish mumkin. Ana shuning uchun ham “falsafani oʻrganish zarur”. Endi «Falsafa nimani oʻrganadi?» degan savolni berishimiz mumkin. Insonda bilishga qiziqish uygʻotadigan, mifologiya, din yoki fan javoblaridan qoniqmagan insonning oʻziga ma’lum bilimlar va tajribaga, muayyan e’tiqod, ishonch va intutsiyaga tayangan holda oqilona asoslangan javoblar berishga harakat qiladigan, savollar tugʻdiradigan har qanday obyektiv va subyektiv borliq falsafaning predmeti hisoblanadi. Boshqacha aytganda, inson oʻz qiziqishi obyekti haqida muayyan tasavvur hosil qilish maqsadida savol berishga asos boʻlishi mumkin boʻlgan hamma narsa falsafaning predmeti boʻlishi mumkin.
Shu munosabat bilan u yoki bu odamning falsafiy qarashlari haqida va hatto uning falsafasi toʻgʻrisida soʻz yuritish mutlaqo oʻrinli boʻladi va bunga biz kundalik hayotda tez-tez duch kelamiz. Biroq ayni holda bizni fan sifatidagi, ayrim insonning emas, balki butun jamiyatning rivojlanish mahsuliga aylangan ijtimoiy hodisa sifatidagi falsafa qiziqtiradi va ayni shu sababli yuqorida keltirilgan ta’rifda
«inson» tushunchasi yigʻma ma’noda qoʻllanilgan. Bu yerda shuni ta’kidlab oʻtish lozimki, garchi falsafaning predmetiga biz umumiy nuqtayi nazardan ancha keng ta’rif bergan boʻlsak-da, ayrim tarixiy davrlarda odatda u yoki bu sabablarga koʻra muayyan masalalar doirasi falsafiy tadqiqotlarda birinchi oʻringa chiqadi.




Yüklə 216,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin