E. I. Musaboyev, A. Q. Bayjanov Yuqumli kasalliklar epidemiologiya va parazitologiya Tibbiyot kollejlari uchun o ‘quv qo ‘llanma «O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi»



Yüklə 1,2 Mb.
səhifə114/236
tarix26.11.2023
ölçüsü1,2 Mb.
#135417
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   236
yuqumli-kasalliklar

Toshmali tif (epidemik, bit orqali tarqaladigan toshmali tif) — o‘tkir yuqumli kasallik bo‘lib, uni Provaseka rikketsiyalari qo‘z- g‘atadi; bemor odamdan sog‘lom odamga bitlar orqali yuqadi va davriy kechishi, isitmalar kuzatilishi, tifoz holat, terida toshmalar paydo bo‘lishi, nerv hamda yurak-qon tomirlar sistemasining o‘tkir zararlanishi bilan kechadi.
Etiologiyasi. Toshmali tif qo‘zg‘atuvchilari — Provaseka rik­ketsiyalari bo‘lib, ular qon kapillarlari endoteliy hujayralarida parazitlik qiladi. Bu mayda (0,2—1 mkm), harakatsiz, spora va kapsula hosil qilmaydigan mikroorganizmlardir. Ular kokksimon, ba’zan esa gantellar, tayoqcha shakllarida uchraydi. Grammanfiy, Roma- novskiy usulida zangori rangga bo‘yaladi, yadrosi qizil rangda ko‘rinadi. To‘qimalar kulturasi va tovuq embrionida o‘sadi. Gemo- lizin va endotoksinga ega. Qizdirish va dezinfeksiyalovchi moddalar ta’siriga sezgir, past harorat va quritishga chidamli. Masalan, zararlangan bitlarning quruq fekaliyalarida ular xona haroratida 4 oygacha o‘zlarining hayot faoliyatini saqlab qoladi.
Epidemiologiyasi. Toshmali tif transmissiv infeksiyalarga kiradi. Infeksiya manbai — faqat epidemik toshmali tif bilan kasallangan bemorlardir. Infeksiya tashuvchanlik isbotlanmagan. Toshmali tif bevosita bemor odamdan sog‘lom odamga o‘tmaydi. Qo‘zg‘atuvchi bemor odamdan kasal bitlar orqali o‘tadi. Bitlar qon so‘rganidan

  1. 5 kundan keyin rikketsiyalarni ajrata boshlaydi va butun umr davomida (20—40 kun) rikketsiyalarni ajratib yuradi. Zararlangan bitlarning ichak epiteliylari hujayralari 5 kundan keyin Provaseka rikketsiyalari bilan to‘ladi, natijada ular parchalanadi va toshmali tif qo‘zg‘atuvchisi nafas bilan tashqariga chiqadi, teri va odam kiyim- larini ifloslaydi. Teri qavatining butunligi bitlar chaqishi va qash- lanish natijasida buziladi; terining qichigan joylarini qashlash orqali rikketsiyalarga ega bo‘lgan bitlar ekskrementlari surtiladi, So‘ngra rikketsiyalar qon oqimiga tushadi. Bitlar chaqishi sababli bevosita rikketsiyalar yuqmaydi, chunki ularning so‘lak bezlarida toshmali tif qo‘zg‘atuvchilari bo‘lmaydi.


Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   236




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin