E. I. Musaboyev, A. Q. Bayjanov Yuqumli kasalliklar epidemiologiya va parazitologiya Tibbiyot kollejlari uchun o ‘quv qo ‘llanma «O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi»



Yüklə 1,2 Mb.
səhifə125/236
tarix26.11.2023
ölçüsü1,2 Mb.
#135417
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   236
yuqumli-kasalliklar

Nazorat savollari

  1. Qaytalama tif nima?

  2. Spiroxetalarga umumiy ta’rif bering.

  3. Qanday vaqtlarda toshmali tif bilan kasallanish yuz berishi mumkin?

  4. Toshmali tifda odamga infeksiya qanday yuqadi?

  5. Toshmali tifning klinik belgilarini gapirib bering.

  6. Toshmali tifga tashxis qo‘yish va uni davolash haqida gapirib bering.

Endemik (kanadan yuqadigan) qaytalama tif (febris recurrens endemica)
Endemik (kanadan yuqadigan) qaytalama tif — spiroxetalar qo‘zg‘atadigan o‘tkir yuqumli kasallik bo‘lib, kanalar orqali yuqadi va intoksikatsiya, tartibsiz ravishda vujudga keladigan isitma xurujlari (20 ta va undan ortiq) bilan kechadi.
Etiologiyasi. Kasallik qo‘zg‘atuvchisi — Borrelia turiga mansub spiroxeta (Spirochaeta sogdianum) hisoblanadi. Uning uzunligi 8— 16 mkm bo‘lib, o‘rtacha 6—8 tadan burmalarga ega. Qo‘zg‘atuvchi harakatchan, Romanovskiy usulida oson bo‘yaladi, oziq muhitlarda yaxshi rivojlanadi. Penitsillin, tetrasiklin guruhi antibiotiklari, streptomitsin va levomitsetinga juda sezgir.
Epidemiologiyasi. Infeksiya manbai va tarqatuvchisi Ornithodorus turiga mansub kanalardir. Kasallik tabiiy o‘choqli kasalliklar turiga kiradi. Kasallik qo‘zg‘atuvchilari (spiroxetalar) kanalar organizmida butun hayoti davomida yashashi va uch avlodgacha bo‘lgan kanalarga o‘tishi mumkin. Yovvoyi hayvonlar (kalamushlar, yaylov sich- qonlari, qumsichqonlar, bo‘rilar, bo‘rsiqlar, tipratikanlar) ularni vaqtincha saqlab turuvchilar hisoblanadi. Spiroxetalar kanalarning so‘lak bezlari va najaslarida uchraydi. Odamga kasallik infeksiya yuqtirgan kanalarning chaqishi orqali yuqadi. Odatda kanalar tunda chaqadi, shuning uchun odamlarni kechasi ulardan himoya qilish zarur. Kasallik bahor va kuzda ko‘p uchraydi. Chunki bu davrda kanalar ko‘payadi.
Patogenezi va patologik anatomiyasi. Kana chaqishi natijasida spiroxetalar odam organizmiga kiradi va qonda ko‘paya boshlaydi. Qonga katta miqdorda spiroxetalar tushishi va ularning ommaviy ravishda parchalanishi (fagositoz) tufayli kasallikning isitma xuruji vujudga keladi. Xuruj oxirida spiroxetalar antitelolar ta’sirida agglutinatsiyaga uchraydi va parchalanadi. Qolgan ayrim rezistent (chidamli) spiroxetalar nafaqat markaziy nerv sistemasi va taloqda, balki ichakda ham saqlanib qoladi.

  1. Yuqumli kasalliklar

Saqlanib qolgan bu spiroxetalar keyinchalik ko‘payadi va nav- batdagi xurujni yuzaga keltiradi. Patologoanatomik jihatdan jigar va taloq kattalashadi. Taloq kesilganda qonga to‘la bo‘ladi. Buyrakda difluz glomerulonefrit belgilari kuzatiladi.
Klinikasi. Yashirin davri 5 kundan 15 kungacha (o‘rtacha 9—11 kun) davom etadi. Kana chaqqan joyda yallig‘lanish reaksiyasi (birlamchi affekt) kuzatiladi. Bemorlarda holsizlik, charchash, ishtahaning pasayishi, bosh og‘rig‘i, mushaklarda og‘riq seziladi. Kasallik xuruji to‘satdan boshlanadi, tana harorati 39—40°C gacha ko‘tariladi va bunda kuchli et uvushadi. Bemorlar kuchli bosh og‘rig‘idan shikoyat qiladilar. Ko‘p hollarda teri sarg‘ayib, bemor qayt qiladi va ichi ketadi. Ayrim bemorlarda alahsirash, ongning buzilishi aniqlanadi. Taloqning ozroq kattalashishi xarakterli. Harorat kritik ravishda pasayadi, bemorlar ko‘p terlaydilar. Xuruj- dan keyin ular bir qancha vaqtgacha o‘zlarini holsiz sezadilar. Dastlabki xuruj 5—7 kun davom etadi, har bir keyingi xuruj esa qisqa bo‘ladi va kasallikning oxiriga kelib, bir necha soatlargina davom etishi mumkin. Xuruj davom etishida qandaydir qonuniyat yo‘q, u

  1. 3 kun kuzatilishi mumkin. Apireksiya (isitmasiz) davri ham har xil bo‘lib, 3 kundan 30 kungacha cho‘ziladi. Kasallikning umumiy davom etish muddati 1—2 oy va undan ham ko‘proqqa cho‘zilishi mumkin. Asoratlari nevritlar, meningitlar, psixozlar, pnevmoniya va boshqalar bo‘lishi mumkin.

Tashxisi. Kasallik epidemiologik anamnez (endemik o‘choqda bo‘lish, mavsum, kanalar chaqishi) va xarakterli klinik belgilari bo‘yicha aniqlanadi. Laboratoriya usulida tashxis Romanovskiy usulida bo‘yalgan yirik qon tomchisida spiroxetalarni topish orqali tasdiqlanadi. Tekshirish uchun qon xuruj vaqtida olinishi zarur. Bakterioskopiyada ijobiy natija olinmasa, bemor qoni bilan dengiz cho‘chqalari zararlantiriladi (teri osti yoki qorin pardaga yuboriladi). Unda bir necha (1—5) kundan keyin katta miqdorda spiroxetalar paydo bo‘ladi.
Davolash. Bemorni shifoxonaga yotqizish shart. Penitsillin 250000—300000 birlikda har 4 soatda tayinlanadi. Davolash kursi

  1. 8 kun davom etadi. Bemorda penitsillinga monelik qiluvchi holatlar bo‘lganda tetrasiklin qatori antibiotiklar (0,3 g dan har 6 soatda) yoki levomitsetin (0,5 g dan kuniga 4 mahal) tayinlanadi. Ko‘rsatmaga asosan yurak-tomir preparatlari va simptomik prepa- ratlar buyuriladi. Kasallik odatda sog‘ayish bilan yakunlanadi. Sog‘ayganlar oxirgi xurujdan 15 kun o‘tgach shifoxonadan chiqa- riladi.

Profilaktikasi va o‘choqda o‘tkaziladigan tadbirlar. Kanalar bilan kurashish va odamlarni ularning chaqishidan himoya qilish zarur. Kanalarni o‘ldirish uchun ular yashaydigan joylarda DDT emulsiyalari va oltingugurt qo‘llanadi. Shifoxonadan chiqarilgandan keyin sog‘ayganlar 2 yil davomida ro‘yxatda turadilar va ular orasida tibbiy kuzatuv o‘tkazilib turiladi.

Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   236




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin