Transmissiv yuqish. Transmissiv yuqishda kasallik qo‘zg‘a- tuvchilari bemor qonidan sog‘lom odam qoniga bevosita qon so‘ruvchi hasharotlar (spetsifik infeksiya tashuvchilar) orqali tushadi. Qon so‘ruvchi hasharotlar bemor odam yoki hayvon qonini so‘rgandan keyin uzoq vaqtgacha yuqumli bo‘lib qoladi va sog‘lom kishilarni chaqishi natijasida ularga kasallik yuqtiradi. Bularga anofeles chivini (bezgak qo‘zg‘atuvchisini yuqtiruvchi chivin), bitlar (toshmali va qaytalama tif tashuvchisi), kanalar (ensefalit tarqatuvchisi), moskitlar (leyshmanioz, pappatachi isitmasi tashuvchisi) va boshqalarni misol qilib ko‘rsatish mumkin.
Transplasentar yuqish.Bu homilaga ona qornida rivojlanish davrida kasallik yuqishidir. Bu borada virusli infeksiyalar juda xavfli hisoblanadi. Sodda organizmlar ham mazkur yo‘l bilan yuqishi mumkin.
Aholining kasallikka moyilligi. Bu ko‘rsatkich yuqqan infek- siyaning rivojlanishi uchun asosiy sharoitdir. Bunda nafaqat har bir kishi, balki aholining umuman mazkur infeksiyaga nisbatan moyil- lik darajasi alohida ahamiyatga ega. Moyillik kontagiozlik indeksi bilan baholanadi. Bu kasallanganlar sonining bemor bilan aloqada bo‘lganlar soniga nisbatidir. Bu ko‘rsatkich o‘ndan bir bo‘laklarda yoki foizlarda ifodalanadi. Qizamiqda bu ko‘rsatkich 1 ga yoki 100% ga yaqin. Infeksiya tarqalishida ijtimoiy sharoitlar, bemor yoshi, umumiy madaniy darajasi, aholining sanitariya madaniyati, ovqat- lanish xarakteri hamda immunitet holati katta rol o‘ynaydi.
Kasallikning tabiiy yo‘nalishini profilaktik tadbirlar va ayniqsa faol immunizatsiya o‘tkazish orqali tubdan o‘zgartirish mumkin.
Yuqumli kasalliklar profilaktikasi Yuqumli kasalliklar profilaktikasida mamlakatimizning barcha aholisi faol qatnashishi shart. Yuqumli kasalliklar profilaktikasi o‘z ichiga keng ma’noda aholi salomatligini saqlashga yo‘naltirilgan umumiy tadbirlar sistemasini oladi. Bular aholi yashash joylarini obodonlashtirish, aholini sifatli ichimlik suvi bilan ta’minlash, chiqindilarni o‘z vaqtida yo‘qotish, to‘g‘ri ovqatlanishni tashkil qilish, mehnat, yashash va dam olish sharoitlarini yaxshilash va boshqalardir.
— Yuqumli kasalliklar
Yuqumli kasalliklar profilaktikasining tabiiy jihatlari quyida- gilardan iborat: suv ta’minoti bo‘yicha sanitariya nazoratini o‘rna- tish, oziq-ovqatlar sifatini sanitar-bakteriologik tekshirib ko‘rish, kasallik tarqatuvchilari (pashsha, burga, bit va chivinlar) ni yo‘qotish, shaxsiy gigiyenaga rioya qilish, reja asosida profilaktik emlashlarni o‘tkazish va hokazolar.
Ma’lumki, infeksiya epidemik zanjirning uchta bo‘g‘ini (infeksiya manbai, uning yuqish yo‘llari va immunitet holati) mavjud bo‘lgandagina tarqaladi. Demak, profilaktik tadbirlar xuddi shu yo‘nalishlarda o‘tkazilishi zarur. Ular tashkiliy tadbirlar (izolatsiya, karantin), maxsus sanitariya tadbirlari (dezinfeksiya, dezinseksiya, deratizatsiya) va spetsifik profilaktika (immunizatsiya)dan tarkib topgan.
Infeksiya manbaini zararsizlantirish bo‘yicha tadbirlar Yuqumli kasalliklar bilan kasallangan bemorlar aniqlanganda, bu tadbirlar puxta ishlab chiqilgan sistema asosida o‘tkaziladi, bu bemorni izolatsiya va kasallikni qayd qilishdan boshlanadi. 24 soat ichida Davlat sanitariya-epidemiologiya nazorat markazi (DSENM)ga shoshilinch xabarnoma yuboriladi. Bir vaqtning o‘zida bu haqda telefon orqali xabar beriladi va barcha ma’lumotlar daftarda qayd qilinadi.
Bemorni shifoxonaga yotqizish paytidayoq shifoxona ichi infeksiyasining oldini olish maqsadida kasallikning yuqish mexa- nizmini hisobga olgan holda bemorlarni alohidalashga qat’iy rioya qilish zarur.
Infeksiya o‘chog‘ida zudlik bilan epidemiologik tekshiruv o‘tka- ziladi va bu asosda infeksiya tarqalishining oldini olish uchun profilaktik tadbirlar bajariladi. Bemorni infeksiya turiga qarab har xil muddatlarga izolatsiya qilinadi.
Izolatsiya uchun asosan shifoxondagina yetarli sharoitlar bo‘ladi. Lekin kasallik turi va kechishiga qarab ayrim holatlarda bemorni uyida izolatsiya qilish mumkin. Bunda bemor alohida xonaga joylash- tiriladi, shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilingan holda parvarish qilinadi va iloji boricha uning ajratmalari dezinfeksiya qilinadi.
Bemorga jamoat joylarida bo‘lish, jumladan birlamchi tibbiy muassasalarga borish ham qat’iyan taqiqlanadi.
Infeksiyaning keyingi tarqalishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun bemor atrofidagi va u bilan aloqada bo‘lgan kishilar orasida infeksiya manbaini aniqlash borasida ishlar olib boriladi. Bemor bilan aloqada bo‘lganlar klinik tekshiruvdan o‘tkaziladi va ulardan laboratoriya tahlili uchun materiallar olib tekshiriladi. Bemor yoki infeksiya tashib yuruvchilar bilan real aloqada bo‘lgan kishilar orasida karantin tayinlanadi. Ma’lum yashirin davrga ega bo‘lgan infeksiyalar uchun karantin qat’iy bir muddatga belgilanadi. Boshqa hollarda karantin bakteriologik tekshiruvlar natijasi olingunga qadar o‘tkaziladi (difteriya, dizenteriya).
Ayrim kasalliklarning birdan avj olgan epidemiyasi davrida imkon boricha kasallikni oldindan aniqlash va barcha bemorlarni o‘z vaqtida izolatsiya qilish maqsadida uyma-uy aylanib chiqiladi va tekshiruvlar o‘tkaziladi. Bu vrachlar, feldsherlar va tibbiy hamshiralar tomo- nidan amalga oshiriladi. Bunda yuqumli kasalliklarga gumon qilingan barcha isitmali bemorlar atrofdagilardan izolatsiya qilinadi va zarurat tug‘ilganda shifoxonaga yotqiziladi.
Shuni ham aytish zarurki, bemor shifoxonadan chiqqandan keyin ham infeksiya tashuvchi bo‘lib qolishi mumkin. Shuning uchun yuqumli kasalliklarga chalingan bemorlarni shifoxonadan chiqarishda nafaqat klinik ma’lumotlar, balki epidemiologik ko‘r- satkichlar (laboratoriya tahlillari natijasi) e’tiborga olinishi shart. Ayrim kasalliklarda bemorning shifoxonadan chiqishida bakteriologik tekshiruvlar ikki va uch martadan o‘tkaziladi.
Infeksiyaning yuqish mexanizmini bartaraf qilish bo‘yicha tadbirlar Tashqi muhitda saqlanib qolgan, chidamli qo‘zg‘atuvchilar sababchi bo‘lgan infeksiyaning tarqalish yo‘llarini uzish, yuqum- sizlantirish va bemor atrofida, uning yashash joylarida, turli buyumlardagi infeksiyani yo‘qotish uchun dezinfeksiya o‘tkaziladi. Shu bilan birga dezinseksiya (infeksiya tarqatuvchi hasharotlarni yo‘qotish) va deratizatsiya (kemiruvchilarni o‘ldirish) o‘tkazilishi zarur.
Dezinfeksiya