E. I. Musaboyev, A. Q. Bayjanov Yuqumli kasalliklar epidemiologiya va parazitologiya Tibbiyot kollejlari uchun o ‘quv qo ‘llanma «O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi»



Yüklə 1,2 Mb.
səhifə118/236
tarix26.11.2023
ölçüsü1,2 Mb.
#135417
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   236
yuqumli-kasalliklar

Etiologiyasi va epidemiologiyasi. Qo‘zg‘atuvchisi — Provaseka rikketsiyalari hisoblanadi. Ularga sporadik kasallanish xarakterli. Anamnezi yordamida epidemik toshmali tif kasalligini boshidan kechirgan kishilarda aniqlanadi. Kasallik asosan katta yoshdagi (odatda 40 yoshdan katta) kishilarda uchraydi. Unga mavsumiylik xos emas, yilning barcha faslida uchrashi mumkin.
Patogenezi va patologik anatomiyasi. Birlamchi toshmali tif bilan kasallangandan keyin Provaseka rikketsiyalari bir necha yillar davomida rekonvalessentlar organizmida (limfatik tugunlarda) saqlanib qolishi mumkin. Bunda hech qanday klinik belgilar namoyon bo‘lmaydi. Immunogenezni pasaytiruvchi turli omillar (allergik holatlar, shamollash, gripp, pnevmoniya va boshqa kasal­liklar) ta’sirida yashirin rikketsioz infeksiya rivojlanadi va qaytalama toshmali tif (kasallik residivi) — Brill kasalligi kuzatiladi. Pato- logoanatomik o‘zgarishlar toshmali tifdagi o‘zgarishlardir.
Kliiiikasi. Brill kasalligi epidemik toshmali tifga qaraganda yengil o‘tadi. Kasallik o‘tkir boshlanadi: et uvushishi yoki yengil sovqotish kuzatiladi, kasallikning 2—3-kuni tana harorati juda yuqori bo‘ladi. Bu 8—11 kun, ba’zan 4—6 kun davom etadi. Tana harorati odamda kritik ravishda pasayadi. Bemorning umumiy ahvoli o‘rtacha og‘irlikda baholanadi. Umumtoksik belgilar (bosh og‘rig‘i, uyqusizlik, mushaklarda og‘riq, teri sezgirligining oshishi, biroq ruhiy qo‘z- g‘alish, ba’zan meningeal simptomlar) uchraydi. Toshmalar kasallikning 5—7-kunlari paydo bo‘ladi. Bemorlarning uchdan bir qismida faqat rozeolalar paydo bo‘ladi. Qolgan bemorlarda toshmalar umuman bo‘lmasligi mumkin. Yurak-qon tomirlar sistemasida ba’zan taxikardiya, arterial bosimning pasayishi, yurak o‘tka- zuvchanligining buzilishi (susayishi) va EKG da o‘zgarishlar kuzatiladi. Bemorlarning uchdan bir qismida jigar hamda taloq kattalashadi. Asoratlaridan asosan o‘choqli pnevmoniya ko‘p uch­raydi. O‘pka arteriyasi tromboemboliyasiga sabab bo‘luvchi venalar trombozi (6—8%) kuzatilishi mumkin.
Tashxisi. Tashxis anamnestik (anamnezida ilgari epidemik tosh- mali tif bilan kasallangan) va kasallikning klinik belgilari asosida qo‘yiladi. Tashxis laboratoriya tekshiruvlari orqali tasdiqlanadi. Qonda uncha katta bo‘lmagan leykositoz kuzatiladi. Serologik reaksiyalardan KBR va BGAR qo‘llanadi.
Davolash. Brill kasalligini davolash epidemik toshmali tif kasal- ligini davolash bilan bir xildir.

Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   236




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin