Profilaktikasi va o‘choqda o‘tkaziladigan tadbirlar. Kasallik profilaktikasi infeksiya o‘chog‘ida ishlayotgan xodimlarning shaxsiy ehtiyotkorligi va sanitar-veterinar tadbirlardan iborat. Uy hayvonlari o‘rtasida oqsim kasalligi bilan kurashishda vaksinatsiya, karantin tadbirlar va dezinfeksiya muhim ahamiyatga ega. Endemik joylarda albatta sutni pasterizatsiya qilish va qaynatish zarur. Yog‘ pasterizatsiya qilingan yoki qaynatilgan qaymoqdan tayyorlanishi kerak. Kasal hayvonlarni parvarishlaganda albatta ehtiyot choralari ko‘rilishi shart, ya’ni qo‘llarni yuvish, maxsus kiyimlar — kleyonkali fartuk, rezina qo‘lqoplar, etiklar va boshqalar kiyish buyuriladi. Oqsim kasalligi bo‘yicha xavfli bo‘lgan xo‘jaliklarda o‘smirlar va qo‘l terisida mikrojarohati bo‘lgan kishilar ishga qo‘yilmaydi. Aholi orasida muntazam ravishda tushuntirish ishlari olib bori- lishi zarur. Nazorat savollari «Birlamchi afta» nima?
Oqsim kasalligida uchraydigan xarakterli toshmalar haqida gapirib bering.
Oqsimda qanday serologik reaksiyalar qo‘llanadi?
Oqsimni davolash haqida gapirib bering.
Oqsim profilaktikasi nimalardan iborat?
Manqa (malleus) Manqa — o‘tkir yuqumli kasallik bo‘lib, septik kechishi, teri, shilliq qavatlarda pustulalar, yaralar hamda ichki a’zolarda ko‘plab abssesslar paydo bo‘lishi bilan xarakterlanadi.