Ayrim buyum va obyektlarni yuqumsizlantirish. Dezinfeksiya amaliyotida har xil buyum va obyektlarni yuqumsizlantirishda ko‘pincha kombinatsiyali dezinfeksiya ishlatiladi. Qo‘zg‘atuvchining vegetativ shakllari mavjud bo‘lgan yuqumli kasalliklar o‘choqlarini gidropult yordamida yuqumsizlantirish uchun odatda xonadagi polning har metr kvadratiga 0,3—0,5 l dan kam bo‘lmagan miqdorda eritma sarflanadi. Bu miqdordagi eritma odatda mazkur xonada bo‘lgan buyumlarni yuqumsizlantirishga ham yetadi. Patogen mikroorganizmlarning chidamli turlarini yo‘qotish uchun polning bir metr kvadrat maydoni uchun qo‘llaniladigan eritmalarning sarflash normasini 1—2 l gacha oshirish zarur. Yerning chuqur yoki yuza qatlamlaridagi tuproqni dezinfeksiya qilish uchun ishchi eritma miqdori har bir metr kvadrat uchun 5—10 l ga oshiriladi.
Bemor yoki bakteriya tashuvchilarning ajratmalarini dezinfek- siyalashda quruq xlorli ohak kukunsimon tarzda ishlatilgani ma’qul.
Ajratmalar uchun ishlatiladigan idishlar (tuvaklar, tufdonlar va b.) ajratmalardan tozalangandan keyin dezinfeksiya qilinadi. Bu idishlar ichida dezinfeksiyalovchi eritmalar (tindirilgan ohak, xloramin, lizol va b.)dan biri solingan, yaxshi yopiladigan bak ichiga tushiriladi.
Kiyim-kechaklar va choyshablar dezinfeksiyalash kameralarida yoki qaynatish yo‘li bilan yuqumsizlantiriladi, buning iloji bo‘lmaganda ularni dezinfeksiyalovchi eritmalarga solish mumkin.
Oshxona idishlari ovqatlanishdan keyin har safar yuqum- sizlantirilishi shart. Ular 1—2% natriy gidrokarbonat yoki 1% sovun qo‘shilgan suvda qaynatiladi. Qaynay boshlagandan keyingi vaqt — 15 min, virusli gepatitda — 45 min, kuydirgida esa — 1 soatni tashkil qilishi kerak.
Dezinseksiya «Dezinseksiya» so‘zi (lotincha insectum — hasharot va des — yo‘q, inkor) hasharotlarni yo‘qotish, degan ma’noni anglatadi. Bunda dezinfeksiyaning quyidagi usullari qo‘llaniladi.