E. I. Musaboyev, A. Q. Bayjanov Yuqumli kasalliklar epidemiologiya va parazitologiya Tibbiyot kollejlari uchun o ‘quv qo ‘llanma «O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi»


Profilaktikasi va o‘choqda o‘tkaziladigan tadbirlar



Yüklə 1,2 Mb.
səhifə149/236
tarix26.11.2023
ölçüsü1,2 Mb.
#135417
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   236
yuqumli-kasalliklar

Profilaktikasi va o‘choqda o‘tkaziladigan tadbirlar. Kasallik profilaktikasida suv manbalarini ifloslanishlardan saqlash, suvni zararsizlantirish va endemik joylardagi suv havzalarida cho‘milishni man qilish katta ahamiyatga ega. Kemiruvchilar bilan kurashish (deratizatsiya), oziq-ovqat mahsulotlarini kemiruvchilardan himoya qilish muhim rol o‘ynaydi. Suvli va botqoq joylarda ishlaganda rezina etiklar kiyish, kasal hayvonlarni parvarish qilishda, go‘sht kom- binatlarida ishlaganda, kanalizatsiya inshootlarida maxsus kiyim- lardan foydalanish zarur. Qishloq xo‘jalik hayvonlarini vaksinatsiya qilish, sutni qaynatib ichish zarur.
Epidemik ko‘rsatmalar bo‘yicha odamlarni immunizatsiya qilish mumkin. Vaksina teri ostiga ikki marta — birinchi marta 2 ml, 7 kundan keyin ikkinchi marta — 2,5 ml miqdorda yuboriladi. Bir yildan keyin revaksinatsiya o‘tkaziladi. Bu vaqtda teri ostiga 2 ml vaksina yuboriladi.
Bemor kishilar atrofdagilar uchun xavf tug‘dirmaydi, shifo­xonaga faqat klinik ko‘rsatmalar bo‘yicha yotqiziladi.
Nazorat savollari

  1. Leptospirozlar qo‘zg‘atuvchilari — leptospiralar haqida gapirib bering.

  2. Nima sababli leptospirozda sariqlik kuzatiladi?

  3. Leptospiroz klinikasini gapirib bering.

  4. Leptospirozga tashxis qo‘yish uchun qanday materiallar tek- shiriladi?

  5. Leptospirozda biologik tekshirish qanday o‘tkaziladi?

  6. Leptospiroz gamma-globulin qanday yuboriladi?

  7. Infeksiya o‘chog‘ida qanday tadbirlar amalga oshiriladi?

Tularemiya (tularemia)
Tularemiya — o‘tkir yuqumli kasallik bo‘lib, umumiy intok­sikatsiya, isitma, limfatik tugunlar, teri, shilliq pardalar va o‘pka zararlanishi bilan o‘tadi.
Etiologiyasi. Tularemiya qo‘zg‘atuvchisi — tularemiya tayoqchasi bo‘lib, kattaligi 0,2—0,7 mkm, grammanfiy, harakatsiz, spora hosil qilmaydi, kapsulaga ega. U polimorf (kokksimon shakllari ham uchraydi). Oddiy oziq muhitlarida o‘smaydi. Tuxum sarig‘i qo‘- shilgan suyuq muhitda yaxshi rivojlanadi. Keyingi vaqtda qo‘z- g‘atuvchini o‘stirish uchun tovuq embrionlari qo‘llanmoqda.
Tularemiya mikroblari suvda va namli tuproqda 4 oydan ziyod, muzlatilgan mahsulotlarda esa 3 oydan ortiq vaqt saqlanishi mumkin. Xlorlangan suv, qaynatish, quyosh nurlari ta’sirida tez nobud bo‘ladi.

Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   236




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin