Profilaktikasi va o‘choqda o‘tkaziladigan tadbirlar. Profilaktik veterinar-sanitar tadbirlar o‘choqda dezinfeksiya o‘tkazish, kasal- langan hayvonlarni izolatsiya qilish va davolashga qaratilgan bo‘ladi. Kasallangan hayvon go‘shtini ovqatga ishlatish qat’iy man etiladi, mo‘ynasi, terisi va boshqalarini chiqarish hamda tarqatish ustidan qattiq nazorat o‘rnatiladi. Hayvonlarni vaksinatsiya qilish muhim ahamiyatga ega. Kuydirgini yuqtirish xavfi bo‘lgan kishilarga (teri mahsulotlari va mo‘ynalarni qayta ishlash muassasalari, go‘sht kombinatlari ishchi- lari va veterinarlar) kuydirgining quritilgan tirik vaksinalari yordamida profilaktik emlashlar o‘tkaziladi. Teri yuzasi bir marta emla- nadi; bir yildan keyin revaksinatsiya qilinadi. Bemor shifoxonaga yotqizilgandan so‘ng joriy dezinfeksiya o‘tkaziladi. Kasal hayvonlar bilan aloqada bo‘lgan kishilar 2 hafta davomida tibbiy kuzatuvda bo‘ladilar. Bu kishilarga profilaktika maqsadida kuydirgiga qarshi o‘ziga xos gamma-globulin buyurilib, u kattalarga 20—25 ml, o‘smirlarga (14—17 yosh) 12 ml, yosh bolalarga 5—8 ml miqdorda tayinlanadi. Agar kasallik yuqqaniga 10 kundan ortiq vaqt o‘tgan bo‘lsa (oziq-ovqatlar orqali yuqqanda —5 kun) gamma- globulinni qo‘llashning hojati bo‘lmaydi. Aholi orasida tushuntirish ishlarini olib borish, kasallik yuqish xavfi bo‘lgan kasb egalarining (mo‘ynado‘zlar, jun savaydigan (tituvchi) lar, qishloq xo‘jalik va veterinar ishchilar, mol so‘- yiladigan joydagi ishchilar, go‘sht kombinati ishchilari va b.) mehnatini muhofaza qilish bo‘yicha instruktaj o‘tkazish katta ahamiyatga ega. Kuydirgidan o‘lgan hayvon murdalari aholi yashaydigan joy- lardan uzoqroqqa va 2 metrdan kam bo‘lmagan chuqurlikka, kovlan- maydigan yerlarga ko‘miladi; kovlangan chuqurlikning osti va so‘ngra hayvon murdasi ustiga xlorli ohakning qalin qoplami sepiladi. Nazorat savollari Kuydirgi kasalligi qanday kasallik?
Kuydirgi patogenezini gapirib bering.
Kuydirgining teri shakli nima bilan xarakterlanadi?
Kasallikning o‘pkaga tegishli shaklining qanday xususiyatlari mavjud?
Kasallikning teri shaklida laboratoriya uchun nimalar tek- shirish materiallari hisoblanadi?
Kuydirgiga qarshi immunoglobulin qanday yuboriladi?