Etiologiyasi. Toksoplazmoz qo‘zg‘atuvchisi — Toxoplasma gondii hisoblanib, u tana tuzilishi bo‘yicha yarim oy yoki apelsin bo‘lagini eslatadi (grekcha toxon — arka). Bitta uchi o‘tkir bo‘lib, ikkinchisi to‘mtoq holda ko‘rinadi. Uzunligi — 4—7 mkm. Roma- novskiy usulida bo‘yalganda sitoplazma zangori-qo‘ng‘ir, yadro esa — qizil-binafsha rangga bo‘yaladi. Sistalari qattiq qobiq bilan o‘ralgan bo‘lib, o‘lchami 100 mkm gacha kattalikda. Ularning ichida 3000— 5000 tagacha va undan ham ortiq miqdorda parazitlar mavjud. Xo‘jayinining organizmida sistalar o‘nlab yillar davomida saqlanadi. Proliferativ shakllari tashqi muhitga chidamsiz; ular quritilganda, qizdirilganda yoki dezinfeksiyalovchi eritmalar ta’sirida tez nobud bo‘ladi. Toksoplazmalar laboratoriya hayvonlaridan oq sichqonlar, den- giz cho‘chqalari, quyonlar, olmaxonlar va rivojlanayotgan tovuq embrionlarini zararlash yo‘li bilan hamda to‘qima kulturalarida o‘stiriladi. 3—6 kundan keyin o‘lgan hayvonlar qorin bo‘shlig‘ida katta miqdordagi parazitlarga ega bo‘lgan ekssudat aniqlanadi. Epidemiologiyasi.Infeksiya manbai yirik shoxli hayvonlar, qo‘ylar, echkilar, otlar, tuyalar, cho‘chqalar, eshaklar, itlar, mushuklar, uy kemiruvchilari, tovuqlar, g‘ozlar va boshqalardir. Mushuklar alohida ahamiyatga ega, ularning fekaliyalari bilan oosistalar ajraladi va ular tashqi muhitda bir yilgacha saqlanishi mumkin. Odam toksoplazmozni alimentar yo‘l bilan xom go‘sht qiy- masini tatib ko‘rganda yoki yetarli darajada termik ishlov berilmagan go‘shtni iste’mol qilganda yuqtiradi. Laboratoriya sharoitida mikro- jarohatlari bo‘lgan teri orqali yuqishi mumkin. Bemor tashqi muhitga qo‘zg‘atuvchini ajratmaydi va atrofidagilar uchun xavf tug‘dirmaydi. Homiladorlik vaqtida kasallik embrionga yuqishi mumkin. Toksoplazmoz kasalligi uchun mavsumiylik xos emas, tokso- plazmoz bilan kasallanish yilning barcha fasllarida kuzatiladi. Bu kasallik barcha mamlakatlarda uchrashi mumkin. Toksoplazmoz bilan kasallanish 20—30%ni tashkil qiladi. Kichik yoshdagilar kasallikka ko‘proq moyil bo‘ladilar.