D — disbakterioz (ichak mikroflorasining buzilishi) asosan antibiotiklarni ko‘p qo‘llash natijasida vujudga keladi.
C — tuzli eritmalarga asesol, xlosol, disol va trisol kabi eritmalar kiradi. Glukoza tuz tarkibiga ega emas.
C — simptomatik davolashda ma’lum belgi (simptom) yo‘qo- tiladi. Masalan, bosh og‘rig‘i, ko‘ngil aynishi, qusish va hokazolar.
B — C vitamin — askorbinat kislota, B12 vitamin - siano- kobalamin, B1 vitamin — tiamin bromid va B6 vitamin - piridoksin gidroxlorid deyiladi.
D — anafilaktik shok og‘ir reaksiya turi bo‘lib, asosan antibiotiklar va oqsilli preparatlarni qo‘llaganda kuzatilishi mumkin.
A — eubiotiklar (kolibakterin, bifidumbakterin va lakto- bakterin) disbakteriozda ichak mikroflorasini tiklash uchun qo‘l- lanadi.
B — gemodez dezintoksikatsiya maqsadida qo‘llaniladigan suvli-tuzli eritma bo‘lib, intoksikatsiyani kamaytiradi va diurezni tezlashtiradi.
Yuqumli kasalliklar bilan og‘rigan bemorlarning ovqatlanishi va ularni parvarish qilish bo‘yicha testlarning javoblari
ha — 5-parhez kam energetik quvvatga ega bo‘lib, asosan jigar kasalliklarida tayinlanadi.
yo‘q — aksincha uzoq vaqt yotoq rejimida bo‘lgan og‘ir bemorlarda uchraydi.
ha — tozalovchi huqna orqali ichakda bo‘lgan mikroblar va toksinlar chiqariladi.
B — issiqlik kaloriyalarda o‘lchanadi — 1 kg suvni 1°C gacha qizdirish uchun zarur bo‘lgan issiqlik kilokaloriya (kkal) deyiladi.
C — sog‘lom odam har xil ovqatlar bilan bir sutkada o‘rtacha 3000 kkal energiya oladi.
B — jigar kasalliklarida 5-parhez tayinlanadi.
E — 15-parhez maxsus parhez talab qilinmaydigan kasalliklarda tayinlanadi. Uning energetik quvvati 3000—3100 kkal ga teng.
D — parenteral ovqatlantirishda venaga oziqlantiruvchi suyuq- liklar yuboriladi.
B — uzoq vaqt yotgan bemorlarda yotoq yaralar bo‘lmasligi va gipostatik pnevmoniyaning oldini olish uchun ular terisi doimiy parvarish qilinadi va ularning holati o‘zgartirib turiladi.
C — parotit — quloq oldi bezlari yallig‘lanishi.
C — uzoq vaqt yotgan og‘ir bemorlarda yotoq yaralar bilan bir qatorda gipostatik pnevmoniya uchrashi mumkin.
D — qorin dam bo‘lishi (meteorizm)da gaz chiqaruvchi naycha to‘g‘ri ichakka 20—30 sm chuqurlikda kiritiladi.
B — bemor mustaqil siya olmasa iliq vanna va qorin pastiga grelka qo‘yiladi, samara bo‘lmasa siydik pufagi kateterlanadi.
E — 4-parhez ich ketganda va dispeptik holatlarda tayinlanadi. Yog‘lar va uglevodlar minimal fiziologik normada. Energetik quvvati 2000 kkal.
E — yuqumli kasalliklar bilan og‘rigan bemorlar odatda to‘satdan og‘irlashishlari mumkin. Shuning uchun ularni doimiy ravishda kuzatib turish lozim.
Ichak infeksiyalari bo‘yicha testlarning javoblari
yo‘q — aksincha ko‘p suyuqlik yo‘qotish natijasida arterial bosim pasayadi.