E. I. Musaboyev, A. Q. Bayjanov Yuqumli kasalliklar epidemiologiya va parazitologiya Tibbiyot kollejlari uchun o ‘quv qo ‘llanma «O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi»



Yüklə 1,2 Mb.
səhifə99/236
tarix26.11.2023
ölçüsü1,2 Mb.
#135417
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   236
yuqumli-kasalliklar

Strongyloplasma variola dir. Virus yumaloq shaklda, 150—250 nm kattalikda bo‘ladi. DNKga ega, to‘qima kulturalarida yaxshi rivojlanadi. Virusning asosiy xususiyati uning tashqi muhitga o‘ta chidamliligidir. Tana haroratida 17 oy va undan ko‘p vaqt davomida o‘z hayot faoliyatini saqlab qoladi. Bemor kiyimi bir necha hafta va hatto oylar davomida yuqumli bo‘lishi mumkin.

Quritilganda u yuqori haroratga (100°C da 10 minutdan keyin o‘ladi) chidamli, qurigan va ko‘chib tushgan chechak po‘stloqlari bir necha yillar davomida yuqumliligini saqlab qoladi. Bemor ajratmalarini dezinfeksiya qilishda dezinfeksiyalovchi moddalar yuqori konsentratsiyalarda qo‘llaniladi, chunki ajratmalarning oqsil komponentlari himoya to‘sig‘ini yaratadi. Bemor organizmida virus kokksimon bakteriyalar (stafilokokklar, streptokokklar va b.) rivojlanishini faollashtiradi.
Chinchechak viruslarining etalon shtammlari Jahon Sog‘liqni Saqlash Tashkilotining maxsus laboratoriyalarida saqlanadi.
Epidemiologiyasi. Infeksiya manbai chinchechak bilan og‘rigan bemordir. U yashirin davr oxiridan yuqumli hisoblanadi va butun kasallik davomida to‘liq sog‘ayib, po‘stloqlar tushgunigacha yuqum- lilik davom etadi. Chechakdan vafot etganlar murdasi juda katta xavf tug‘diradi. Chinchechak havo-tomchi, havo-chang (havo oqimi bilan virus qo‘shni binolarga o‘tishi mumkin), maishiy va trans- plasentar yo‘llar bilan yuqadi. Chinchechakning havo-tomchi yo‘li orqali yuqishi alohida ahamiyatga ega. Kasallikdan keyin turg‘un immunitet hosil bo‘ladi.
Patogenezi va patologik anatomiyasi. Infeksiyaning kirish darvozasi yuqori nafas yo‘llari shilliq qavati va teri hisoblanadi. Virus organizmga kirgandan keyin ko‘payadi va regionar limfatik tugun- larda va o‘pka to‘qimasida to‘planadi. So‘ngra qonga o‘tadi va butun organizm bo‘ylab tarqaladi, a’zolarning retikuloendotelial hujay- ralariga cho‘kadi. Shundan keyin kuchli virusemiya rivojlanadi, bu kasallikning boshlanishini bildiradi. Virus teri va shilliq pardalarga cho‘kishi oqibatida u yerda papulalar, vezikulalar, pustulalar hosil bo‘ladi. Vezikulalar nozik to‘siqchalar bilan ajralgan ayrim bo‘sh- liqlardan iborat. Bunda turli a’zolar og‘ir holatlarda qon tomirlari ham zararlanadi (gemorragik sindrom), bunga ikkilamchi infeksiya qo‘shiladi.
Patologoanatomik jihatdan ichki a’zolarda (yurak, jigar, taloq, buyrak va b.) shish, qon quyilishi va distrofik o‘zgarishlar kuzatiladi. Ayniqsa buyrak usti bezlarida kuchli rivojlangan distrofik o‘zgarishlar (nekrozgacha) qayd etiladi.
Klinikasi. Yashirin davr o‘rtacha 10 kundan 13 kungacha davom etadi (5 kunga qisqarishi yoki 17 kungacha cho‘zilishi mumkin). Kasallik kechishida 4 davr farqlanadi: boshlanish (kataral) davri,

Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   236




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin