ESTETIKA- NAFOSAT FALSAFASI
Abdurahimova Õğiloy Farg’ona davlat universiteti
adurahimovao’g’iloy@gmail.com
ANNOTATSIYA
Maqolada nafosat falsafasining tadqiqod doirasi, uning miqyosiyligi va qo’llanish sohalari tahlil qilingan. Shuningdek, go’zallik va uyg’unlikning-maʼlum bir estetik meʼyor va estetik qonuniyatlar asosida vujudga kelishi, nafosatning yaratilishida estetik mezonlarning o’rni va ahamiyati tadqiq qilingan.
Kalit so‘zlar: nafosat falsafasi, estetika, badiiylik, sanʼat, estetik mezon, nazariya, konsepsiya, go’zallik, uyg’unlik, tabiat, ijod, estetik hissiyot, dizayn.
АННОТАЦИЯ
В статье анализируются рамки изучения философии эстетического ее масштабы и области применения. Также обосновывается возникновение красоты и гармонии на основе определенных норм и законов эстетики, роль и значение эстетических критериев в создании прекрасного.
Ключевые слова: философия эстетического, эстетика, художественность, искусство, эстетическая критерия, теория, концепция, прекрасное, гармония, природа, творчество, эстетическое чувство, дизайн.
ABSTRACT
The article analyzes the framework of the study of aesthetic philosophy, its scope and scope. It also substantiates the emergence of beauty and harmony on the basis of certain norms and laws of aesthetics, the role and significance of aesthetic criteria in the creation of beauty.
Keywords: aesthetic philosophy, aesthetics, artistry, art, aesthetic criterion, theory, concept, beauty, harmony, nature, creativity, aesthetic sense, design.
Ma‘lumki, Baumgarten estetikani hissiy idrok etish nazariyasi sifatida olib qaradi. Lekin, ko’p o’tmay, u goh «go’zallik falsafasi», goh Baumgartenning bu boradagi hizmati shundaki, u «his qilish», «sezish», «his etiladigan» singari ma‘nolarni anglatuvchi yunoncha aisthetikos – «oyestetikos» so’zidan «estetika» (olmoncha «estetik» – «eshtetik») iborasini olib, ana shu bo’shliqni to’ldirdi1.
Nafosat falsafasining predmeti xususida ko’plar qarashlar mavjud.
Psixolog va faylasuf E.Meyman estetik tadqiqotning to’rtta yo’nalishini aniqladi:
estetik zavqni psixologik tahlili;
badiiy ijod nazariyasi;
alohida olingan san‘at va badiiy asarlar tizimi;
umuman keng tushuniladigan estetik madaniyat sohasi.
B.Husanovning ta‘kidlashicha: ―Estetika predmeti, obekti va tadqiqot doirasiga ega fan. Ma‘lumki, barcha fanlar o’z predmetiga ega bo’lib, olamning mohiyatini bilish, borliqning mazmunini tushunish, voqelikni tasavvur qilishga qarab har bir fan o’z predmetini belgilaydi. Mohiyatan insonni paydo bo’lishi va voqelikni idrok qilish bilan bog’liq bo’lgan barcha qadriyatlar estetikaning predmeti bo’la oladi. Jumladan, tabiat va uning estetik xususiyatlari, san‘at va uning badiiy obrazlardagi ifodasi, ijod jarayoni va uning qonuniyatlari, jamiyat va uning rivojlanish printsiplari estetikaning predmeti bo’lib xizmat qiladi‖2.
Shuningdek, estetika fanining predmetiga: 1)Tabiatdagi go’zallik. 2) San‘atda go’zallik. 3) Ijtimoiy hayotdagi go’zallik, (kundalik hayot, mehnat va estetik faoliyatlar) kiradi.
Demak, estetikaning tadqiqot doirasi miqyosiy va ko’pyoqlamalik ekan, estetika predmetini aniqlashda turli yondashuvlar mavjud. Estetika – ilm sifatida, shakllarda ifodalangan, mavjudlikning strukturaviy va semantik qonunlarini, ularni tushunish usullarini, hissiy anglashning xususiyatlari va uning inson, uning qobiliyati va maqsadlari bilan o’zaro munosabatini o’rganadi.
Estetik gnesologiyaga: hissiy bilish dunyoni anglashning birinchi bosqichi ekanligi, hissiy tajribasining o’ziga xos xususiyatlariga esa, ma‘noni estetik intuitsiya va shaklni mohiyat orqali anglash kiradi.
Estetik aksiologiyaga: dunyoni qadriyatlar ko’rinishida o’zlashtirish kiradi.
Estetika bilan etikaning farqli tomonlari madaniyatdagi bilish usullari va funktsiyalarida ifodalanadi.
Estetika va din xususiga to’xtalsak, ular; estetik va mistik tajriba; qadriyatlar ierarxiyasi; ramzlar va belgilar; hamda, diniy badiiy asarlarni yaratilishida ifodalanadi.
Estetik bilimlar o’ziga xos va universaldir. Estetika san‘atning paydo bo’lishi shartlarini, uning strukturaviy va farmal xususiyatlarini o’rganadi. Estetika go’zallikni va boshqa estetik kategoriyalar va ularning go’zallikka nisbatini, estetik hissiyot va uning o’ziga xos xususiyatlarini, san‘at, dizayn, badiiy asar tuzilishi, janrlari, usullari, ifoda vositalari, badiiy ijod va idrok jarayonlarini, nosan‘at ob‘ektlar estetikasini (sport, moda, tabiat va b.), estetik tarbiya masalalarini, estetik madaniyat va uning o’rnini tadqiq etadi. Shuningdek, ushbu atamani kundalik hayotimizni barcha jabhalarida juda keng ma‘noda ishlatilishini kuzatishimiz mumkin(masalan: interer estetikasi, spektakl estetikasi), ushbu tushuncha san‘at asarlarining ham, kun- dalik buyumlarning ham, tabiat hodisalarining ham hissiy ifodali sifatini umumlashtiruvchi yagona printsipni bildiradi.
Demak, "Estetika" fanining maqsadi tabiat va san‘atdagi go’zallikning o’ziga xos xususiyatlarini ochib berish va go’zallikni idrok etish xususiyatlarini tavsiflashdan iborat. Estetika atamasiga uning tarixi mobaynida qarashlar turlicha bo’lgan. Uni goh,"go’zallik falsafasi" goh, "san‘at falsafasi" deb atashgan. Estetikani bir necha marta mustaqil fanlarga ajratmoqchi bo’lishgan. Masalan; estetik qadriyat- lar nazariyasi, estetik idrok nazariyasi, san‘at nazariyasi, lekin tajriba shuni ko’rsatdiki, ushbu nazariyalar o’zaro shunchalik chambarchas bog’liq ekanki, ularni ajratib tashlash, deyarli mumkin emas ekan. Hozirgi kunda estetika ko’proq sohaviy ko’rinishga ega. Masalan: musiqa estetikasi, dizayn estetikasi, landshaft estetikasi va h.k.
Estetikaning qo’llanilnish sohalarini quyidagicha tasniflash mumkin:
Dostları ilə paylaş: |