E. I. Musaboyev, A. Q. Bayjanov Yuqumli kasalliklar epidemiologiya va parazitologiya Tibbiyot kollejlari uchun o ‘quv qo ‘llanma «O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi»



Yüklə 1,2 Mb.
səhifə235/236
tarix26.11.2023
ölçüsü1,2 Mb.
#135417
1   ...   228   229   230   231   232   233   234   235   236
yuqumli-kasalliklar

B Brucella melitensis mayda shoxli hayvonlarda (qo‘y va echkilar) kasallik qo‘zg‘atadi.

  • E — ko‘p terlash, periferik limfa tugunlari va taloqning katta­lashishi, kasallikning qaytalanib turishi brusellyozga xos.

  • D — brusellyozda Byurne allergik sinamasi brusellin yordamida qo‘yiladi.

  • C bola tashlash holatlari brusellyoz kasalligiga xos.

  • C — leptospiralar uzunligi 6—15 mk bo‘lib, spiralsimon tuzilgan.

  • A — leptospirozga qarshi vaksina teri ostiga 1-marta 2 ml, 2- marta 2,5 ml 7 kunlik oraliq bilan qilinadi.

  • E — o‘lat alimentar, transmissiv (burgalar orqali), aloqa va havo-tomchi yo‘llari bilan yuqishi mumkin.

  • E — kuydirgida yara qora (ko‘mirday) rangda bo‘lib, umuman og‘rimaydi.

  • C — kuydirgida teri va jun kabi materiallarni tekshirish uchun termopresipitatsiya reaksiyasi (Askoli reaksiyasi) o‘tkaziladi.

  • C — kuydirgiga qarshi gamma-globulin kattalarga 20—25 ml qilinadi.

  • B — kuydirgidan o‘lgan hayvonlar yerga 2 m chuqurlikda ko‘miladi.

  • B — quturishga qarshi vaksina fiksatsiyalangan virusdan tayyorlanadi va immunitet hosil qilish uchun foydalaniladi.

  • E — gidrofobiya, aerofobiya, fotofobiya va akustikofobiya quturishga xos belgilardir. Diplopiya botulizmda uchraydi.

  • E — gidrofobiya — suvdan qo‘rqish, akustikofobiya tovush- dan qo‘rqish va fotofobiya — yorug‘likdan qo‘rqish degani.

  • B — quturishda yorug‘lik, suv va havoning harakatlanishi ta’sirida bemorda tomoq va hiqildoq mushaklari talvasali qisqaradi.

  • B — quturishda miyada Babesh-Negri tanachalari aniqlanadi.

  • B — quturish profilaktikasi uchun vaksina va zardoblar travmatologik punktga yuboriladi.

  • D — oqsim kasalligida infeksiya rezervuari va manbai kasal hayvonlar hisoblanadi.

  • B — bunday kishilarga 1 kg tana vazniga sutkasiga 0,1 g hisobida sulfatiazol bilan 5 kun davomida tezlatilgan profilaktika o‘tkaziladi.

  • B — brusellyoz tayanch-harakat apparati, nerv va jinsiy sistema zararlanishi bilan kechadigan yuqumli kasallikdir.

  • A — kuydirgi isitma bilan kechadigan, karbonkullar hosil bo‘lishi yoki o‘pka va ichaklar zararlanishi bilan o‘tadigan o‘tkir yuqumli kasallikdir.

  • C — virus qo‘zg‘atadigan infeksiya bo‘lib, gidrofobiya, aerofobiya, fotofobiya, akustikofobiya bilan xarakterlanadi.

    Parazitar kasalliklar bo‘yicha test javoblari

    1. yo‘q — balantidiaz protozoy kasallik hisoblanadi.

    2. ha — bezgak qo‘zg‘atuvchisi sodda organizm hisoblanadi.

    3. yo‘q — amyoba bir hujayrali sodda organizm.

    4. yo‘q — et uvushishi, isitma va terlash (uchlik belgi) bezgak uchun xos.

    5. ha — bunda ko‘krakda og‘riq va nafas olish qiyinlashishiga sabab bo‘ladi.

    6. B — sodda (bir hujayrali) organizm degan ma’noni anglatadi.

    7. E — amyoba bo‘linish yo‘li bilan jinssiz ko‘payadi, soxta oyoqlari orqali harakatlanadi.

    8. C — amyobiazni davolashda emetin gidroxlorid 2%li eritma holida mushak orasiga qilinadi.

    9. D — leyshmaniozni davolashda surtma preparatlaridan solyu- surmin qo‘llanadi.

    10. A — lambliyalar noksimon shaklda bo‘lib, oldingi qismi to‘mtoq, orqa qismi o‘tkir, 4 juft xivchinga ega va uzunasiga bo‘linib ko‘payadi.

    11. C — bezgak plazmodiylari 4 xil bo‘ladi.

    12. C — bezgakka et uvushishi, isitma va terlash — uchlik belgilari xarakterli bo‘lib, bunga bezgak xuruji deyiladi.

    13. E — bezgakda eritrositlar parchalanishi (gemoliz) tufayli siydikda qon paydo bo‘ladi.

    14. C — toksoplazmalar sista hosil qiladi, sistalar qattiq qobiq bilan o‘ralgan bo‘lib, kattaligi 100 mkm gacha.

    15. B — odamga kasallik yetarlicha termik ishlanmagan go‘shtni iste’mol qilganda yuqadi.

    16. E — askaridoz, alveokokkoz, opistorxoz, teniarinxoz kabilar gelmintozlarga kiradi. Amyobiaz, lamblioz, bezgak, balantidiazlar protozoylarga misol bo‘ladi.

    17. E — pakana sepenning oxirgi va oraliq hamda yagona invaziya manbai odam hisoblanadi.

    18. A — exinokokk 0,5 sm gacha bo‘lgan oq sestoda, 4 ta so‘rg‘ichli skoleksdan iborat, tanasi tasmasimon shaklda.

    19. D — jigar exinokokkozi uchun qorinda og‘riq, o‘ng qovurg‘a ostida og‘irlik, qusish, ich buzilishi kabi belgilar xos.

    20. C — alveokokk uchun xarakterli.

    21. C — bu xususiyat ostritsaga xos bo‘lib, u enterobiozni qo‘z- g‘atadi va bolalarda ko‘proq uchraydi.

    22. D — askaridoz asoratlarining ko‘p qismi katta askaridalarning yuqori darajada harakat faoliyatiga bog‘liq.

    23. E — trixosefaloz odamga asosan meva, sabzavot hamda iflos qo‘llar orqali yuqadi.

    24. E — strongiloid mayda, tiniq, ipsimon nematoda, ayrim jinsli, uzunligi 2—3 mm ga teng. Odamning ingichka ichagida yashaydi.

    25. E — trixinellalar kattaligi 1—3 mm bo‘lib, ayrim jinsli tirik tug‘adigan nematoda hisoblanadi.

    26. D — amyobiaz — bu protozoy kasallik bo‘lib, ichakning yarali, ayrim vaqtlarda esa jigar, bosh miya abssesslari, o‘pka va boshqa a’zolarning zararlanishlari bilan xarakterlanadi.

    27. B — leyshmanioz protozoy transmissiv kasalliklar guruhi bo‘lib, ko‘pincha ichki a’zolar (visseral), teri hamda shilliq pardalar zararlanishi bilan kechadi.

    28. C — o‘tkir protozoy kasallik bo‘lib, isitma xurujlari, ane­miya, jigar va taloq kattalashishi bilan kechadi.

    29. C — birinchi marta 1884-yilda Sibirda mushuklarda aniqlangan. Tanasi lansetsimon, uzunligi 1 sm gacha. Tanasining oldingi qismida ikkita so‘rg‘ichi, orqada esa — ikkita yirik to‘rt va besh kaftli tuxumdoni bor.


    Yüklə 1,2 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   ...   228   229   230   231   232   233   234   235   236




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin