E. I. Musaboyev, A. Q. Bayjanov Yuqumli kasalliklar epidemiologiya va parazitologiya Tibbiyot kollejlari uchun o ‘quv qo ‘llanma «O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi»



Yüklə 1,2 Mb.
səhifə19/236
tarix26.11.2023
ölçüsü1,2 Mb.
#135417
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   236
yuqumli-kasalliklar

Vaksinalarni qo‘llash qoidalari. Vaksinatsiya qilish natijasida paydo bo‘ladigan immunitet kuchi organizmning immun sistemasi holatiga bog‘liq. Bunda qilingan vaksinalar soni va ularni yuborish intervali ham katta ahamiyatga ega. Ayrim vaksinalar immunitet hosil qila olmaydi, shuning uchun ma’lum intervallardan keyin bu vaksinalar bilan revaksinatsiya o‘tkaziladi.
Vaksinalarning ayrimlari reja asosida o‘tkazilsa, boshqalari kichik guruhdagi kishilar orasida epidemik ko‘rsatmalar bo‘yicha, ya’ni kasallik yuqtirish xavfi bo‘lganda (kanadan yuqadigan ensefalitga qarshi, tularemiyaga qarshi va boshqa vaksinalar) qo‘llaniladi.
Ikkinchi guruh preparatlarga immun zardoblar va immuno- globulinlar kiradi. Ma’lumki, yuqumli kasallik jarayonida, ayniqsa sog‘ayish davrida, organizmda mikroblarga o‘ldiruvchi ta’sir ko‘rsatadigan yoki ularning toksinlarini neytrallaydigan antitelolar hosil bo‘ladi. Lekin yetarli miqdordagi antitelolarning to‘planishi ko‘p hollarda kasallik boshlanganidan keyin kamida 3—4 hafta o‘tgach kuzatiladi. Shuning uchun spetsifik antitelolarni yuborish (seroprofilaktika) bevosita yuqumli kasallik yuqish xavfi tug‘ilganda kasallik vujudga kelishining oldini oladi.
Immun zardoblar va immunoglobulinlar sun’iy immunlangan hayvon va odam organizmidan olinadi. Ular qonda aylanib yurib, 4— 5 hafta ichida faol bo‘lmagan (passiv) immunitet hosil qiladi. Hozirgi paytda amaliyotda qoqshol, botulizm, difteriya, gripp kasalliklariga qarshi zardoblar hamda qizamiq, quturish, kanadan yuqadigan ensefalitga qarshi gamma-globulinlar qo‘llanilmoqda.
Qo‘zg‘atuvchining o‘sishi va ko‘payishini to‘xtatuvchi preparat­lar guruhiga yuqumli kasalliklar qo‘zg‘atuvchilarining ko‘payishiga ingibitsiyalovchi (susaytiruvchi) yoki litik (erituvchi) ta’sir ko‘rsatadigan biopreparatlar kiradi. Bularga qorin tifi, dizenteriya, salmonelloz, stafilokokk, streptokokk bakteriofaglari va interferon (odam leykositar interferoni — gripp va boshqa virusli respirator infeksiyalarini davolash va profilaktikasi uchun ishlatiladi) kiradi.
Rejali vaksinoprofilaktika emlashni ma’lum sxema asosida va ma’lum muddatlarda o‘tkazishni ko‘zda tutadi. Uni emlash taqvimi (kalendari) deyiladi. O‘zbekistonda hozirgi kunda amal qilinayotgan emlash taqvimi (2-jadval) 1997-yildan qo‘llanib kelinmoqda. Shuni ta’kidlash zarurki, emlash taqvimiga, lozim bo‘lganda o‘zgar- tirishlar kiritib turiladi.
2-jadval

Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   236




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin