Profilaktikasi va o‘choqda o‘tkaziladigan tadbirlar. O‘lat kasal- ligiga gumon qilinganida zudlik bilan tegishli muassasalarga xabar beriladi va karantin belgilanadi. Bemorlar va ular bilan aloqada bo‘lgan kishilar izolatsiya qilinadi. Barcha kompleks karantin tadbirlari qat’iy ravishda o‘tkazilishi shart. O‘lat bilan kasallanganlar bu kasallikka gumon qilingan kishilardan alohida (alohida palata- larda) yotqiziladi. Bemorlarni parvarish qiladigan barcha tibbiyot xodimlari o‘latga qarshi kostyumlarda ishlaydilar, ish tugagandan so‘ng to‘liq sanitar tozalovidan o‘tadilar. Xodimlar tibbiy nazo- ratdan o‘tib turadilar, bunda tana harorati sutkasiga ikki marta o‘lchanadi. Bemorlar joylashgan binolarda joriy va yakuniy dezinfeksiya o‘tkaziladi. O‘lat o‘chog‘ida aholi o‘rtasida tushuntirish ishlari olib boriladi. Endemik rayonlar aholisi o‘lat infeksiyasi aniqlanganidan xabardor bo‘lishlari, kemiruvchilar va kasal uy hayvonlari bilan bevosita aloqada bo‘lish xavfi mavjudligini bilishlari zarur. Bundan tashqari, ular o‘lat tarqalishida burgalarning roli haqida va shaxsiy himoya- lanish bo‘yicha ma’lumotga ega bo‘lishlari shart. Nazorat savollari O‘lat qanday kasallik?
Odamga o‘lat kasalligi qanday yo‘llar bilan yuqadi?
O‘latning qanday klinik shakllari farqlanadi?
Kasallikning teri va o‘pkaga xos shakllari haqida gapirib bering.
Biosinama qo‘yish uchun laboratoriya hayvonlariga infeksiya qanday yuqtiriladi?
O‘latga chalingan bemorlarni antibiotiklar bilan davolash haqida gapirib bering.
O‘latga gumon qilinganda qanday tadbirlar amalga oshiriladi?
Kuydirgi (anthrax) Kuydirgi — isitma bilan kechadigan, karbunkullar hosil bo‘lishi yoki o‘pka hamda ichaklar zararlanishi bilan o‘tadigan o‘tkir yuqumli kasallikdir.