Estetika- nafosat falsafasi



Yüklə 220,15 Kb.
səhifə2/6
tarix05.12.2023
ölçüsü220,15 Kb.
#138259
1   2   3   4   5   6
Abdurahimova Õğiloy tezis

Fan, ilm sohasi. Estetika mustaqil fan sifatida mavjud, lekin ushbu atama boshqa fan sohalarida ham keng qo’llaniladi.

  • Faoliyatlar sohasi. Estetik faoliyatlar bilan amaliy shug’ullanayotgan inson, estetik qonuniyatlari bilmog’i, ularga layoqati, didi, bo’lmoqg’i lozim. Faoliyatlar sohalari estetikasi ikkiga bo’linadi:

    badiiy faoliyatlarda. Badiiylik bilan bog’liq sohalarning barchasi estetik qonuniyatlar amal qiladi. San‘at, dizayn, go’zallik industriyasi, kosmetalariya va b;
    badiiy bo‘lmagan faoliyatlarda. Mehnat estetikasi, iqtisod. marketing va b.

    1. Estetik qiymat yoki baho ma’nosida (masalan hozirgi kunda landshaftlarning estetik bahosi, qiymati belgilanadi).

    2. Barcha sohalarda sifat darajasini belgilovchi omil sifatida (turli faoliyat nomlari, brend va logotiplarda).
    3. Tarbiya sohasida.


    Bu tasnifni yana davom ettirish mumkin, lekin, shuni alohida ta‘kidlashimiz joizki, jamiyat rivojlangan sari estetikaga, go’zallikka bo’lgan talab oshib boraveradi.
    Misol uchun iqtisodiyotda: tovarning asosiy ko’rsatkichi bu uning sifatidir. U inson faktori bilan bog’langan quyidagi ko’rsatkichlar bilan xarakterlanadi: – ishonchlilik ko’rsatkichi (uzoq vaqt xizmat qilishi, yaroqlilik) – ergonomik ko’rsatkichlar (gigienik, antropometrik, fiziologik va b. faktorlar), havfsizlik ko’rsatkichlari (ximoya vositalari), hamda, bozor iqtisodiyoti sharoitida raqobatli muhitning mavjudligi ularning estetik ko’rsatkichlari (aniq ko’zga tashlanuvchi informatsion, shaklining samaraliligi, kompozitsiyasining yaxlitligi va boshqalar)ga alohida e‘tibor berishni taqazo qiladi (inson avvalambor shakliga qarab tovarni tanlaydi, sotib oladi).
    Shuningdek, san‘at ham estetika fanining predmeti bo’lib xizmat qiladi. San‘at nafaqat qator fanlar predmeti, balki inson dunyosi ontologiyasini, inson faoliyatining turli shakllarini qamrab olgan hodisadir. Keyinchalik, san‘at muammolari ijtimoiy-madaniy hodisalar yig’indisida o’rganildi va uning fundamental ilmiy tadqiqotlar kompleksining predmeti ekanligi ijtimoiy - falsafiy tahlil etildi. Bu esa maxsus fan ya‘ni - san‘at falsafasi fanini vujudga keltirdi.
    Estetika predmetining ko’p qirraliligi hatto qiyinchiligi, tadqiqotchidan fundamental bilimlarni (hech bo’lmaganda san‘atshunoslik va barcha gumanitar fanlar sohasida) va yuksak badiiy tuyg’uni talab qilishi bilan uzviy bog’liqdir. Estetika hanuzgacha, har taraflama, eng murakkab, bahsli, ko’p mehnat talab qiladigan gumanitar fanlardandir. Bugungi kunda, u paydo bo’lgan paytdagidek, estetikaning diqqat markazida ikkita asosiy muammo bor: estetiklik va san‘at va uning asosiy mohiyati. Ular bilan bog’liq terminlar deyarlik estetikaning kategoriyalari va metakategoriyalarini tashkil qiladi. Klassik estetikaning fenomenal muammolar sohasi va ularni anglatadigan atamalar va kategoriyalarning eng muhimlari quyidagilarda belgilanadi: estetik ong (shu jumladan estetik idrok, tasavvur, ilhom va boshqalar), estetik tajriba, estetik madaniyat (shu jumladan badiiy madaniyatning asosiy qonuniyatlari va tamoyillari, badiiy matn, badiiy til, san‘at tipologiyalari), estetik tarbiya, o’yin, go’zallik, xunuklik, ulug’vorlik, fojiviylik, kulgililik, ideal, katarsis, zavq, mimesis, obraz, ramz, belgi, ifoda,ijodiy usul, uslub, shakl va mazmun, daholik, ijodkorlik va boshqalar.
    Estetika fani nafosat va go’zallikni o’rganar ekan, tabiatda, jamiyatda va sanʼat asarlaridagi har qanday go’zallik va uyg’unlik- maʼlum bir estetik meʼyor va tartibga rioya qilishni taqozo etishini kuzatamiz, o’z o’rnida, sanʼatning umumnazariy masalalarining ham o’z estetik mezonlari mavjuddir. Shunday qilib mezon (qadimgi yunon tilidan κριτήριον — ajratish qobiliyati, mulohaza vositasi, o’lcham) – daraja, belgi, asos, qo’yilgan talablarga muvofiq ravishda nimanidir baholash asosida qaror qabul qilish qoidasini anglatadi.
    Biz sanʼatdagi estetik mezonlarni shartli ravishda quyidagi xususiyatlariga qarab tizimlashga harakat qildik; g’oyaviy-uslubiy (asar g’oyasi va uslubi), mantiqiy-shakliy (kompozitsiyasi, shakli, janri) subʼektiv–ruhiy (badiiy obraz, ruhiy-hissiy jihatlar) strukturaviy-qurilmaviy va meʼyoriy (garmoniya, ritm, proporsiya va b.), germenevtik-idrok qiluvchi(badiiy asarni idrok etish va tushunish), baholovchi-aksiologik (qadriyatlar, estetik kategoriyalar, estetik baho, estetik ideal), sanʼat antropologiyasi mezonlari (badiiy ijod jarayolari), sanʼat morfologiyasi (sanʼat turlarining xususiy mezonlari). Albatta bu tizimni yana davom ettirish mumkin, lekin shuni unutmasligimiz lozimki, ularning barchasi nisbiy–relyativistik va maʼlum darajada bifukrkatsiya (ikkilanish nuqtalarining mavjudligi)ga ega, lekin eng asosiysi ular sanʼat asarida badiiylikni, go’zallikni va uyg’unlikni yaratadi. Demak, estetik mezonlar bu- badiiylik mezonlari hamdir. Mezonlarning darajasi maʼlum bir meʼyorlar bilan bog’liq. Sanʼatda ular ritm, garmoniya, simmetriya va h.k.
    Estetika sanʼat meʼyorlarini, qonunlarini (estetikaning badiiy ijodga bo’lgan munosabatini) belgilash imkoniga egami? - degan savol tarixan ko’p baxslarga sabab bo’lib kelgan va estetika hamda sanʼat o’rtasidagi o’zaro munosabatlarga nisabatan ham turli qarashlar mavjud:

      1. klassitsizm nazariyotchisi N.Bualo (XVII asr) estetikani ijodkorga qoidalarni belgilab beruvchi fan sifatida taʼriflagan;

      2. boshqa fransuz olimi I.Ten esa (XIX asr) esa, aksincha, sanʼat estetikaga qaraganda birlamchidir va u estetika faniga tadqiqot obʼektini yaratib beradi deb hisoblagan .

    Rus nafosatshunosi Borevning taʼkidlashicha, ijodkor mavzu, badiiy vositalar, obrazli fikr shakllarini tanlashda erkinlikka ega, biroq agar u nafosat qonunlarini buzsa, u holda uning asari sanʼat chegaralaridan chiqib ketadi. Biroq sanʼat qonunlari absolyut emas – ular tarixdan o’zgaruvchandir. Badiiy meʼyorlar qatʼiy va o’zgarmas tizimli bo’lgan, kanon (o’rta asr sanʼati,
    klaassitsizm) shaklida namoyon bo’lgan davr va yo’nalishlar ham mavjud bo’lgan. Ayni vaqtda qoidalardan har qanday chekinish -avvalgisidan kelib chiqqan holda mavjud bo’ladi. Sanʼatdagi meʼyorlar nafaqat invariantni, yaʼni takrorlanuvchi o’zgarmas tuzilmani (klassitsizmdagi yuksak uslub va uning atributlari) tan olish, balki boshqa varintlarning (realizm tizimidagi individual uslublar) mavjud bo’lishini ham qabul qilish demakdir. Quyida sanʼat tarixida shakllangan eng asosiy estetik mezonlarni keltiramiz.

    Yüklə 220,15 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   2   3   4   5   6




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin