E. I. Musaboyev, A. Q. Bayjanov Yuqumli kasalliklar epidemiologiya va parazitologiya Tibbiyot kollejlari uchun o ‘quv qo ‘llanma «O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi»



Yüklə 1,2 Mb.
səhifə103/236
tarix26.11.2023
ölçüsü1,2 Mb.
#135417
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   236
yuqumli-kasalliklar

Davolash. Chinchechak bilan og‘rigan bemorlar albatta karantin infeksiyali bemorlarni izolatsiya qilish uchun mo‘ljallangan maxsus gospitalga yotqiziladi.
Bemorlarga to‘la qimmatli, vitaminlarga boy ovqatlar tayinlanadi. U suyuq yoki yarim suyuq holda bo‘lishi kerak, chunki shilliq pardalar zararlangani tufayli chaynash va yutish qiyinlashadi. Bunday patologik o‘zgarishlar yo‘qolganidan keyin odatdagi par- hezga o‘tiladi.
Chechakka qarshi spetsifik preparatlarga gamma-globulin va metisazon (marboran) kiradi. Gamma-globulin mushak orasiga 3—

  1. ml, metisazon — 0,6 g dan kuniga 2 mahal 4—6 sutka davomida beriladi.

Ikkilamchi yiringli infeksiyani davolash va profilaktika uchun chinchechakning barcha shakllarida antibiotiklar tayinlanadi.
Kortikosteroid preparatlar (prednizolon, gidrokortizon) kasal- likning og‘ir va gemorragik shakllarida qo‘llanadi. Gidrokortizon 200—300 mg dan venaga bir vaqtda sutkasiga 60 mg prednizolon bilan birga yuboriladi.
Organizmning himoya kuchlarini yaxshilash uchun vitaminlar: 5%li askorbinat kislota eritmasi, rutin va B guruh vitaminlari beriladi.
Dezintoksikatsiya uchun gemodez, reopoliglukin, jelatin, glu- koza (5—10% li eritma), Ringer eritmasi venaga tomchilab yubo- riladi.
Ko‘rsatma bo‘yicha yurak-qon tomirlari preparatlari — stro- fantin, korglikon, kordiamin, kofein va boshqalar yuboriladi. Zarurat bo‘lganda simtomatik preparatlar (og‘riq qoldiruvchi, uxlatuvchi va b.) tayinlanadi.
Teri va shilliq pardalarni parvarish qilishga katta ahamiyat beriladi. Og‘iz bo‘shlig‘ini mavrak damlamasi, 1% li bor kislota eritmasi bilan chayish, 1% li natriy gidrokarbonat eritmasi bilan yuvish va vodorod peroksid bilan artish buyuriladi. Ko‘z bir kunda bir necha marta 1% li borat kislota eritmasi bilan yuviladi, so‘ngra unga 2—3 tomchidan 20—30% li albusid eritmasi tomiziladi. Toshmalarga 3— 5% li kaliy permanganat eritmasi surtiladi. Teri qichishishlari havo vannalarini qo‘llaganda kamayadi.
Bemorlar shifoxonadan butunlay sog‘ayganda va po‘stloqlar to‘liq tushib ketganda hamda kasallik boshlanganidan 40 kundan kam bo‘lmagan muddatda chiqariladilar. Bemor chiqishdan oldin albatta gigiyenik vanna qabul qilishi shart.

Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   236




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin