Ku-isitma (gueri — noaniq) — o‘tkir rikketsioz kasallik bo‘lib, tana haroratining ko‘tarilishi va o‘pkada kuzatiladigan o‘ziga xos o‘zgarishlar (atipik pnevmoniya) bilan kechadi.
Etiologiyasi. Qo‘zg‘atuvchisi Bernet rikketsiyalaridir. Ular mayda, ya’ni 0,3—1 mkm kattalikdagi mikroorganizmlar bo‘lib, toza kulturada kokksimon yoki tayoqchasimon shakllarda uchraydi. Ku-isitmaning qo‘zg‘atuvchisi harakatsiz, grammanfiy, tovuq embrionida yaxshi rivojlanadi. Qo‘zg‘atuvchi tashqi muhitga chidam- liligi bilan ajralib turadi. Infeksiya yuqtirgan kanalarning qurigan fekaliyalarida 1,5-yilgacha, hayvonlar junida — 9—12 oygacha, go‘shtda — 1 oygacha o‘zining hayot faoliyatini saqlay oladi. Ular ultrabinafsha nurlar, formalin, fenol va boshqa dezinfeksiyalovchi moddalar ta’siriga ham chidamli bo‘lib, lekin 90°C gacha qiz- dirilganda 1 soatgacha, qaynatilganda esa 1 minutdan keyin o‘ladi.
Epidemiologiyasi. Infeksiya rezervuari va manbai har xil hay- vonlar (sut emizuvchilar, qushlar) hamda kanalardir. Ulardan uy hayvonlari (echkilar, qo‘ylar, mollar, otlar, itlar, eshaklar, tovuqlar, o‘rdaklar, g‘ozlar va b.) zararlanadi. Hayvonlar rik- ketsiyalarni tashqi muhitga sut, siydik, najas va embrion suvlari orqali ajratadi. Odamlar har xil yo‘llar bilan kasallik yuqtiradi: aloqa yo‘li bilan — uy hayvonlari va ularning chiqindilari (tashqi shilliq qavatlar yoki teri orqali), alimentar yo‘l bilan — zararlangan sut yoki sut mahsulotlari va suvni iste’mol qilish, havo-chang yo‘li bilan — infeksiya yuqtirgan kanalar fekaliyalari yoki zararlangan hayvonlar siydigi va qurigan fekaliyalari tushgan changdan nafas olish orqali. Qo‘zg‘atuvchi tashqi muhitda (chang, poxol, paxta, jun va b.) uzoq vaqt saqlanadi. Shu tufayli odam infeksiya o‘chog‘i- dan uzoq masofada bo‘lgan taqdirda ham kasallikni yuqtirishi mumkin (infeksiya yuqtirgan hayvonlar junlari va terilariga ishlov berish). Kasallik yilning barcha fasllarida, lekin ko‘proq bahor va yozda uchraydi.
Ku-isitma tabiiy o‘choqli kasallik hisoblanadi, yer shari bo‘yicha keng tarqalgan.
Dostları ilə paylaş: |