E — GVI ga Lass, Marburg va Ebola isitmalari kiradi.
D — esherixiozga o‘ta yuqumlilik, kasallikning juda og‘ir o‘tishi va ko‘pincha o‘lim bilan tugashi xos emas.
E — virusli gepatitlar va qorin tifi O‘XI bo‘lmaganligi uchun himoya kostumini ishlatishga hojat yo‘q.
B — ko‘zoynak germetik yopilganligi tufayli oynasi terlamasligi uchun unga maxsus qalam yoki quruq sovun surtiladi.
B — I tur kostum barcha himoya vositalariga ega bo‘lgan to‘liq himoya kostumi deyiladi.
D — O‘XI guruhiga o‘ta yuqumli, og‘ir klinik ko‘rinish bilan xarakterlanadigan va aksariyat o‘lim bilan tugaydigan kasalliklar kiritilgan.
A - o‘lat, vabo, chinchechak va sariq isitma karantin infek- siyalarga kiritilgan.
Yuqumli kasalliklarga tashxis qo‘yishning asosiy usullari bo‘yicha testlarning javoblari
ha — serologik reaksiya qon zardobi (serum — zardob) yordamida qo‘yiladi.
ha — orqa miya punksiyasini bemor o‘tirgan yoki yonbosh bilan yotqizilgan holda o‘tkazish mumkin.
yo‘q — rektoromanoskopiya endoskopik usul bo‘lib, to‘g‘ri hamda sigmasimon ichakning pastki qismi tekshiriladi.
E — bakteriologik usulda tekshirish materiali ekiladi va ajratib olingan toza kultura bevosita tekshiriladi.
E — serologik va biologik usullarda mikrob bevosita topilmaydi.
A — bezgakda qon bevosita mikroskopda (bakterioskopik) tekshiriladi.
D — infeksiyaning laboratoriya hayvonlariga yuqtirib o‘rga- nilishi biologik tekshirish hisoblanadi.
D — agglutinatsiya reaksiyasi qon zardobi bilan qo‘yiladi va bu serologik reaksiya hisoblanadi.
C — quturish qo‘zg‘atuvchisi virus hisoblanadi.
D — teri-allergik sinamasi teri orasiga allergen yuborish orqali tekshiriladi.
D — teri-allergik sinamasini qo‘yishda allergen asosan teri orasiga yuboriladi.
B — meningitda meningokokklar orqa miya suyuqlig‘ida aniqlanadi.
E — orqa miya suyuqlig‘ining loyqa bo‘lishi va bosim bilan chiqishi normal ko‘rsatkich hisoblanmaydi.
C — epidemiologik anamnezda yuqumli kasallik vujudga kelishi mumkin bo‘lgan holatlar so‘rab-surishtiriladi.
dir. B — allergik sinama teri orasiga antigen kiritish orqali o‘tka- ziladi va natijasi 24—48 soatdan keyin tekshiriladi. Bundan asosiy maqsad kasallikka tashxis qo‘yishdir.
Yuqumli kasalliklar bilan og‘rigan bemorlarni davolash bo‘yicha test javoblari yo‘q — antibiotiklar bakteriyalarga ta’sir ko‘rsatuvchi prepa- ratlar hisoblanadi.
ha — interferon virusga qarshi ta’sir ko‘rsatadigan ichki himoya omili hisoblanadi.
yo‘q — asosan antibiotiklar bakterisid (bakteriyalarni o‘ldi- radi) ta’sir ko‘rsatadi.