Viruso/ogik tekshirish uchun bemordan material sterillangan buyumlar va steril shisha idishlar yordamida olinadi. Bemordan pustulyoz suyuqlik, teri po‘stloqlari olingandan keyin ular alohida shisha ampulalar yoki sterillangan probirkalarga solinadi va og‘zi steril rezina tiqin bilan yopiladi. Steril paxtaga tamponlar yordamida burun-halqum ajratmasi olinadi; shilliq olingandan so‘ng zudlik bilan tamponlar steril probirkalarga tushiriladi va steril rezina tiqin bilan yopiladi. Virusologik tekshirish uchun bemor qoni aseptika qoidalariga rioya qilingan holda venadan 2—3 ml miqdorda steril probirkaga olinadi, unga teng hajmda distillangan suv solinadi va shu zahotiyoq probirka steril tiqin bilan yopiladi. Shilliq qavatlar ajratmalaridan steril paxta tampon yordamida 4— ta buyum oynachalariga surtma tayyorlanadi va havoda quritiladi.
Teridagi papulalar, pufakchalar va pustulalar 96°C li spirt bilan asta-sekin artiladi va steril igna bilan teshiladi; bunda chiqadigan tomchi pipetka kapillarlariga olinadi. Chinchechakning sero/ogik tashxisida gemagglutinatsiyani to‘x- tatish reaksiyasi (GATR), komplementni bog‘lash reaksiyasi (KBR) va bilvosita gemagglutinatsiya reaksiyasi (BGAR) qo‘llanadi. Ekspress tashxisda nativ materialda virusni aniqlash uchun elektron mikroskopiya va fluoressensiya usuli qo‘llanadi. Dastlabki natijani 2 soatdan keyin olish mumkin. Ijobiy natijalar kuzatilganda tovuq embrionlari yoki hujayra kulturasida qo‘zg‘atuvchini ajratib olish zarur. Yakuniy natijani 5—7 kundan keyin olish mumkin.