Profilaktikasi va o‘choqda o‘tkaziladigan tadbirlar. Toshmali tifning qayta uchrashi epidemiologik jihatdan katta ahamiyatga ega. Bitlash kuzatilmagan holda uchragan Brill kasalligi odatda sporadik tarzda uchraydi. Bitlash sharoitida kuzatiladigan toshmali tifda bemor infeksiya rezervuari hamda toshmali tifning yangi ko‘ri- nishlari uchrashida infeksiya manbai hisoblanadi. Shuning uchun Brill kasalligida o‘choqni kuzatish va dezinfeksiya kabi kompleks epidemiyaga qarshi tadbirlar o‘tkaziladi. Nazorat savollari Brill kasalligi nima?
Brill kasalligi o‘zining klinik kechishi bo‘yicha toshmali tifdan farqlanadimi?
Brill kasalligida qanday profilaktik tadbirlar o‘tkaziladi?
Endemik yoki kalamushdan yuqadigan rikketsioz (rickettsiosis endemica murina) Endemik yoki kalamushdan yuqadigan rikketsioz — o‘tkir zoonoz kasallik bo‘lib, haroratning yuqori ko‘tarilishi va tarqalgan rozeolez—papulez toshmalar bilan kechadi. Etiologiyasi.Kasallik qo‘zg‘atuvchi — Muzer rikketsiyalari — kokksimon yoki tayoqchasimon shaklda bo‘lib, ularning o‘lchami 2—0,3 mkm kenglikda va 0,7—0,8 mkm uzunlikda bo‘ladi. Termo- labil antigenga ega. Zararlangan tajriba hayvonlari organizmida ular mezoteliy hujayralarida parazitlik qiladi. Muzer rikketsiyalari tovuq embrioni xorionallantois qobig‘ida yaxshi ko‘payadi.