E. I. Musaboyev, A. Q. Bayjanov Yuqumli kasalliklar epidemiologiya va parazitologiya Tibbiyot kollejlari uchun o ‘quv qo ‘llanma «O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi»



Yüklə 1,2 Mb.
səhifə95/236
tarix26.11.2023
ölçüsü1,2 Mb.
#135417
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   236
yuqumli-kasalliklar

Klinikasi. Yashirin davr 2 kundan 10 kungacha (ko‘pincha 4—6 kun) davom etadi. Meningokokk infeksiyasi klassifikatsiyasi

  1. K.Musaboyev (1965) tomonidan kiritilgan bo‘lib, bu klassifikatsiyaga asosan uning quyidagi turlari farq qilinadi: 1) lokalizatsiyalangan shakllari (meningokokk tashuvchanlik, o‘tkir nazofaringit va meningokokkli cheklangan pnevmoniya); 2) tarqalgan shakllari (meningokokksemiya, meningit, meningoensefalit va aralash shakli); 3) kam uchraydigan shakllari (endokardit, poliartrit, septik pnevmoniya, iridosiklit).

Meningokokk tashuvchanlik qech qanday klinik belgilarsiz kechadi (sog‘lom tashuvchanlik).
O‘tkir nazofaringit. Kasallikning asosiy belgilari bosh og‘rig‘i, tomoqda og‘riq va qirilish, tumov, burundan shilliq-yiringli, ayrim hollarda esa qonli xarakterga ega ajratma ajralishi, quruq yo‘tal, burundan nafas olishning qiyinlashishi hisoblanadi. Burun-tomoq shilliq qavatlarining shishi va qizarishi kuzatiladi. Og‘ir hollarda bosh aylanib, bemor qusadi. Tana harorati 3—4 kun davomida 37,3—38°C gacha ko‘tarilishi mumkin.
Meningokokkli cheklangan pnevmoniya. Katta miqdorda balg‘am ajraladi. Kasallikning og‘ir kechishi, ko‘p uchraydigan plevritlar va sog‘ayishning cho‘zilib ketishi kasallikning asosiy belgilari hisob- lanadi.
Meningokokksemiya — meningokokkli sepsis to‘satdan boshlanadi va shiddatli o‘tadi. Et uvushishi, bosh og‘rig‘i, tana haroratining 40°C gacha ko‘tarilishi aniqlanadi. Bu shaklning eng xarakterli belgisi

  • gemorragik toshmalardir.

Toshma elementlari noto‘g‘ri shakldagi yulduzchalar ko‘rinishida bo‘ladi, bundan tashqari mayda petexiyalar va 2—4 sm diametrli yirik qon quyilishlar uchraydi. Qon quyilishlar ayrim hollarda barmoq uchlari, teri va quloq suprasi nekrozlari bilan kechadi. Miokardit, endokardit va artritlar uchrashi mumkin. Kasallikning birinchi kunidanoq kuchli intoksikasiya kuzatiladi. Ishtaha yo‘qoladi, ich dam bo‘ladi, taxikardiya, arterial bosimning pasayishi qayd etiladi. Ko‘pincha nafas yetishmasligi va ko‘karish uchraydi. Ba’zan gepatoliyenal sindrom namoyon bo‘ladi. Meningokokksemiya yashin tezligidagi shaklda o‘tishi ham mumkin. Bu (Uoterxaus-Frideriksen sindromi — buyrak usti beziga qon quyilishi) meningokokk infeksiyasining prognostik yomon shakli hisoblanadi. Kasallik klinik jihatdan to‘satdan boshlanishi va shiddatli kechishi bilan xarakterlanadi. Kuchli et uvushishi va tana haroratining 40—41°C gacha ko‘tarilishi kuzatiladi. Bir necha soatlardan keyin bemor badanida o‘likda uchraydigan dog‘larni eslatuvchi nekrotik elementlarga ega bo‘lgan ko‘p miqdorli gemorragik toshmalar paydo bo‘ladi. Bemorning ahvoli birdan og‘irlashadi. Teri qoplamlari oqarib, lekin ko‘karish kuchli rivojlangan bo‘ladi. U bezovtalanib, juda betoqat bo‘ladi. Ba'zan, ayniqsa bolalarda talvasa kuzatiladi. Ko‘pincha bir necha marta qayt qilish, qorinda og‘riq, qon aralash ich ketishi kuzatiladi. Bemor hushidan ketishi mumkin. Parallel ravishda arterial bosim pasayib, puls tezlashadi (ipsimon), nafas qisadi hamda anuriya («shok holatidagi buyrak») rivojlanadi . Qonda giperleykositoz 60x109/l (1mm3 da 60000), ECHT ning oshishi (40—60 mm/soat) aniqlanadi. Ratsional davolash o‘tkazilmaganda bemor kasallikning birinchi sutkasida o‘tkir yurak yetishmovchiligidan o‘ladi.
Meningit ham o‘tkir rivojlanadi. Ayrim bemorlardagina 1—5 kun ichida nazofaringit shaklida prodromal belgilar paydo bo‘lishi mumkin. Kasallik et uvushishi, tana haroratining tezda yuqori ko‘tarilishi, betoqatlik, harakatli bezovtaliklar bilan kechadi. Meningitda bosh og‘rig‘i juda ham kuchli — chidab bo‘lmaydigan darajada bo‘lib, ko‘pincha bemor og‘riyotgan joyini ko‘rsata olmaydi. Og‘riq tana vaziyatini o‘zgartirmagan hollarda ham kuchayadi. Bemor bosh og‘rig‘idan qattiq ingraydi. Meningitda qusish ko‘ngil aynimasdan va ovqat yeyish bilan bog‘liq bo‘lmagan holda to‘satdan paydo bo‘ladi va qusgandan keyin ham bemorning ahvoli yengillashmaydi. Ko‘pincha kasallikda yorug‘lik va shovqinga kuchli sezgirlik kuzatiladi. Ayniqsa bu belgilar bolalarda tez ko‘zga tashlanadi. Kasallikning dastlabki soatlarida ko‘pchilik bemorlar talvasaga tushadilar. Ular hushdan ketishi ham mumkin.
Bemorni ko‘zdan kechirganda tashxis qo‘yishga yordam beruvchi eng asosiy belgilar — meningeal belgilar ko‘zga tashlanadi. Ular

  1. Yuqumli kasalliklar kasallikning birinchi sutkalaridayoq paydo bo‘ladi va tezlik bilan rivojlanadi. Ko‘p meningeal belgilar ma'lum bo‘lib, shulardan ensa mushaklari tarangligi (tortishishi), Kernig, Brudzinskiy simptomlari ko‘p uchraydi. Ko‘krak yoshidagi bolalarda triada (uchlik) simptomlari xarakterli: liqildoq (chaqaloq boshi tepasidagi qotmagan joy) ning bo‘rtib chiqishi, tarangligi va unda normal pulsatsiyaning bo‘lmasligi. Kichik yoshdagi bolalarda Kernig va Brudzinskiy simpomlari fiziologik xarakterga ega bo‘lishi ham mumkin yoki bu meningitda kuzatilmaydi. Eng og‘ir va o‘tkazib yuborilgan hollarda bemor xarakterli bo‘lgan majburiy holatni egallaydi — boshini orqaga tashlab yon tomoni bilan, oyoqlarini tizza va chanoq-son bo‘g‘imlarida bukib qorniga tortgan holda yotadi.

Odatda meningit bilan kasallangan bemorlarda pay reflekslari oshadi, lekin keyinchalik bu holat yo‘qolib ketishi mumkin. Qator hollarda patologik reflekslar (Babinskiy, Gordon, Rossolimo va b.) hamda ayrim kalla suyagi nervlarining zararlanish belgilari — ko‘zning g‘ilayligi, nistagm, burun-lab burmasining silliqlanishi, yuz assimetriyasi, ko‘rish va eshitishning pasayishi hamda yo‘qolishini kuzatish mumkin. Lyumbal punksiyada orqa miya suyuqligi yuqori bosim ostida (tez-tez tomchilab yoki oqim bilan) loyqa chiqadi. Oqsil miqdori ancha ko‘payib, 1 ml likvorda hujayra elementlari bir necha ming va hatto bir necha o‘n mingga yetadi. Likvorda globulin miqdori ham ancha ko‘tariladi, shuning uchun Pandi reaksiyasi (1—2 tomchi serebrospinal suyuqlik 1 ml 10% li karbol kislota eritmasiga qo‘shilganda loyqalanish kuzatiladi, uning daraja ko‘rsatkichi krestlar shaklida belgilanadi), Nonne-Appelt reaksiyasi (bir xil hajmda likvor va sulfat ammoniyning to‘yingan eritmasi aralashtirilganda globulin miqdori yuqori bo‘lsa loyqa yoki cho‘kma paydo bo‘ladi) kuchli ijobiy natija beradi.
Meningoensefalit jarayonga miya moddasi qo‘shilganda rivojlanadi va bu meningokokk infeksiyasining kam uchraydigan shakli hisoblanadi. Bunda ensefalit belgilari yuzaga chiqadi, meningeal belgilar esa sust rivojlangan bo‘ladi. Meningokokkli ensefalitlar uchun es- hush buzilishi, talvasa, parez va falajlanishlarning tezda rivojlanishi xarakterlidir. Hatto hozirgi zamonaviy sharoitda ham o‘lim hollari yuqori ko‘rsatkichda qolmoqda, sog‘ayish esa to‘liq emas.
Kasallikning aralash shakli (meningokokksemiya+meningit) tarqalgan meningokokk infeksiyasining 25—30% ini tashkil qiladi.
Klinik jihatdan bu shakl meningokokkli sepsis va miya pardasi zararlanish belgilarining birga kuzatilishi bilan xarakterlanadi.
Meningokokk infeksiyasining kam uchraydigan shakllari (endokardit, poliartritlar, septik pnevmoniya, iridosiklitlar) meningokokksemiya tufayli vujudga keladi.

Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   236




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin