E. I. Musaboyev, A. Q. Bayjanov Yuqumli kasalliklar epidemiologiya va parazitologiya Tibbiyot kollejlari uchun o ‘quv qo ‘llanma «O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi»


-rasm. Dezinfeksiyalovchi formalinli kamera KDF-3



Yüklə 1,2 Mb.
səhifə13/236
tarix26.11.2023
ölçüsü1,2 Mb.
#135417
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   236
yuqumli-kasalliklar

5-rasm. Dezinfeksiyalovchi formalinli kamera KDF-3.
ezinfeksiyaning kimyoviy vositalari. Bakteriyalarni o‘ldiruvchi kimyoviy moddalar — bakte­risid moddalar, ularning o‘sish va rivojlanishini to‘xtatuvchi moddalar esa — bakteriostatik moddalar deyiladi. Kimyoviy dezinfeksiya uchun har xil kimyoviy moddalar — oksid- lovchilar, spirtlar, fenollar, yuvish vositalari, kislotalar, ishqorlar va boshqalar ish- latiladi.
X l o r l i o h a k oq rangli quruq kukun bo‘lib, undan xlorning o‘tkir hidi kelib tu-
radi. U gaz holatidagi xlorni so‘ndirilgan ohak orqali o‘t- kazish yo‘li bilan zavodlarda tayyorlanadi. Faol xlorli ohak uch turda —26%, 32% va 35% li turlarda chiqariladi. Xlorli ohak kuchli bakterisid (bak- teriyalarni o‘ldirish) xusu- siyatga ega. Uning ishchi erit- malari asosiy hisoblangan 10% li eritmalardan tayyorlanadi. Buning uchun toza tayyor- langan 10% li xlorli ohak eritmasini qorong‘i joyda yopiq idishda 1 sutka davomida tindirish uchun qo‘yiladi. Bu vaqtda xlorli ohakning erimaydigan qismlari idish tubiga cho‘kadi. Xlorli ohakning tin- dirilgan eritmasi dokaning bir necha qavatidan o‘tkaziladi. Bu eritmadan bevosita qo‘llashdan oldin kerakli konsentratsiyalarda ishchi eritmalar tayyorlanadi (1 - jadval).

  1. j adval

10 % li asosiy eritmadan xlorli ohakning ishchi eritmalarini tayyorlash

Ishchi eritmada xlorli ohak konsetratsiyasi (%)

Ishchi eritmada faol xlor miqdori (%)

Zarur konsetratsiyadagi 10 /ishchi eritma tayyorlash uchun asosiy eritma miqdori (ml)

Eritma uchun xlorli ohak miqdori (g)

0,1

0,025

100

10

0,2

0,05

200

20

0,5

0,125

500

50

1,0

0,25

1000

100

3,0

0,75

3000

300

5,0

1,25

5000

500

N e y t r a l k a l s i y g i p o x l o r i d xlor hidli oq rangdagi kukundir. Uning tarkibida 70%, 60% va 50% faol xlor bo‘lgan turlari chiqariladi. Neytral kalsiy gipoxlorid eritmalari keng doirada ta’sir qiluvchi antimikrob xususiyatga ega. Preparat foydalanil- maydigan binolarni, ichak va nafas yo‘llari infeksiyalarida tozalash- artish inventarlarini dezinfeksiya qilishda ishlatiladi.
X l o r a m i n B yo k i X B, 25—28% faol xlorga ega. U xlorli ohakdan farqli o‘laroq chidamli birikma bo‘lib, yillar davomida o‘z kuchini saqlab qoladi. Bu modda ta’sirida to‘qima (mato)lar, buyum- lar va bo‘yoqlar kam yemiriladi. Xloramin kiyim-kechaklar, choy- shab, o‘yinchoqlar, idish-tovoqlarni dezinfeksiya qilishda qo‘lla- niladi. Yuqumli kasalliklar bo‘limida qo‘l va cho‘tkalarni dezinfeksiya qilishda ishlatiladi.
O z o n — gaz, kislorodning shakl o‘zgarishi. U bakterisid ta’sirga ega bo‘lib, suvni yuqumsizlantirishda ishlatiladi.

  • o d o r o d p e r o k s i d — rangsiz suyuqlik. Uning 3% konsentratsiyadagi suvli eritmasi bakterisid xususiyatga ega, bu modda ko‘pincha yuvish vositalari bilan aralashma holida qo‘llaniladi.

E t i l s p i r t i — rangsiz uchuvchan suyuqlik. Jarrohlik va laboratoriya amaliyotida, inyeksiyalarda va boshqa holatlarda keng qo‘llaniladi.
L i z o l — 3—10% li eritmalar tarzida choyshablarni dezinfeksiya qilish hamda devor, pol va boshqalarni tozalashda ishlatiladi.
S i r k a k i s l o t a — bakterisid va bakteriostatik ta’sirga ega. Uning 3% li eritmasida qorin tifi qo‘zg‘atuvchisi, 4% li eritmasida ichak tayoqchasi, 90% li eritmasida esa — tilla rang stafilokokklar nobud bo‘ladi.
X l o r g e k s i d i n — tiniq hidsiz eritma bo‘lib, grammanfiy va grammusbat mikroorganizmlarga nisbatan antimikrob faollikka ega.

  1. 01 dan 0,5% konsentratsiyada davolash muassasalarida o‘choqli dezinfeksiya o‘tkazish va jarroh qo‘lini tozalashda ishlatiladi.


Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   236




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin