Qashshoqlikni kamaytirish Kambagʻallikni kamaytirish boʻyicha hukumat choralari orasida:
ishlab chiqarish hajmini koʻpaytirish orqali aholining pul daromadlarini oshirish uchun shart-sharoitlar yaratish;
ijtimoiy yoʻnaltirilgan bozor iqtisodiyotiga oʻtish va boy va kambagʻal oʻrtasida daromadlarni yanada adolatli taqsimlash uchun progressiv soliq[14] joriy etish;
makroiqtisodiy barqarorlikni saqlash,
inflyatsiyaga qarshi siyosatni amalga oshirish;
eng kam ish haqini mamlakatdagi oʻrtacha ish haqining kamida 40 foizi miqdorida belgilash. Keyts indeksi (eng kam va oʻrtacha ish haqi oʻrtasidagi nisbat) 2019-yil iyun holatiga koʻra Rossiyada taxminan 22,86 % ni tashkil qiladi, IHTT mamlakatlarida u 40 % dan pastga tushmaydi, Xalqaro mehnat tashkiloti tavsiyalariga koʻra 50 %, Yevropa Ittifoqida esa 60 % boʻlishi kerak.
ijtimoiy dasturlar va ularni amalga oshirish mexanizmlarini ishlab chiqish, muhtojlikni aniqlash usullaridan foydalanish
shartsiz asosiy daromadni joriy etish,
yanada qashshoq mamlakatlardan aholining iqtisodiy immigratsiyasini nazorat qilish (qashshoqlik importini kamaytirish
Qashshoqlikni kamaytirish Daromadlarni qayta taqsimlash Taqsimot — ijtimoiy takror ishlab chiqarish.ning muhim boʻgʻini, ishlab chiqarish.ni ayirboshlash va isteʼmol bilan bogʻlovchi munosabatlar tizimi; iqtisodiy resurelar, yaratilgan mahsulot va xizmatlarni, ularning qiymat shakli hisoblangan daromadlarni iqtisodiyot subʼyektlari oʻrtasida taqsimlanishiga xos boʻlgan iqtisodiy munosabatlar.
Har bir mamlakat va jamiyatda iqtisodiy tizimning ajralmas qismi hisoblanadigan oʻziga xos T. tizimi boʻlib, unga taqsimlash obʼyekti (resurelar, mahsulot va xizmatlar), taqsimlash subʼyekti — ishtirokchilari, taqsimlash qonunqoidalari, taqsimlashda ishtirok etuvchi vositachi intlar, taqsimotga oid krnunchilik, T. siyosati kiradi.
T. ishlab chiqarish hosilasi, biroq u ishlab chiqarish.ga nisbatan passiv boʻlmaydi, aksincha unga faol taʼsir etadi. Tarixan T.ning 3 usuli borligi kuzatiladi. Anʼanaviy usul, unga xos belgi —resurelarning, yaratilgan mahsulot va xizmatlarning azaddan amal qilayotgan urfodatlarga binoan taqsimlanishidir. Masalan, Oʻrta Osiyoda ijarachi dehqon — koranda olgan hosil dehqon bilan yer egasi oʻrtasida ogʻzaki kelishuvlar, mavjud taomillarga koʻra taqsimlangan, dehqon oʻz ulushidan oʻlpon toʻlagan, kafsan ulashgan va h.k.
21-asr boshiga kelib T.ning bozor usuli umuminsoniy va ustivor usulga aylandi. Bozor sharoitida resurslarni talabtaklif qonuniga koʻra taqsimlanishi muhim boʻlsada, daromadlarga tovar va xizmatlar ayirboshlanishi sababli ishlab chiqarish. natijasi boʻlgan daromadlarni taqsimlash gʻoyat katta ahamiyatga ega. Bozor tizimiga xos taqsimot qonuniga koʻra daromadlar iktisodiyot ishtirokchilari oʻrtasida ular ixtiyoridagi resurslarning miqdori, sifati va ishlatilish samarasiga qarab taqsimlanadi. Bunday taqsimotga koʻra ish kuchi egalari ish haqi va turli mukofotlar oladi, tadbirkorlar kapital sohibi sifatida foyda koʻradi, pul egalari foiz, yer egalari renta oladilar. T. dastlab ishlab chiqarish. faoliyati bilan bogʻliq sohalarda yuz beradi va bu birlamchi T. hisoblanadi, uning natijasida bozor T. usuli hosil etgan daromadlar hisoblanadigan asosiy daromadlar yuzaga keladi, bu tarkiban ish haqi, foyda, renta va foizdan, shuningdek, ijtimoiy sugʻurta fondiga badallar, bilvosita soliklardan iborat. Birlamchi taqsimlashda davlat ham ishtirok etadi. Davlat iqtisodiyot ishtirokchisi sifatida jamiyatga bepul ijtimoiy neʼmatlarxizmatlar yetkazib bergani uchun va fuqarolik jamiyatiga xizmat qiluvchi siyosiy institut boʻlganidan daromadlarning bir qismini soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar shaklida byudjetga oladi.
Daromadlarni qayta taqsimlash E’TIBORINGIZ UCHUN TASHAKKUR!