47-rasm. Leptospiralar. atogenezi va patologik anatomi- yasi. Hazm yo‘llari shilliq pardalari, konyunktiva va zararlangan (shilin- gan, tirnalgan) teri qo‘zg‘atuvchi kirish joyi hisoblanadi. Qo‘zg‘atuvchi kirgan joyda yallig‘lanish jarayonlari kuzatilmaydi. Leptospiralar qonga tushadi va qondan har xil a’zolarga tarqaladi (47-rasm). A’zolarda ular- ning to‘planishi va ko‘payishi kuza- tiladi (bu vaqt yashirin davrga to‘g‘ri keladi). Ayniqsa jigar, taloq va buyrak hujayralarida leptospiralar intensiv ravishda ko‘payadi. Ular gematoensefalik to‘siqdan o‘tishi va orqa miya suyuqligida topilishi mumkin. Orqa miya suyuqligida lep- tospiralarning to‘planishi meningit rivojlanishiga sabab bo‘ladi.
A’zolardan leptospiralar yana qonga tushadi va kasallikning klinik ko‘rinishlari namoyon bo‘ladi, ya’ni isitma va intoksikatsiyaning boshqa belgilari rivojlanadi. Kasallik patogenezida qon tomirlari devorining zararlanishi — kapillarotoksikoz katta ahamiyatga ega. Buning natijasida paren- ximatoz a’zolar, miya to‘qimasi va teri qoplamlariga qon quyiladi. Bundan tashqari gemorragik sindrom rivojlanishida qon ivuv- chanligining kamayishi ham katta rol o‘ynaydi. Eritrositlar gemolizi natijasida anemiya va sariqlik kuzatiladi. Buyrak kanalchalari epiteliysi zararlanishi natijasida siydik hosil bo‘lish va ajralish jarayoni buziladi. Bu hol bemorlarning bevosita o‘limiga sabab bo‘luvchi o‘tkir buyrak yetishmovchiligi rivojlanishiga olib keladi. O‘lgan kishi yorib ko‘ril- ganda turli xil a’zolar, shilliq pardalar va teriga qon quyilganligi aniqlanadi. Jigarda gepatositlarning distrofik o‘zgarishlari va jigar to‘qimasida shish qayd etiladi. Buyrak kattalashgan bo‘lib, kesilganda kapsula tagi va a’zo to‘qimasiga qon quyilgani ko‘rinadi. Skelet mushaklari, bronxlar, o‘pka to‘qimasi, yurak mushaklari, markaziy nerv sistemasida yallig‘lanish va distrofik o‘zgarishlar aniqlanadi.